5. Kompaniya strategiyasining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar
Kompaniya strategiyasini aniqlashga koʻplab omillar ta’sir qiladi. Bu
omillarning oʻzaro ta’siri har bir tarmoqda oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, vaqt
davomida oʻzgarib turadi. Strategiyani belgilovchi omillar doim bir-biridan farq
qiladi. Firma hamisha ham oʻzi xohlagan strategiyani tanlay olmaydi. Uning
harakatlari qonun, davlat siyosati, ijtimoiy tartiblash va jamiyat mavqei bilan
chegaralanadi.
Strategiyani ijtimoiy talablarga moslashtirish quyidagilarni nazarda tutadi:
1)
jamiyat manfaatlari va odob me’yorlari doirasida ishchanlik koʻrsatish;
2)
ijtimoiy afzalliklar va jamiyat ehtiyojlariga ijobiy qarab oʻz faoliyatini
tartibga solish;
3)
tartiblashtirnvchi me’yorlar bilan ziddiyatga bormaslik uchun zarur
harakatlarni oʻz vaqtida amalga oshirish;
4)
aksiyadorlar manfaati va jamiyat manfaatlari oʻrtasida muvozanatni saqlash;
5)
jamiyatda kompaniyaning fuqarolik pozitsiyasini ta’minlash.
4-rasm. Kompaniya strategiyasini belgilovchi omillar
19
Tarmoqning jozibadorligi va raqobat darajasi strategiyani belgilashga katta
ta’sir koʻrsatadi. Kompaniya strategiyasini shugʻullanilmagan sohaga asoslab qurish
mutlaqo yaramaydi. Strategiya kompaniyaning yaxshi bilgan ishiga asosan qurilishi
lozim.
Strategiyada hisobga olinishi va aslida uni belgilovchi birlamchi omillarning
oddiy modeli 4-rasmda keltirilgan. Bu omillarning oʻzaro ta’siri odatda kompleks
xarakterga ega boʻlib, tarmoq va kompaniya uchun alohida farqlanadi.
Odatda, ichki va tashki vaziyat oʻrtasidagi farq aniq boʻlmasa, raqobatli
ustunlikka erishilmasa, kompaniyaning faoliyati
yaxshilanmagan boʻlsa,
strategiyaning oʻzi muvaffaqiyat keltirmaydi.
6. Strategiya yaratishga turli xil yondoshuvlar
Strategiya tuzishga yondoshuvlar quyidagicha boʻladi:
1)
Bosh strategik yondoshuv - bunda strategiyani boshliqning oʻzi ishlab
chiqadi. Bunday holda boshqaruvchi ahvolni baholashga, muqobil strategiyalarga
va strategiya detallariga kuchli ta’sir qiluvchi asosiy strategik va asosiy tadbirkor
sifatida chiqadi.
2)
Vakolatlarni berish yondoshuvi - bunda strategiyani tuzish xodimlarga yoki
komissiyaga topshiriladi. Bunday holda mas’ul boshqaruvchi strategiyani ishlab
chiqishni boshqalarga, asosan, strategik rejalashtirish boʻyicha personalga yoki
ishonch bildirilgan xodimlardan tuzilgan maxsus komissiyaga topshiradi.
3)
Qoʻshma (kollaboratsion) yondoshuv - bu avvalgi ikki yondoshuv
oʻrtasidagi oraliq variant. Bunday usulning eng kuchli tomoni shundaki, strategiyani
ishlab chiqish kimlarga topshirilgan boʻlsa, uni ushalarning uzlari bajarishlari kerak
boʻladi.
4)
Tashabbusli yondoshuv. Bunday yondoshuvda boshqaruvchi kelishilgan
strategiyani ishlab chiqish uchun strategiya detallarini ishlab chiqishdan ham,
«gʻoyalar generatorlari» guruhini boshqarishdan ham manfaatdor emas. Bilaks,
boshqaruvchi okilona strategiyani ishlab chiqish, himoya qilish va hayotga tadbik
etish uchun menejerlarni oʻzlarini safarbar etadi. Strategiyani ishlab chiqish uchun
boshqaruvchilar foydalanishlari mumkin boʻlgan turt asosiy yondoshuvning
birortasi ham eng yaxshi yondoshuv sifatida yuzaga chiqmaydi. Ularning har birini
kuchli va kuchsiz tomonlari mavjud.
Kompaniya va boshqaruvchilar strategiyani ishlab chiqish boʻyicha
variantlarni turlicha bajaradilar. Kompaniya egasi tomonidan boshqariladigan kichik
kompaniyalarda strategiyani ishlab chiqish norasmiy kechadi. Yirik firmalar
strategiyani har yili rejalashtirish ishlab chiqishga moyildir. Strategiyani
belgilashning tashkiliy jarayonida boshqaruvchilar shaxsan katnashadilar.
Strategiya ma’naviy jihatdan sogʻlom boʻlishi kerak. Kompaniyaning har bir
harakati axloq-odob, ma’naviyat doirasida boʻlishi lozim. Kompaniya mulkdorlar,
xizmatchilar, xaridorlar, yetkazib beruvchilar va jamiyat oldida burchlidir.
Kompaniyaning yetkazib beruvchilar oldidagi burchi bozor munosabatlariga
quriladi. Kompaniya bilan yetkazib beruvchi ham sherik ham oʻzaro raqibdir.
Shuning uchun ular oʻrtasidagi munosabatlar aniq belgilab olinishi lozim.
20
Jamiyat nazarida har bir kompaniya «yaxshi fuqaro» tushunchasiga mos
boʻlishi, oʻz vazifalarini xalollik bilan bajarishi, ya’ni soliqlarni oʻz vaqtida toʻlashi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |