Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va mexanizasiya kafedrasi


-rasm: Paxtani g’aramlash jarayoni



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/207
Sana26.04.2022
Hajmi18,65 Mb.
#583776
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   207
Bog'liq
2 5404494602826683222

1-rasm: Paxtani g’aramlash jarayoni. 
Har yilgi paxta tayyorlash Davlat rejasini bajarish uchun, dalalardan keltirilgan 
paxtani o’z vaqtida qabul qilib olish, markazlashgan usulda quritish – tozalash, yaxshi 


saqlash uchun paxta tozalash zavodlari va ularga qarashli paxta tayyorlash punktlari 
quyidagi talablarni bajarishlari kerak:
●paxta ekadigan jamoa, shirkat va boshqa xo’jaliklar bilan har yili butun hosilni 
davlatga sotish uchun kontraktatsion shartnoma tuzishi va uning bajarilishini tekshirishi; 
●xo’jaliklarda qo’lda va mashinada teriladigan paxtaning sifatini qanday qilib 
yaxshilash va sortlarga to’g’ri ajratish haqida tushuntirish o’tkazish;
●paxtani qabul qilishda davlat standartlarida belgilangan qoida va normalarga qat’iy 
rioya qilish; 
●quritish-tozalash tsexlarining to’xtovsiz va unumli ishlashini ta’minlash;
●qabul qilingan paxta uchun paxta topshiruvchilar bilan to’g’ri va o’z vaqtida 
hisob-kitob qilish; 
●qabul qilingan paxtani selektsion va sanoat sortlari bo’yicha uning usuliga va dala 
gruppalariga qarab alohida partiyalarga ajratish va urug’lik paxtalarni ham reproduktsiyasi 
bo’yicha alohida partiyalarga ajratish
●saqlanayotgan paxtaning sifatini o’z vaqtida tekshirib turish va zavod planiga 
muvofiq yuklab jo’natib turish; 
●paxtani saqlash, quritish, tozalash va zavodga jo’natish vaqtlarida uning sifatini 
buzmaslik va isrof bo’lishiga yo’l qo’ymaslik kerak;
●zavodga yuborilayotgan paxtani tayyorlash punktida va zavodda tarozida tortish va 
uning sifatini aniqlash yo’li bilan tayyorlash punktida saqlanayotgan paxtaning hisobini 
to’g’ri olib borish; paxtani qabul qilish, saqlash, quritish va tozalash hamda zavodga 
yetkazib berish uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish choralarini ko’rish;
●paxta tayyorlash ishining hamma bosqichlarida yong’indan saqlash va xavfsizlik 
texnikasi qoidalariga muvofiq tadbirlarini ko’rish paxtani qabul qilish, omborlarga joylash 
va ularni tashish davrida ishlatiladigan mexanizmlardan to’liq unumli foydalanish 
choralarini ko’rish;
●paxta tayyorlash davrida ishlatiladigan transport uskunalari, brezentlar, qop-
qanorlar, laboratoriya jixozlari va boshqa xo’jalik materiallarini tejab-tergab sarflash 
choralarini ko’rish; 
●paxta tayyorlash punktlarining vazifasiga paxta tozalash zavodidan keltirilgan 
urug’lik chigitni vaqtincha saqlash va ularni o’z vaqtida xo’jaliklarga qoidaga muvofiq 
tarqatish. 
Paxta tozalash zavodlarida ishlab chiqariladigan paxta tolasi davlat standartiga 
muvofiq yettita sortga bo’linadi. SHu sababli chigitli paxtani qabul qiluvchi 
klassifikatorlar har bir sort paxta ichidan uning tashqi ko’rinishiga qarab yaxshi sifatli tola 
beradigan qismini quyidagicha ajratib olinib, aloxida partiyaga to’plab boriladi:
– I sort paxtadan-pallalarining yirikligiga, rangiga, yaxshi ochilganligiga, 
vazminligiga qarab a’lo sort tola beradigan qismini;
– III sort paxtadan – ko’proq IV sort tola beradigan qismini; 
– IV sort paxtadan – ko’proq IV va V sort tola beradigan qismini; 
Mashinada terilgan paxta ichidan esa ko’proq I sort tola olish uchun uning yaxshi 
pishgan qismi alohida ajratib olinadi. 
Paxta tayorlash punktining teritoriyasi zavod direktorining buyrug’iga muvofiq 
ikki yoki uch zonaga bo’linadi. Uch zonalik tayyorlash punktlarining kirish darvozasi 
yoniga joylashgan 1 – zonada klassifikator paxtaning sifatini aniqlab, laboratoriya uchun 
namuna oladi; 2 – zonada paxta tarozida tortiladi va katta klassifikator qabul qilish 


hujjatini yozib beradi; 3 – zonada qabul qilingan paxta partiyasiga qarab ochiq yoki yopiq 
omborlarga joylashtiriladi va klassifikator tomonidan qayta sifati tekshiriladi. 
Paxta qabul qilish ikki zonali sistemada bajarilsa, katta klassifikator 1 – zonada 
turib paxtaning sifatini tekshiradi va tarozida tortadi. Agarda paxtaning sifati standart 
talabiga javob bermasa 1 – zonadan nariga o’tkazilmaydi va quritish, tozalash uchun 
qaytariladi. 
Paxta tayyorlash punktining laboratoriyasi qabul qilingan paxtaning har bir 
partiyasi uchun pasport – kartochkasini tuzadi. Pasportda paxtaning selektsion va sanoat 
sorti, reproduktsiyasi, dala guruxi, ombor nomeri, partiyaning boshlangan va tugallangan 
vaqti, uning og’irligi va klassifikatorning familiyasi ko’rsatiladi.

Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish