iborat psixologik usullarni asoslab berdilar. Xodimga «ishlab chiqarish
liniyasining bir qismi» sifatida qarash barham topdi. Uning, awalo, shaxs
ekanligi e ’tiborga olina boshladi.
Bu narsa shunga olib keldiki, moddiy
rag'batlantirish bilan bir qatorda m a’naviy rag‘batlantirish usullari ham
yetarli darajada keng foydalanila boshlandi. Ko‘p kuch-g‘ayrat va m ablagiar
xodimlar mehnati va turmushining optimal shart-sharoitlarini yaratishga
qaratildi (ergonomika rivojlantirildi; amaliy fanlar: industrial psixologiya va
sotsiologiya keng ommalashdi), «ishtirok etish menejmenti*
rivoj topdi,
jam oada norasm iy m unosabatlarning roli ortdi, rasm iy va norasm iy
tashkilotlarning o ‘zaro m unosabatlarini o ‘rganish vositalari va usullari
rivojlantirila boshlandi. Boshqacha so'zlar bilan aytganda, menejment yangi
yo'nalishga — ijtimoiy-psixologik yo‘nalishga ega boidi.
U m um an, 20-30-yillarda AQ Shda ishlab
chiqarishdagi shaxssiz
byurokratik munosabatlardan ishchilar va tadbirkorlar bilan hamkorlik qilish
kontseptsiyalariga o ‘tildi. «Insoniy munosabatlar* maktabining qarashlari
menejmentning yangicha intilishini, ya’ni har bir sanoat tashkilotini faqat
iqtisodiy qonunlarga emas,
shu bilan birga, ijtimoiy qonunlarga ham
bo'ysunadigan muayyan «ijtimoiy tizim* sifatida, odamlami esa faqat ishlab
chiqarish omili emas, shu bilan birga, ijtimoiy tizim a’zolari
sifatida
qarashdan iborat intilishini ro‘yobga chiqarishni aks ettirar edi. Shu munosabat
bilan, rahbarning funksiyalari iqtisodiy funksiyalarga (foydani eng ko‘p
darajaga yetkazishga) va ijtimoiy funksiyalarga (samarali ishlovchi jamoalar
va guruhlar tashkil etish, ulami barqarorlashtirishga) boiindi.
Personalni boshqarish maqsadlariga kelganda xulq-atvor va ijtimoiy fanlar:
psixologiya, sotsiologiya, mehnatni tashkil etish va uning iqtisodiyoti fanlari
tizimi tobora o‘zaro bogiiq ravishda rivojlana boshladi.
Personal muammolarini
hal qilishga yondashuvni bu fanlar iqtisodiy maqsadlarga atrof-muhitning
ahvolini va shaxsiy om ilkorlikning rivojlanishiga, guruhlarni tashkiliy
maqsadlarga erishishga jalb qilishda foydalanishga qaratilgan yondashuv sifatida
tasvirlanadi. Tashkiliy xulq-atvor nuqtai nazaridan yondashuv paydo boiadi,
u insonning tashkilotdagi roli va xulq-atvorini ichki aloqalar nuqtai nazaridan
tahlil qiladi, ular shaxslar, guruhlar va uiam ing tashkilotdagi muhitini,
shuningdek, ishlovchilar xulq-atvoriga ta ’sirini tahlil qiladi.
M ehnat
kooperatsiyasini rag'batlantirishi mumkin boigan tashkiliy muhitni yaratishga
intilish
Do'stlaringiz bilan baham: