Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi


-MAVZU. STRATEGIYA YARATISHNING VAZIFALARI



Download 321,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana25.01.2023
Hajmi321,76 Kb.
#902115
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Mavzu. Strategiya yaratishning vazifalari

2-MAVZU. STRATEGIYA YARATISHNING VAZIFALARI 
Reja: 
1.
Strategik koʻrishni shakllantirish. 
2.
Kompaniya maqsadlarini oʻrnatish. 
3.
Uzoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlar. 
4.
Strategiyani ishlab chiqish. 
5.
Kompaniya strategiyasining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar. 
6.
Strategiya yaratishga turli xil yondoshuvlar. 
7.
Gʻalaba qozonish strategiyasini belgilovchi mezon. 
1. Strategik koʻrishni shakllantirish 
Kompaniya menejerlarining «tashkilot faoliyatning qanday turlari bilan 
shugʻullanmoqchi va kelajakda qanday boʻlmoqchi?» - degan masalaga qarashlari 
strategik koʻrish deyiladi. Strategik koʻrish - «biz kimmiz, nima qilyapmiz, nima 
qilmoqchimiz» degan savollarga javob beradi. Ba’zan kompaniyalar oʻzining 
vazifasini notoʻgʻri belgilab, uni faqat foydada ifodalaydilar. Biroq foyda 
kompaniya bajaradigan ishning natijasidir. Faqat foyda olishga qaratilgan 
kompaniyaning missiyasi korxonalarni bir-biridan farqlash imkonini yoʻqotadi. 
Vaholanki, har bir kompaniya oʻzining qiyofasiga - imidjiga ega boʻlishi kerak. 
Yaxshi oʻylab koʻrilgan strategik koʻrish va kompaniya missiyasini asoslash 
quyidagi 3 ta jihatdan iborat: 
1)
kompaniya biznesning qaysi sohasida ishlayotganligini tushunish; 
2)
kompaniyaning strategik koʻrishi va missiyasini aniq, loʻnda va ilhom bilan 
tushuntirib berish; 
3)
kompaniya strategik koʻrishi va missiyasini oʻzgartirish haqida oʻz vaqtida 
qaror qabul qilish; 
Faoliyat doirasini toʻgʻri aniqlash uchun quyidagi omillarni hisobga olish 
lozim: 
1)
aholining ehtiyoji, ya’ni nima ishlab chiqarish kerak 
2)
xaridorlar guruhi, yoki tovarni kim uchun ishlab chiqaramiz 
3)
texnik va funksional ijro, ya’ni xaridorlar ehtiyojini qanday qondiramiz 
Shunday qilib, birinchi masalani toʻgʻri hal qilish uchun «nimaga boʻlgan 
ehtiyojni, qanday qilib va kimning ehtiyojini qondiramiz» - degan savollarga javob 
topish lozim. 
Faoliyat doirasini belgilash 2 xil boʻladi: 
1)
umumiy 
2)
detallashtirilgan 
Umumiy belgilashga misol: ichimliklar, mebel, xalqaro pochta xizmati, 
sayohatlar va turizm. Detallashtirilgan belgilashga misol: alkogolsiz ichimliklar
sport poyafzali, ofis uchun mebel, joʻnatmalarni tunda yetkazib berish, Karib 
dengizida plyaj tashkil etish va hokazo. 


14 

Download 321,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish