Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va mexanizasiya kafedrasi



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/207
Sana26.04.2022
Hajmi18,65 Mb.
#583776
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   207
Bog'liq
2 5404494602826683222

Topshiriq va nazorat savollari: 
1.
Dalalarni paxta hosilini terishga tayyorlash va uni terib olish texnologiyasi haqida 
nimalarni bilasiz? 
2.
Paxta dalasi hosilni yig’ib olish uchun qanday tayyorlanadi? 
3.
Mashina terimi uchun dala qanday tayyorlanadi? 
4.
Paxtani qo’lda va mashinada terish tartini ayting? 
5.
Paxta terish mashanalari turlari qanday? 


4-mavzu. Xo’jaliklarda terimni to’g’ri tashkil qilishni nazariy asoslari. 
Reja: 
1. Dalalarni paxta hosilini yig’ib-terib olishga tayyorlash 
2.Pishib yetilgan paxta dalasini defoliatsiya va desikatsiya qilish. 
3.Paxtani qo’lda va mashinada terish qoidalari. 
4.Ko’rak terish va chivish mashinalari. 
 
1. Dalalarni paxta hosilini yig’ib-terib olishga tayyorlash 
G’o’za tupidagi ko’saklar hammasi baravariga pishmaydi. Pastki shoxlardagi 
ko’saklar oldin pishadi, so’ngra o’rta shoxlardagi ko’saklar sovuq tushguncha pishib 
ulguradi, shuning uchun ulardan chiqadigan paxta vazmin va sifatli bo’ladi. Yuqori 
shoxlardagi ko’saklar esa sovuq tushgunga qadar yetilib ulgurmaydi, natijada ulardan 
olinadigan paxta yengil va sifati past bo’ladi. Pastki va yuqori shoxlardagi ko’saklarning 
yetilishi o’rtasida 1,5...2 oy, ba’zan esa bundan ham ko’proq vaqt o’tadi. SHuning uchun 
paxta hosili bir necha marta terib olinadi. 
G’o’za ko’saklarn avgust oxirida ochila boshlab, sentyabrning oxiri va oktyabrning 
boshlariga kelib, yoppasiga ochiladi. Oktyabr oyining oxirlarida ko’saklarning ochilishi 
kamayib, noyabrning yarmiga borib, sovuq tushishi bilan g’o’za rivojlanishdan to’xtaydi. 
Terimchilarning ish unumini oshirish, terimga sarf bo’ladigan mehnatni kamaytirish 
va terilgan paxtaning sifatini yaxshilash maqsadida paxtani 3...4 marta terish tavsiya 
etiladi. Ochilgan paxta qo’l bilan yoki paxta terish mashinalarida teriladi. Qo’l bilan 
terilgan paxtann qabul qilish va ularni oftobda quritish uchun bir paxtachilik jamoasida 
uch-to’rtta maxsus maydonchalar bo’lishi kerak. Terimchilardan qabul qilib olingan 
paxtani iflos qilmaslik va unga tosh-tuproqlar aralashib ketmasligi uchun maydonchalarni 
asfaltlash yoki somonli loy bilan suvash kerak. 
Paxta hosilini terib olishga tayyorlanish choralariga quyidagi tadbirlar kiradi: 
mehnat resurslaridan unumliroq foydalanish va yetishtirilgan hosilni yig’ib-terib olishni 
muddatida tugatish maqsadida terimchilarni va mavjud texnikani to’g’ri taqsimlash; paxta 
teruvchilar orasida instruktaj o’tkazish; paxtani qop-qanorsiz tashish uchun kerakli 
transport vositalarini, dalalarda paxta quritadigan va qabul qiladigan maydonchalarni 
tayyorlash; paxtani ko’l bilan terish uchun kerakli etaklarni tayyorlab qo’yish; paxta va 
ko’rak terish mashinalarnni va boshqa texnikani o’z vaqtida remont qilish; yo’l va 
ko’priklarni tartibga solish; dala shiyponlarida paxtakorlarga yaxshi madaniy va maishiy 
xizmat ko’rsatish sharoitlarini yaratish; shu bilan birga hamma tashkiliy tadbirlarni ishlab 
chiqish lozim. 
Paxtani mashina bilan terish ishlariga alohida tayyorgarlik qilish kerak. Paxtasi 
mashinada teriladigan dalalar g’o’za ekishdan ilgari belgilab olinadi, chunki bunday 
dalalar yirik va yaxshi tekislangan bo’lishi kerak. 
G’o’zani o’z vaqtida defoliatsiya (bargini sun’iy to’ktirish) va desikatsiya qilish 
(g’o’za shoxlarnni sun’in quritish) ko’saklarning ochilishini tezlatadi, natijada sovuq 
tushguncha teriladigan paxta miqdori ko’payadi. Bu tadbirlar ko’rilganda g’o’za 
tuplarining ostki qismlariga quyosh nurining yetib borishi va u yerlarning shamollanishi 
osonlashadi, natijada pastki ko’saklarnnng chirib ketish hollari va terilgan paxtaning 
ifloslanishi kamayadi hamda paxta terish mashinalarining ishlashi osonlashadi. 
G’o’zani defoliatsiyalash uchun uning ko’pchilik tuplarida 2...5 ko’sak ochilishi 
bilan 20...25 sentyabrdan kechiktirmay maxsus ximikatlarni samolyotlar yoki OVX-28 
markali mashina yordamida changitib sepiladi. G’o’zalar mo’ljaldan erta defoliatsiyalansa, 


ko’saklar yetilman qolib, natijada hosil kamayadi, kechikib defolnatsiyalansa, g’o’za 
barglari yaxshi to’kilmaydi va bajarilgan ishning foydasi kam bo’ladi. 
Defoliatsiya qilingan maydonlarda 5...7 kundan keyin g’o’zalarning bargi qurib 
to’kila boshlaydi va 10...12 kun o’tgach 60...70% barglar to’kilib tushadi. 
Desikatsiyalash odatda sentyabr boshlarida bajariladi. Paxtachilikda ishlatiladigan 
bir qancha defoliant va dessikantlar bo’lib, bular orasida tsianamid kaltsiy havoning 
issiqligi 17°C dan yuqori bo’lganda va shudring yaxshi tushgan vaqtda ishlatilsa yaxshi 
natija beradi. Xlorat magniy esa shudring kam tushadigan rayonlar uchun yaxshi 
hisoblanadi. Yangi preparatlar qatoriga xlorat kaltsiy, xlorat-xlorid kaltsiy va erkin 
tsianamidlar kiradi. Keyingi vaqtlarda tsianamid kaltsiy selitrasini aralashtirib ishlatish 
tajribada tatbiq etila boshlandi. Sulfat ammonin bilan entodalni qo’shib nshlatish va 
“Aeroflot” nomli preparat yaxshi dessikat hisoblanadi. G’o’zani defoliantlar bilzn to’g’ri 
ishlanganda paxta ko’saklari 8...12 kun ilgari pishib yetiladi. 

Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish