valiklarining aylanish chastotasi impulьsli variator yordamida mashinaning ish unumiga
qarab o’zgartiriladi. Ta’minlash kamerasidagi paxta balandligi yon devordagn qizil
chiziqdan oshmasligi lozim.
Xas-cho’p ajratkich paxtani shakldor to’r
6
sirtiga ishqalab, uni tiladi va mayda xas-
cho’plardan tozalaydi. Xas-cho’p ajratkich ko’sakni chaqish barabani 7 ga uzatadi. Bu
baraban ko’sakni chaqish dekasi (baraban ustida joylashgan taram-taram tishli qopqoq) ga
ishqalab chaqadi va kichik parrakli
baraban
8
ga uzatadi.
Hamma turdagi paxtani
tozalashda deka ishlatilmaydi (tishlari yuqoriga qaratib qo’yiladi), mayda ko’k va ho’l
ko’saklarni chaqishda esa ishlatiladn (tishlar rasmda ko’rsatilgandek pastga qaratib
qo’yiladi). Baraban
8
tozalanadigan aralashmani (ko’saklar chaqilgandan keyin ko’sak
po’choqlari va titilgan paxta aralashma hosil qiladi) chig’anoqsimon tirqish orqali olib
o’tib, tekislaydi so’ngra
arrali baraban
9
sirtiga tashlaydi. Baraban
9
tishlariga ilingan
paxta bu baraban bilan to’siq
14
orasidagi tirqishdan o’tadi. SHunda tishlarga ilinmagan
xas-cho’plar va ayrim paxta bo’laklari to’siqning orqa tomoniga, ko’sak chaqish barabani
7 ga tashlanadi.
5-расм: UPX-1,5 universal paxta tozalagich технологик
схемаси
1 - ventilyator; 2 – tishli baraban; 3 - vakuum-klapan; 4 – po’choq archish vallari; 5 –
po’choq archish barabanlari; 6 - shyotkali barabanlar; 7 – birinchi arrali baraban; 8 – xom-
ashyo uchun arralibaraban; 9 - to’qmoqli barabanlar; 10 – qopni to’ldirish uchun shnek; 11
– yuklash quvuri; 12 - tituvchi; 13 – chiqindi uchun arrali baraban
Podborshchiklar bilan terilgan ko’sakli paxtani tozalashda parrakli baraban
8
mashinadan olinadi. Bu holda chaqish barabani 7 ko’sakli paxtani arrali baraban
9
ga
uzatadi. Bunda xas-cho’plar aralashmani barabandan barabanga uloqtirish usulida
ajratiladi. Paxta arrali
baraban tishlariga ilinib, to’siq
14
nnng ajratish qirrasi bilan arrali
baraban orasidagi tirqishga kiradi. Ajratish qirrasi yirik xas-cho’plar (shox, g’o’za-
po’choqlar)ni qaytaradi. Bu yirik aralashmalar chaqish barabani
7
parraklari ostiga tushib,
chiqindilar separatorining arrali barabani
16
ga yo’naladi. Arrali baraban atrofida uchta
sekin aylanuvchi cho’tkali ishqalash barabanlari
15
bor. Arrali baraban paxtani barabanlar
15
ro’parasidan olib o’tganda paxta arra
tishlariga puxta sanchiladi, xas-cho’plar esa
baraban cho’tkalarining elastik deformatsiyasi ta’sirida arra sirtidan chetga tashlanib,
navbatdagi xuddi shundan ikkinchi barabanga tushadi. Bu yerda xas-cho’pda qolgan paxta
yana arrali barabanga ilinadi, xas-cho’plar esa chiqindilar transporteri
17
ga tashlanadi va
ventilyatordan kelgan havo oqimi bilan mashinaning chap tomoniga chiqarib tashlanadi.
Uchinchi ishqalash barabani qo’shimcha ravishda yana paxtani tutib olib, xas-cho’plarni
ajratadi. CHo’tkali baraban
18
arrali barabanlar
9
va
16
sirtidagi paxtani ajratib olib, arrali
baraban
12
ga tashlaydi. Arrali barabanga ilinmagan paxta kichik tishli baraban
19
ga
tushadi. Tishli kichik baraban paxtaning bir qismini baraban
12
ga uzatadi, qolgan qismini
esa to’r
20
bo’ylab olib o’tib, cho’tkali baraban
18
ga tashlaydi. CHo’tkali baraban
tozalangan paxtani asosiy toza paxta oqimiga qaytaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: