Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va mexanizasiya kafedrasi



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/207
Sana26.04.2022
Hajmi18,65 Mb.
#583776
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   207
Bog'liq
2 5404494602826683222

asosiy ishlab chiqarishiga
korxonaning asosiy texnologik 
vazifani bajaruvchi - tozalash, jinlash, momik ajratish va presslash uchastkalari kiradi. 
Yordamchi xizmat ko’rsatish
ishlab chiqarishlariga, asosiy ishlab chiqarish bir 
maromda va uzluksiz bajarilishini ta’minlovchi uchastkalar — arra ustaxonasi, mexanika-
ta’mirlash va quvvat bilan ta’minlash uchastkalari kiradi. 
Ikkinchi darajali ishlab chiqarishga asosiy ishlab chiqarishdan alohida mustaqil
ishlay oladigan tsexlar yoki uchastkalar kiradi.
Jumladan, paxta chigitini tayyorlash va ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash 
shunday tsexlardir. Paxta tozalash zavodlarida xizmat ko’rsatishga; ombor, transport, 
yong’indan saqlash va laboratoriya xo’jaliklari kiradi. Bundan tashqari, paxta tozalash 
zavodlarida korxona xodimlariga uy-joy, kommunal, bolalar, tibbiyot, madaniy-maishiy 
va boshqa muassasalar xizmat ko’rsatali. 
Paxta tozalash zavodlarida ishlab chiqarishning tsex tuzilmasi yo’q. Aslida 
texnologik jarayon paxtani uzatishdan boshlab, to paxta mahsulotlari—tola toylari 
olishgacha davom etadigan ketma-ket bir uzluksiz va tutash oqimga birlashgan bir kancha 
turli ish joylaridan iborat. SHuningdek, yordamchi xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishda 
ham tsexlar bo’lmay, ular ma’muriy jixatdan ajralib turmaydi va mustaqil xisobot olib 
bormagan xolda, ustalar yoki brigadirlar raxbarligida ishlaydi. 
Tayyorlov tarmori paxta tozalash zavodining tuzilmasiga kiritiladi. Aksariyat 
tayyorlov punktlarida quritish-tozalash tsexlari (QTTS) mavjud bo’lib, ular quritish
mashinalari, energetika va transport uskunalari bilan jixozlangan. 
Paxta yetishtiruvchilar tomonidan topshiriladigan paxtani xarid qilish uchun, paxta 
sanoati tarkibiga kiruvchi, tayyorlov tizimi tashkil qilingan. Paxga tayyorlov punkti — paxta 
tozalash zavodining tarkibiy bo’limidir. U moliyaviy xo’jalik faoliyatini, xo’jalik xisobiga 
muvofiq va uning asosida amalga oshiradi. U murakkab xo’jalik bo’lib, paxta qabul qilish 
va saqlash uchun ombor, maydonchalarni urug’lik chigit tayyorlash va saqlash uchun 
binolarni, ortish-tushirish uchun mexanizatsiyalash vositalarini, tarozi xo’jaligini, 
yong’indan saqlash, inshoot va uskunalarni o’z ichiga oladi. Tayyorlov punktida,
shuningdek, laboratoriya, idora va uy-joy binolari va material omborlari bor. 
Tayyorlov punktlarining asosiy qismida quritish — tozalash tsexlari qurilgan. 
Tayyorlov punktlari zavod xududida va zavoddan tashqarida bo’ladi. Zavod xududidagi 
tayyorlov punktlari paxtani topshiruvchilardan zavod xududida yoki bevosita unga 
tutashgan joyda qabul qilib oladi. Zavoddan tashqaridagi punktlar alohida temir yo’l yoki 
katta tosh yo’llari yoqasida joylashgan bo’ladi. 
Paxta tozalash zavodlari turli miqdorda tayyorlov punktlariga ega. Bu esa paxta 
tozalash zavodining ishlab chiqarish quvvatiga, tayyorlanadigan paxtaning xajmlariga 
bog’liq. Paxta tayyorlov tizimining faoliyati, topshiriladigan paxtani qabul qilish, saqlash, 
hisoblash va hisob-kitob qilish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomalar bilan muvofiqlashtiriladi. 
Paxta tayyorlov punktining faoliyat doirasiga amaldagi Nizomga binoan quyidagilar 
kiradi: 
• paxta topshiruvchining chigit ekish rejalarini ishlab chiqishda ishtiroki; 
• paxta yetishtiruvchilar bilan paxta xarid qilish uchun kontraktsion shartnomalar 
tuzish; 
• paxta yetishtiruvchilarga urug’lik chigit, o’rov gazlama, qop, fartuklar sotish,
ularga pul avanslari berish, ekish va g’o’zaga dalada ishlov berish sifatini tekshirishni 


tashqil kqlish, kontrakiion shartnomalar bo’yicha majburiyatlarning bajarilishini 
ta’minlash; 
• paxta tayyorlov punktini ta’mirlash rejasini tuzib, paxta tozalash zavodiga 
tasdiqlash uchun taqdim etish va uni paxta topshiruvchilardan paxta qabul qilishga 
tayyorlash; 
• tayyorlov punktining moddiy-texnik bazasini paxta qabul qilish va uni saqlash
vositalari bilan ta’minlash, shu vositalarga bo’lgan talabning asoslangan hisob-
kitoblarini tuzish va taqdim etish; 
• amaldagi yo’riqnomalarga muvofiq paxta tayyorlash (qabul qilish), saqlashni 
tashkil etish; 
• kontraktsion shartnoma va yo’riqnomalarda belgilangan tartib va muddatlarda paxta 
topshiruvchilar bilan xamma turdagi hisob-kitoblarni bajarish; 
• paxtani quritish va tozalash; 
• buxgalteriya hisobini olib borish bo’yicha oylik, chorak va yillik buxgalteriya
hisob va balanslarini tuzish xamda ularni belgilangan muddatlarda paxta tozalash
zavodiga taqdim etish; 
• statistik va tezkor hisobot olib borish; 
• paxta yetishtiruvchilar tomonidan paxta uchun kontraktsion shartnomalarning 
bajarilishini xisobga olish, shuningdek, qabul qilinadigan paxtani to’dalar, sinflar, navlar 
bo’yicha hisobga olish;
• paxta tayyorlov punktida paxta quritish va oldindan tozalashni, 
mexanizatsiyalashgan ishlarni tayyorlov punktining mulkiy moddiy boyliklari va pul 
mablag’larini xisobga olish; 
• tayyorlov punktining ishchi va xizmatchilari xamda moddiy boyliklarini yetkazib 
beruvchilar bilan xisob-kitoblar qilish; 
• paxta, urug’lik chigit, materiallar, pul va asosiy mablag’larni davriy va yillik qayd 
qilishni tashkil etish; 
• bir kunda qabul qilingan paxtaning navi, turi, sinfi bo’yicha o’rtacha iflosligi va 
namligi to’g’risida laboratoriyalardan olingai kunlik ma’lumotlar bo’yicha paxta qabul 
qilishning to’g’riligini nazorat qilish. 
Yil davomida paxta tayyorlov punktida ishlar taxminan quyidagicha taqsimlanadi: 
• paxta topshiruvchilardan paxtani sentyabr-noyabr oylarida xarid kilish (tayyorlash); 
• chigit tayyorlash va xo’jaliklarga sotish — dekabr-fevral oylari. Bu davrda paxta 
ekuvchi xo’jaliklar bilan kontraktsion shartnoma tuziladi. 
Kontraktsion shartnoma tuzilgandan keyin, paxta yetishtiruvchilarga 
kontraktirlashgan paxta miqdori uchun dastlabki pul avansi beriladi. 
Ayni paytda ana shu ishlar bilan birga, zavoddan tashqaridagi tayyorlov punktlari 
grafik bo’yicha ularda saqlanayotgan paxtani zavodga jo’natadi. Tayyorlov punktlari yangi 
xosilni qabul qilishga iyul-avgust oylarida tayyorlanishadi: omborlarni, yuk ortish-tushirish 
mexanizmlarini, tarozilarini, quritgichlarni, yo’llarni ta’mirlaydi, paxta yetishtiruvchilarga
hosil yirim-terimini tashkil qilish va paxtani to’g’ri saralash bo’yicha yo’l-yo’riqlar 
berishadi. 
Avgust oyining oxiri yoki sentyabr oyining boshidan tayyorlov punktlari o’zlarining 
asosiy vazifasi — paxta tayyorlashga kirishadi. Paxta terimi sentyabrning ikkinchi yarmi va 
oktyabrda, tayyorlov punktlari hosilning asosiy qismini qabul qilib oladigan vaqtda
ayniqsa, jadallashadi. 


Paxta tozalash zavodlarining asosiy ishlab chiqarishi, paxta tayyorlash 
operatsiyalarida ishlar unchalik darajada mexanizatsiyalashtirilganiga qaramay, yuqori
mexanizatsiyalash darajasi bilan ajralib turadi (yuk ortish-transport operatsiyalari
bundan mustasno). 
Paxta tozalash zavodlari butun yil mobaynida ishlaydi (kapital ta’mirlashga to’xtagan 
vaqt bundan mustasno). 

Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish