Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va mexanizasiya kafedrasi


Terim oldidan paxta hosilini aniqlash



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/207
Sana26.04.2022
Hajmi18,65 Mb.
#583776
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   207
Bog'liq
2 5404494602826683222

2.Terim oldidan paxta hosilini aniqlash 
Terim oldidan kutilayotgan paxta hosilini aniqlab chikish xo’jalnklarda yig’im-
terim kompaniyasiga tayyorgarlik ko’rish ishlarini tashkil qilish, yil bo’yi qilingan mehnat 
yakunini chamalab ko’rish va har gektar yerdan necha tsentnerdan hosil yetishtirilganligini 
bilish uchun juda muhimdir. 
Kutilayotgan hosilga, asosan, paxta tayyorlash punktlari, paxta tozalash zavodlari
shuningdek, shu mahsulotga aloqador bo’lgan boshqa korxonalar o’zlarining kelgusi yil 
rejalarini tuzishda ham bunga katta ahamiyat beradilar. 
Kutilgan hosil ikki usulda aniqlanadi: 1. Uzoq muddatli, 2. Terim oldidan. Uzoq muddatli 
usulda hosilni anglashda agrotexnika tadbirlarini o’tkazish sifati va muddatlari, ob-havo, 
suv bilan ta’minlash, g’o’zaning kasallik bilan hasharotlar bilan zararlanish darajasi va 
ularga qarshi kurash, ko’chat qalinligi, rivojlanish fazalarining o’tish muddatlari, birinchi 
avgustda bo’lgan ko’chat qalinligi va har bir tup g’o’zada nechtadan kusak paydo bo’lishi 
hisobga olinadi. Bunda quyidagi ko’rsatkichlarni: defoliatsiya oldidan (avgust oxiri va
sentyabrь boshida) har bir gektar yerdagi g’o’za tuplari sonini (ming tup hisobida); har 
bir tupdagi hosil beradigan ko’saklar soni va har bir ko’sakdan chiqadigan chigitli paxta 
massasini (g hisobida) bilish kerak. 
Hosilni aniqlashda unga to’g’ridan to’g’ri ta’sir etadigam omillar, masalan, kuzning 
qanday kelishi, g’o’za bargini to’ktirish (defoliatsiya qilish muddatini to’g’ri aniqlash
bunda preparatlar samolyotda yoki yerda ishlaydigap apparatlar yordamida sepilishini 
hisobga olish kerak), gektarlardagi ko’chat soni xam katta ahamiyatga ega. Ko’chat 
qalinligini aniqlashda, paykalning ikki boshidagi qator oralarini ishlashda traktor 
buriladigan maydon karta ichidagi o’qariqlar, dala ichidan o’tgan uvat ariqlar hisobdan 
chiqarib tashlanishi kerak. Bundan tashqari hosilga salbiy ta’sir etadigan boshqa shart-
sharoitlarni ham e’tiborga olish zarur. 
Kutilayotgan hosilga doir ma’lumot to’liq va aniq bo’lishi uchun bu tadbirni iloji 
boricha terim yaqin qolganda o’tkazish lozim. 
Kutilayotgan hosil har bir dala uchun alohida-alohida aniqlanadi. G’o’zalarning 
avjiga qarab har bir tupdagi ko’saklar sonini aniq bilish, ularning hosil berish 
xususiyatlarini hisobga olish juda muhimdir. CHunki asosiy maydondagi hosil mashinalar 
bilan terib olinishi munosabati bilan g’o’za bargini to’kishda defoliantlarning qo’llanish 


muddati, ularning qay darajada ta’sir etishi, g’o’zaning biologik xususiyati, ko’sak yoshi 
e’tiborga olinishi kerak. Hisobga olinadigan ko’saklarning eng kichigi 20...25 kunlik 
bo’lishi lozim. Buni normal yetilgan ko’sakka taqqoslab taxminan aytish mumkin. 
Ko’sak morfologik jihatdan odatda 30 kunlik bo’lganda deyarli to’liq hajmga ega bo’ladi. 
Bu ma’lumotlar har bir daladan namunalar olish yo’li bilan aniqlanadi. Namunalar 
olish soni paykalning kattaligiga bog’liq, ya’ni har gektar yerdan bittadan namuna 
kartaning diagonali bo’yicha yurib olinadi. Har bir namuna kattaligi bir gektardagi hamma 
qatorlar umumiy uzunligining mingdan bir qismi hisobidan olinadi. Buning uchun oldin 
g’o’za qator oralarining kengligini bilish kerak. Masalan, 90 sm li g’o’za qator oralarida 
bir gektar yerdagi katorlarning umumiy uzunligi 11111 m. Demak, namuna olishda buni 
mingdan bir qismi 11,1 m, 60 sm.li qator oralarida esa qatorlarning umumiy uzunligi 
16666 m, demak, namuna uzunligi 16,6 m hisobidan olinadi. Ko’chat qalinligi va 
ko’saklar sonini bilish uchun namunadagi hamma o’simlik soni va shu namuna oxiridagi 
10 tup o’simlikdagi ko’sak soni daftarga yozib boriladi. Agar kartaning kattaligi 12 ga
bo’lsa 12 ta namuna olinadi. 
Bir gektar yerdagi o’simlik tup sonini bilish uchun kartadan nechta namuna olingan 
bo’lsa, o’shancha namunadagi o’simliklar sonini bir-biriga qo’shib, so’ng namuna soniga 
bo’linsa, o’rtacha o’simlik soni chiqadi, bu raqam orqasiga 3 ta nolь yozilsa, bir gektardagi 
o’rtacha ko’chat soni kelib chiqadi. Endi bir tup g’o’zada o’rta hisobda nechta ko’sak 
borligi ham xuddi yuqoridagi kabi hisoblab chiqariladi, lekin bunda har bir namunada 10 
tupdan o’simlik olinganligi uchun 10 ga taqsim qilib bir tupdagi ko’sak soni yozib 
boriladi. Demak, bir gektardagi g’o’za tupi va har tupdagi o’rtacha ko’sak soni ma’lum. 
Endi bitta ko’sakdan chiqadigan chigitli paxta massasi kerak. Bunda g’o’zaning nav 
xususiyati, qo’llanilgan agrotexnika darajasi, tuproq unumdorligi, iqlim sharoiti kabilar 
e’tiborga olinadi. O’rta tolali g’o’za navida bitta ko’sakdan chiqadigan paxta massasi 
ko’pincha 3,0—3,5—4,0 g deb hisoblanadi. Ingichka tolali g’o’za navlarida 2,0—2,5 g 
olinadi. 
Tushuncha aniqroq bo’lsin uchun misol keltiramiz, faraz qilaylik, bir gektarda 
o’rtacha 103,2 ming tup o’simlik, bir tup g’o’zada o’rtacha 9,3 ta ko’sak bor, bitta 
ko’sakdan chiqadigan paxta massasi 4 g. Bizga ko’chat soni ma’lum, endi bir tup
g’o’zadagi hosil mikdorini bilish uchun ko’sak sonini, bitta ko’sakdan chiqadigan chigitli 
paxta vazniga (massa) ko’paytiramiz — 9,3 • 4 = 37,2 g. Demak, bir tup g’o’zada 37,2 g 
chigitli paxta bor ekan. Gektaridan chiqadigan hosilni bilish uchun o’simlik soni (103,2 
ming) ni bir tupdagi hosilga (37,2 g) ga ko’paytirsak: 103,2•37,2 = 38,4 ga/ts. 

Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish