O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI MOLIYA FAKULTETI
MM-50 GURUH TALABASI TASHPULATOV SAIDNING
MOLIYA FANIDAN
"Investitsion samaradorlikni baholashda ilgʻor xorij tajribasidan foydalanish yoʻllari” mavzusida yozgan
KURS ISHI
Topshirdi:Tashpulatov.S
Ilmiy rahbar:Jumaniyozov.I
TOSHKENT – 2022
Mundarija
Kirish..................................................................................................................
Asosiy qism
1.Investitsion samaradorlikni baholash mezoni va ko'rsatkichlar tizimi........
2.Investitsion samaradorlikni baholashning xorij tajribasi..............................
3.Investitsion samaradorlikni baholashda ilg'or xorij tajribalarini O'zbekistonda qo'llash imkoniyati....................................................................
Xulosa................................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati....................................................................
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Bilamizki, bozor iqtisodiyotida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun ishlab chiqarish va xizmat korsatish sohalariga xizmat ko'rsatish sohalariga katta e'tibor qaratadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar sharoitida, xususan, O'zbekistonda tadbirkorlikning katta ulushi xizmat ko'rsatish sohasiga to'g'ri keladi. Xizmat korsatish sohasi nafaqat ishlab chiqarishdan kora xarajat talab qiladi, balki sarflangan xarajatlarni qoplash muddati boyicha bir muncha kamroq muddat talab etadi. Bugungi kunda, hukumatimiz tadbirkorlar uchun turli xil imtiyozlar beribgina qolmay, chet el investitsiyalarini jalb qilish siyosatini olib bormoqda. Bu siyosat negizida mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish yotadi va shu bilan birga tadbirkorlar uchun bir necha yengilliklarga sabab boladi. Ushbu yengilliklardan foydalangan holda men o'z xizmat korsatuvchi loyiham haqida umumiy malumot, uning afzalliklari va kamchiliklari hamda loyihaning asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlarini yoritmoqchiman.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning samaradorligini baholash milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va mamlakat eksport salohiyatini oshirishda muhim rol oynaydi. Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz investitsiya loyihalari ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholashda tijorat banklari oldiga yangi va murakkab bolgan qator vazifalarni qoydi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov: Banklar zimmasiga investitsiya faoliyatini kengaytirish vazifalari yuklangani sababli ularning ishini tubdan qayta tashkil etish lozim. Birinchi navbatda, bu borada investitsiya loyihalarini ekspertizadan otkazish va moliyalashni tashkil etish boyicha tijorat banklarining maxsus xizmatlarini mustahkamlash zarur- deb, takidlaganlari bejiz emas. Ozbekiston iqtisodiyotining, umuman, jahon iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bogliqligini bugungi kunda deyarli kopchilik anglab yetgan. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan, chet el investitsiyalarini kengroq jalb etish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali ijrosini taminlashga muhim hissa qoshadi. Bu esa, milliy iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari samaradorligini baholashga bolgan etiborni yanada kuchaytirishi bilan dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |