Zaxiralar aniqlanish va foydalanish joyiga qarab xalq xo‘jalik, tarmoq va
ichki ishlab chiqarish zaxiralariga boiinadi. Xalq xo‘jalik zaxiralariga tabiiy
resurslar, ulardan har tomonlama foydalanish va shu kabilar kiradi.
Tarmoq
zaxiralariga shunday zaxiralar kiradiki, ulardan foydalanish um um an
tarm oqdagi xodim lar m ehnat unum dorligini oshiradi (korxonalarning
ix tis o sla s h tirilis h i, ishlab c h iq a ris h n in g b ir joyga t o ‘p la n is h i va
kombinatsiyalanishi, texnika va texnologiyaning takomillashtirilishi va hokazo).
Ichki ishlab chiqarish zaxiralari mehnat unumdorligini oshirishda muhim
ahamiyatga ega. Ular joriy va istiqbol zaxiralardan tashqari, ikki guruhga
boiinadi: mahsulotning sermehnatlik darajasini pasaytirish zaxiralari va jami
ish vaqtidan yaxshiroq foydalanish zaxiralari.
M aiu m k i, m ehnat unum dorligi darajasi ish vaqti birligiga to ‘g ‘ri
keladigan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. Lekin boshlang'ich hajmlar
vaqtda ifodalansa, m ehnat unum dorligi ish vaqti fondining m ahsulot
sermehnatlik darajasiga nisbati sifatida hisoblab chiqariladi:
Bu yerda:
Mu-
Mehnat unumdorligi (boshlang ishlab chiqarish hajmlar vaqtda
ifodalangandagi),
Fjv -
Ish vaqti fondi,
Ms -
Mahsulot sermehnatlik darajasi
Buning m a’nosi shuki, mahsulot ishlab chiqarish m e’yori uni ishlab
chiqarishga sarflangan vaqt miqdoriga to‘g‘ri proportsional va uning sermehnatlik
darajasiga teskari proportsionaldir. Agar mehnat unumdorligi ish vaqt fondini
ko‘paytirish hisobiga ortsa, u holda bu unumdorlikni oshirishning ekstensiv
y o ii hisoblanadi; agar unumdorlik sermehnatlik darajasini qisqartirish bilan
ta’min etilsa, bu ekstensiv y o i hisoblanadi. Bunda mahsulot tayyorlashga
sarf etiladigan sarf xarajatlarning kamayishi yangi texnika va texnologiya joriy
etish, mehnatni tashkil etishni takomillashtirish hisobiga sodir boiadi.
Mavjud zaxiralami aniqlash ishlab chiqarishning ayrim uchastkalarida yoki
joriy va oldingi davrlardagi ish turlari bo'yicha mehnat
unumdorligi darajasi va
dinamikasini tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Tahlil qilishning asosiy usuli
joriy davrdagi ko‘rsatkichlami rejalashtirilgan ko‘rsatkichlar bilan taqqoslashdir.
Bunda rejalashtirilgan topshiriqlaming asoslanganligi ham tekshirilishi lozim,
chunki ularda rejalashtirilgan davrdagi ishlab chiqarishning barcha xususiyatlari,
shart-sharoitlari, zaxiralarini t o ia hisobga olinmagan b o iish i mumkin.
Shuningdek, yil davomida rejaga kiritiladigan turli aniqliklami ham hisobga
olish zarur. Ular boshqa ko‘rsatkichlarga - mehnat unumdorligiga, xodimlar
soniga, mehnatga haq toiash fondiga turli o‘zgartirishlar kiritilishiga sabab boiadi.
138
Ishchi kuchi tejalishini hisoblash uchun serm ehnatlik darajasini
pasaytiruvchi tadbir joriy etilishidan oldingi va keyingi u yoki bu mahsulotni
tayyorlash yoki biron - bir ish turini bajarishga sarflangan mehnat xarajatlari
taqqoslab ko'riladi.
Sermehnatlik darajasini norma-soatlarda oichaganda ish kuchining
tejalishi (Tk) quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
Bu yerda:
Tn -
operatsiyaga sarflangan mehnatni tejash, norma-soat hisobida;
Fiv. -
ishchining yillik ish vaqti foizi, soat;
K -
mazkur operatsiyada normalami bajarishning rejadagi koeffitsiyenti;
M -
yil oxirigacha amalga oshirilgan operatsiyalar (buyumlar) soni.
Ish vaqtidan yaxshiroq foydalanish hisobiga mehnat unumdorligining
o'sish zahiralari aw alo bu vaqtning bekor sarf boiishiga barham berish
bilan b o g iiq d ir. H aqiqatda ular serm ehnatlik darajasining pasayishi
zahiralaridan keskin farq qiladi hamda faqat mehnat va ishlab chiqarish
yaxshi tashkil etilmaganda, mehnat intizomi buzilganda, mehnatni muhofaza
qilish yetarli darajada yoiga
q o 'y i l m a g a n d a
va shu kabi hollarda sodir boiadi.
Bu zaxiralar ko‘rsatib o ‘tilgan kamchiliklar barham topgach tugaydi.
Holbuki
serm ehnatlik darajasini kamaytirish zaxiralari cheksiz hisoblanadi. Ish
vaqtining bekor sarf b o iish i hisobiga m ehnat unum dorligining o'sish
zaxiralarini aniqlash maqsadida ish vaqtining haqiqiy balansini sinchiklab
tahlil qilish uni rejalashtirilgan ish vaqti bilan taqqoslash, ish kunini sur’atga
tushirish va bu ishni mustaqil ravishda amalga oshirish yordamida ish vaqtining
bekor sarf etilishini aniqlash, ulam ing sabablarini belgilash va ularni
kamaytirish yoki to iiq barham toptirish tadbirlarini ishlab chiqish lozim.
M ehnat unumdorligini oshirish zaxiralaridan biri - kadrlar tarkibini
takom illashtirishdir. Kadrlar tarkibi deganda sanoat-ishlab chiqarish
xodimlarining ayrim toifalari o'rtasidagi miqdor nisbati tushuniladi. Asosiy
va yordamchi ishchilaming miqdor nisbati, shuningdek,
ishchilaming barcha
xodimlar sonidagi nisbati eng muhim. Kadrlar tarkibining ko'rsatkichlari:
sanoat-ishlab chiqarish xodimlari umumiy sonida ishchilaming salm ogi va
ishchilar va butun xodimlar umumiy sonidagi asosiy ishchilaming salmog'idir.
Asosiy ishchilaiga tovar mahsulot ishlab chiqarishda bevosita band boigan
ishchilar, yordamchi ishchilarga - ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan
band boigan ishchilar (navbatchi slesarlar, detallami yetkazib beruvchilar,
yonilgi (yoqilgi) tashuvchilar va hokazolar), ya’ni asosiy sexlarda xizmat
ko'rsatuvchi ishchilar va yordamchi sexlardagi barcha ishchilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: