Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov q. X., Xolmominov sh. R



Download 7,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/186
Sana29.11.2022
Hajmi7,82 Mb.
#875062
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   186
Bog'liq
3782-Текст статьи-9247-1-10-20201122 (1)

M ,
= —
100%
Bu yerda,
Md - 
mehnatning mexanizatsiyalash darajasi, %;
Sm- 
mexanizatsiyalashgan mehnat xodimlari soni;
Su- 
xodimlarning umumiy o'rtacha ro'yxatdagi soni .
Mexanizatsiyalashgan mehnat xodimlari jumlasiga o‘z ishini mashinalar 
va mexanizmlar yordamida bajaradigan kishilar kiritiladi.
M ehnatni mexanizatsiyalash (avtomatlashtirish) darajasining ortishi 
moddiylashgan mehnat ulushining oshganligi va jonli m ehnat sarflashni 
ko'paytirm asdan turib m ehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlaridan 
dalolat beradi.
127


Mehnat unumdorligining asosi boigan mehnatning unumdorlik kuchi 
mehnat unumdorligining aynan o ‘zi emas: haqiqiy mehnat unumdorligi 
yana ikkita muhim omilga - jonli mehnatning eng muhim ko'rsatkichi boigan 
m ehnat intensivligiga (Jadalligiga) va ish vaqtining nom inal fondidan 
foydalanishga ham bogiiq.
Mehnat jadalligi (intensivligi) — bu, jonli mehnatning jiddiyligi yoki 
murakkabligi darajasi boiib, ish vaqti birligi ichida inson asab va muskul 
quwatining sarflanishi bilan oichanadi. Bunda inson organizmiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatmaydigan jadallik ijtimoiy normal jadallik hisoblanadi, sarflangan 
quw at ovqatlanishi, dam olish va hissiy engillanish hisobiga to iiq tiklanadi.
Hisobga ko'ra, mehnatning normal jadalligi darajasi tekis yuzada soatiga 
4,8 km tezlik bilan ketayotgan kishining kuch-quwat sarflashiga tengdir. 
Nisbatan normal muayyan mehnat jadalligini oshirish mehnatga haq toiashda 
tegishli darajada hisobga olishni talab qiladi.
Mehnat unumdorligi mehnat jadalligi bilan bir qatorda ish vaqti fondidan 
foydalanish darajasi bilan ham bogiiqdir.
Ish vaqtidan foydalanish ishlangan vaqtning, shu jumladan, ichki smena 
dam olishga ajratilgan tartibga solingan tanaffus vaqtining mazkur ishlar turi 
uchun belgilangan nominal vaqt fondiga (ish kunining ish haftasi, oyi va 
yilning soat hisobidagi m iqdoriga) nisbati sifatida an iq lan ad i. Bu 
ko'rsatkichlaming indeks aloqasi quyidagi formula bilan ifodalanadi:
^ n u t 
1 m u k ^ mi ^ i v f
Bu yerda 
I mu
=
I
~ mehnat unumdorligiga muvofiq ravishda 
mehnat unumdorligi kuchi, mehnat jadalligi va ish vaqtidan foydalanish 
indekslari.
Agar texnika, texnologiya darajasi smena mobaynida 200 birlik mahsulot 
ishlab chiqarish imkonini bergan b o iib , mehnat jadalligi va ish vaqtidan 
foydalanish indekslari tegishli ravishda 0,95 va 0,9 dan iborat boisa, u 
holda haqiqiy mehnat unumdorligi 200 emas, 171 birlikni (200.0,95.0,9) 
tashkil etadi.
♦Unumdorlik* tushunchasi mahsulotning har qanday xarajatlaming 
turiga yoki barcha turlariga nisbatini aniq ko'rsatkichlarda ifodalash uchun 
qoilaniladi. Statistik m a’noda unumdorlik deyilganda, ishlab chiqarish 
natijalarining foydalanish omillari sarflariga nisbati tushuniladi, u boshqacha 
qilib aytganda, xarajat birligi to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot 
hajmidir. Shunga ko‘ra ishlab chiqarish natijasini uning barcha oichash 
mumkin boigan omillari majmuiga nisbatan yoki alohida guruh omillarga 
nisbatan hisoblash mumkin.
Shunday omillar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) sarflangan ishlab chiqarish omillaming miqdori va sifati (sarf samarasi);
128


2) sarflangan omillar miqdorlarining foydalanilishi darajasi (foydalanish 
samarasi);
3) ishlab chiqarish omillari kombinatsiyalarining miqdori (substitutsiya 
samarasi);
4) texnika taraqqiyoti (texnika samarasi);
5) ishlab chiqarish jarayoni tashkil qilinishi (daraja samarasi);
6) alohida jarayonlar sektorlaming yoki xarajatlar yohud mahsuiotning 
umumiy miqdorida ishtirok etishi (tarkib samarasi);
7) alohida sektorlar va jarayonlar orasidagi o‘zaro aloqalar darajasi va 
tarkibi (o‘zaro aloqodorlik samarasi).

Download 7,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish