3.Investitsion samaradorlikni baholashda ilg'or xorij tajribalarini O'zbekistonda qo'llash imkoniyati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 8-aprel kuni joriy yilning birinchi choragida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishini tahlil qilish, birinchi yarim yillikka doir vazifalarni belgilash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Keyingi yillarda vazirlar va tarmoqlar rahbarlari hududlarga yuborilib, joylarda yangi korxonalar va doimiy ish o‘rinlari tashkil etishni ta’minlaydigan investitsiya loyihalari ishlab chiqish hamda amalga oshirish bo‘yicha yangi tizim yaratildi. Investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha ko‘plab imtiyoz va yengilliklar joriy etildi.Xorijiy davlatlar va xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari, jahonning yetakchi ishbilarmonlari bilan muzokaralar o‘tkazilib, mamlakatimizga o‘nlab milliard dollar investitsiya jalb etish bo‘yicha 700 ga yaqin investitsiya bitimlari imzolandi.Bunday chora-tadbirlar natijasi o‘sish sur’atlarida ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, o‘tgan yili asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 18 foizdan ziyod o‘sgan. Bu, o‘z navbatida, sanoat ishlab chiqarishining 14,4 foizga ko‘payishini ta’minlagan.
Muhim sifat o‘zgarishi shundaki, ilgari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokida hududiy loyihalar deyarli bo‘lmagan bo‘lsa, joriy yilda o‘zlashtiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarning yarmi hududlar hissasiga to‘g‘ri keladi.2019-yilgi Investitsiya dasturiga muvofiq jami 3 ming 200 dan ziyod investitsiya loyihasi doirasida qariyb 14 milliard dollar miqdoridagi kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Shundan 4 milliard dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish belgilangan.
Yig‘ilishda mazkur investitsiya loyihalari tarmoqlar va hududlar kesimida tahlil qilinib, olib borilayotgan ishlar yuzasidan tegishli rahbarlarning hisobotlari eshitildi. Muddatidan kechikayotgan loyihalarning muammoli jihatlari muhokama qilindi.
Birinchi chorakda belgilangan mablag‘lar o‘zlashtirilgan bo‘lsa-da, ayrim tarmoqlar va hududlarda ishlar qoniqarsiz ekani ko‘rsatib o‘tildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zavtosanoat”, “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatlari, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi rahbarlari, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimlarining investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari ogohlantirildi.
Davlatimiz rahbari investitsiyalarning o‘z vaqtida o‘zlashtirilishini ta’minlash uchun yangi nazorat tizimini joriy etishni taklif qildi. Unga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi barcha loyihalar to‘rtta ro‘yxatga bo‘linib, alohida va izchil nazorat qilib boriladi.Birinchi ro‘yxatga joriy yilda 3,6 milliard dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi mo‘ljallangan 27 ta eng muhim strategik loyihalar kiritiladi va u Prezidentning doimiy nazorati ostida bo‘ladi.Ikkinchi ro‘yxat shu yili 1,3 milliard dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtiriladigan 65 ta yirik loyihadan iborat bo‘lib, uni Bosh vazir nazorat qilib boradi.Bosh vazir o‘rinbosarlari nazorat qiladigan uchinchi ro‘yxatga 407 million dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan 65 ta loyiha kiritiladi.To‘rtinchi ro‘yxatdagi loyihalarni hududlarga biriktirilgan markaziy idoralar rahbarlari va hokimlar nazorat qiladi.Investitsiyaviy loyihalar ijrosi doimiy ravishda muhokama qilinib, muammolar tezkorlik bilan hal etib boriladi.
Prezident to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish borasida imkoniyatlar to‘liq ishga solinmaganiga e’tibor qaratib, tarmoqlar va hududlarda yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga tarmoq vazirliklari bilan birgalikda neft-gaz, kimyo, energetika, qurilish materiallari, mashinasozlik, elektr texnikasi sohalarida, shuningdek, hududlardagi mavjud salohiyat va resurslaridan kelib chiqib, har bir tuman va shahar bo‘yicha qo‘shimcha investitsiya loyihalari ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.Shakllantirilgan ushbu takliflar asosida mamlakatimizning elchixonalari bilan birgalikda yurtimiz va xorijda biznes-forumlar tashkil qilish, mahalliy investorlarning maqsadli taqdimotlarini o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
– O‘zbekiston bilan ishlash istagini bildirgan xorijiy investorlar bilan mustahkam aloqa o‘rnatib, loyihaning boshidan oxirigacha ularga yordam berish, oddiy qilib aytganda, ularni “qo‘lidan yetaklab” natijani ta’minlash kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yig‘ilishda Toshkent shahriga sarmoya jalb etishni kengaytirish, investitsiya loyihalari uchun yer uchastkalari va davlat mulki ob’ektlari berish borasidagi ishlar ham muhokama qilindi. Poytaxtimiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha barchaga o‘rnak bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.Hududlar va tarmoqlarda loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilish, yuzaga kelgan muammolarni tezkor aniqlab, hal etish bo‘yicha elektron axborot tizimini qisqa muddatda ishga tushirish zarurligi qayd etildi.Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikdagi ishlar tahlil qilinar ekan, ijtimoiy sohalardagi loyihalar aholi turmushi uchun muhimligi, ular o‘z muddatida va sifatli amalga oshirilishi kerakligi ta’kidlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 4 ta, Suv xo‘jaligi vazirligida 4 ta, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida 3 ta loyiha bo‘yicha ishlar kechikayotgani ko‘rsatib o‘tildi.Bunday loyihalarni muvofiqlashtirishni takomillashtirish uchun Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi kabi xalqaro moliya institutlari bilan bevosita ishlaydigan vazirlik va idoralar belgilandi.Videoselektorda oliy darajadagi tashriflar yakuniga ko‘ra tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” ijrosiga ham e’tibor qaratildi.Ma’lumki, ular doirasida 700 ga yaqin investitsiya bitimi imzolangan. Hisob palatasi tomonidan kelishuvlarning ma’lumotlar bazasi yaratilgan, ularning ijrosi bo‘yicha monitoring va nazorat o‘rnatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.
Respublika iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish faoliyati samaradorligini oshirish, xorijiy investorlarni mamlakatimiz imkoniyatlari va salohiyati toʻgʻrisida xabardor qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va oʻzlashtirish sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilash, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining quyidagilar orqali toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini faollashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:kimyo va neft-gaz sanoati, mashinasozlik sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, bank-sugʻurta tashkilotlari ustav kapitallaridagi davlat aksiyalar (ulushlar) paketlarini sotish;toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun tayyor investitsiya takliflarini ishlab chiqish;
investitsiya va biznes forumlar, taqdimotlar (“Road Show”) va marketing kampaniyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni tashkil etish.
2. Quyidagilar:
Investorlarga, shu jumladan, xorijiy investorlarga sotish uchun taklif qilinadigan xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat aksiyalar (ulushlar) paketlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Belgilangan tartibda sotiladigan davlat aktivlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Xorijiy investorlarga taklif qilinadigan investitsiya takliflari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
2019 yilda Oʻzbekiston Respublikasi vakillari ishtirok etishi uchun tavsiya qilinadigan xalqaro iqtisodiy va investitsiyaviy forumlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3.Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi (A.N.Aripov) ikki hafta muddatda investorlarga sotiladigan xoʻjalik jamiyatlari davlat aksiyalari (ulushlari) paketlarini baholash va savdoga qoʻyish grafiklarini tasdiqlasin.
Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasiga xoʻjalik jamiyatlari davlat aksiyalari (ulushlari) paketlarini xorijiy investorlarga sotish shartlari va usullariga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
4.Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019 yil kuz faslida Toshkent shahrida Toshkent xalqaro investitsiya forumini (keyingi oʻrinlarda – Xalqaro investitsiya forumi) oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
5.Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda – Tashkiliy qoʻmita) 5-ilovaga muvofiq tuzilsin.
Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6.Tashkiliy qoʻmitaga (Aripov):zarur hollarda, Xalqaro investitsiya forumini moliyaviy, yuridik va axborot jihatdan taʼminlash uchun yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb qilish;Xalqaro investitsiya forumi dasturi va uni oʻtkazishning aniq sanasi, shuningdek, unga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha xarajatlar smetasini tasdiqlash;istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalari boʻyicha dastlabki TIA va boshqa loyiha hujjatlarini loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda ishlab chiqishni taʼminlash huquqi berilsin.
7.Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi istiqbolli investitsiya loyihalarini Tashkiliy qoʻmitaga taqdim qilgan holda tadbirkorlik subyektlarining Xalqaro investitsiya forumida faol ishtirok etishlarini taʼminlasin.
8.Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi:2019 yil davomida muntazam ravishda yirik xalqaro biznes va moliyaviy xablarga maqsadli auditoriya uchun moʻljallangan taqdimotlar bilan tashrif buyurgan holda “Road Show”dasturlarini ishlab chiqsin va taqdim etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PF–5611-son “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida investitsiyaviy rezidentlik toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ikki oy muddatda marketingning eng yangi texnologiyalaridan foydalanish, mamlakatning yagona integratsiyalashgan brendini yaratish va ilgari surish hamda strategik kommunikatsiyalar boʻyicha xalqaro maslahatchilarni jalb qilish orqali xalqaro biznes arenada Oʻzbekistonning ijobiy imijini ilgari surish boʻyicha “Invest in Uzbekistan” – yagona, muvofiqlashtirilgan axborot kampaniyasini ishlab chiqsin.
9.Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziriS.U.Umurzakov zimmasiga – vazirlik va idoralarning Xalqaro investitsiya forumi doirasida xorijiy investorlarga taklif qilinadigan investitsiya loyihalarini tayyorlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan;
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X.Kamilov va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari zimmasiga – Xalqaro investitsiya forumida qatnashishi uchun potensial investorlar va xorijiy mamlakatlarning ishbilarmon tuzilmalari vakillarini taklif qilish va ularning faol ishtirokini taʼminlash yuzasidan;tarmoq vazirlik va idoralari rahbarlari zimmasiga – tegishli sohalarda istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish va Tashkiliy qoʻmitaga taqdim qilish yuzasidan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga – Xalqaro investitsiya forumida tegishli hududlarning faol ishtirokini taʼminlash, uning investitsiyaviy salohiyatini taqdim qilish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
10.Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:xorijiy mamlakatlarda “Road Show”da ishtirok etadigan Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi vakillariga koʻmaklashsin;
Xalqaro investitsiya forumining xorijiy ishtirokchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining viza talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari belgilangan tartibda konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin;Xalqaro investitsiya forumining oʻtkazilishini Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali keng yoritishni taʼminlasin.
11.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har bir yer uchastkasi va xorijiy investorlarga foydalanishga tayyor holda taklif qilinadigan boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, shu jumladan, maxsus turistik zonalar hududlarida joylashgan obyektlar boʻyicha investitsiya loyihalari materiallarining ingliz va rus tillaridagi taqdimot katalogini har oy tayyorlasin va kiritsin.
12.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
2019-yil 1-iyulga qadar xorijiy investorlar uchun iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiyaviy talab va potensial loyihalar, zarur taqdimot materiallarini tayyorlasin;
2019-yil davomida mamlakatda keng miqyosli islohotlarning amalga oshirilayotganligi, investitsiya kiritish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar va ishbilarmonlik muhitining yaxshilanganligi toʻgʻrisida, eng avvalo, xorijiy ishbilarmonlar, tadbirkorlar, potensial investorlar, davlat va jamoat arboblari orasida targʻibot va keng xabardor qilish masalalari boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Xalqaro investitsiya forumi doirasida, amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya loyihalarining dolzarb jihatlariga bagʻishlangan, shu jumladan, tarmoq vazirlik va idoralari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, mutaxassislar va tadbirkorlar, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining ishtirokida brifinglar, matbuot anjumanlari, davra suhbatlarini oʻtkazsin;
Internet tarmoqlarida davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tarmoq islohotlari, har bir amalga oshiriladigan investitsiya loyihasining asosiy parametrlari, loyihalarni amalga oshirish kafolatlari, ularning raqobatdagi ustunliklari va boshqalar toʻgʻrisida batafsil va tushunarli rasmiylashtirilgan axborot resurslarini tayyorlash borasidagi ishlarning muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
13.Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Xalqaro investitsiya forumini oʻtkazish kunlarida xorijiy ishtirokchilarning tegishli hududlarda joylashgan madaniy-tarixiy obyektlarga tashrifini yuqori darajada tashkil etish choralarini koʻrsin.
14.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Xalqaro investitsiya forumi va “Road Show”ni oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining xalqaro investitsiya va biznes forumlarda ishtirokiga oid tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
15.Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 2019 yilda ishlab chiqilishi lozim boʻlgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari roʻyxati 7-ilovaga muvofiq maʼqullansin.Vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga mazkur qarorning 7-ilovasida nazarda tutilgan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining toʻlaqonli bajarilishi uchun zarur boʻlgan moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
16.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 sentyabrdagi PQ–3953-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxati quyidagi mazmundagi 31 va 32-bandlar bilan toʻldirilsin:
31.Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boʻlinmalariga, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan xususiylashtiriladigan yoki xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlariga davlat ulushi sifatida oʻtkaziladigan davlat aktivlarini baholash xizmatlari.
32.Davlat aksiyalar (ulushlar) paketlarini sotish hamda mahalliy va xorijiy fond birjalarida IPO (SPO) boʻyicha emissiyalarni joylashtirish uchun jalb qilinadigan investitsiya vositachilari, maslahatchilari, shu jumladan, xorijiy maslahatchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boʻlinmalariga koʻrsatadigan xizmatlari”.
17.Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari E.M.Gʻaniyev va J.A.Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Xulosa
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitdagi tahlil ishlari investitsiyalarning samaradorligini aniqlashda loyihaning qoshimcha foyda olib kelish imkoniyatini, uni amalga oshirishdagi risklar va noaniqliklar, inflyatsiya tasiri, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar, soliq, foiz va amortizatsiya siyosati tasiri, marketing tadqiqotlari va loyiha ishtirokchilari manfaatini hisobga olish kabi jihatlari bilan oz afzalligini namoyon qiladi. Ayniqsa, hozirgi zamonaviy baholash uslubiyotlari (masalan, YuNIDO uslubiyoti) loyihalarni ham moliyaviy, ham iqtisodiy, ham texnik baholashning qoshimcha imkoniyatlarini ochib berish bilan baholash uslubiyotini takomillashtirishning naqadar muhimligini korsatib bermoqda. Investitsion loyihani moliyaviy tahlil qilishning asosiy maqsadi loyihani investitsiyalashning maqsadga muvofiqligini aniqlashga imkon beruvchi savollarning echimiga ega bolish uchun barcha moliyaviy holatlarni baholashdan iboratdir. Investitsiyalash boyicha qarorlar qabul qilish loyihani amalga oshirishning asosini tashkil etadi va u bir qancha mezonlarga asoslanadi. Investitsiyalash togrisidagi qaror loyihaning maqsadga muvofiqligini tavsiflovchi tahliliy malumotlarga asoslanib qabul qilinadi. Investitsiyalash boyicha qarorlar qabul qilishda asosiy malumotlar bazasi bolib moliyaviy tahlil natijalari hisoblanadi. Moliyaviy tahlilning diqqatga sazovori qiymatga asoslangan iqtisodiy korsatkichlarni baholashga asoslanganligi va ularga narxlarning jiddiy tasir korsatishi bois loyiha boyicha narxlarni togri baholashning ahamiyati juda muhim hisoblanadi.
Korib chiqilgan loyihaning umumiy qiymati 500 mln som( kredit summasi bilan 604506766 somni tashkil qiladi). Oz mablaglari 300 mlnni tashkil qiladi. Ushbu loyihani amalga oshirishda tasir korsatadigan hamma faktorlarni etiborga olib chuqur tahlil etiladi.
Loyianing qoplash muddati oddiy usulda 4 yilga yaqin muddatda qoplash mumkin bolsa, diskont usulida esa 6 yilda qoplash mumkin boladi. Pul oqimini diskontlashga asoslangan usullardan biri bolgan sof joriy qiymat usuli (NPV) muayyan vaqt oraligidagi xarajatlar va daromadlar farqini aniqlash uchun xizmat qiladi va sof joriy qiymat investitsiya xarajatlari va olingani daromadlarning alohida davr boyicha kirim va chiqimlarining diskontlanishi orqali hosil qilingan natijalar farqini ifodalovchi qiymat hisoblanadi. Sof joriy qiymatni aniqlashda qollaniladigan diskont meyori investorning ozi uchun, undan kichigi besamar deb topilgan minimal foyda meyorini ifodalaydi. Sof joriy qiymat miqdoriy korsatkich bolib, u investor boyligining miqdoriy jihatdan qanchaga osishini korsatadi va u quyidagi mezonlarga asoslanadi: • agar NPV>0 bolsa, bu holda investor boyligining osishi taminlanadi;
• agar NPV<0 bolsa, u holatida loyihani amalga oshirish besamar hisoblanadi.
• agar NPV=0 bolsa, u holda investor kapitali kopaymaydi ham, kamaymaydi ham, va bunda uni qabul kilmaslik lozim.
Sof joriy qiymatning asosiy mezoni quyidagicha: investitsiyalashni amalga oshiring, agar investitsiyalardan kutilayotgan daromadlarning keltirilgan (joriy) qiymati investitsiyalar summasidan yuqori bolsa. Foydaning ichki meyori usuli (IRR) – bu daromadlarning diskontlangan qiymati investitsiyalarning diskontlangan qiymatiga teng bolgandagi daromadlilik darajasi, yani sof joriy qiymat nolga teng bolgandagi meyor. Foydaning ichki meyori loyihadan kutilayotgan daromadarning sof joriy qiymati uni amalga oshirish uchun zarur bolgan investitsiyalarning joriy qiymatiga teng bolandagi diskont stavkasidir.
0>
Do'stlaringiz bilan baham: |