Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va mexanizasiya kafedrasi


Dalani mashina terimiga tayyorlash



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/207
Sana26.04.2022
Hajmi18,65 Mb.
#583776
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   207
Bog'liq
2 5404494602826683222

3.Dalani mashina terimiga tayyorlash 
Defoliatsiya qilish boshlanishidan bir necha kun ilgari paxtasi mashinada
teriladigan dalalarning ikki boshida 8...10 m kenglikda traktor buriladigan joy ajratiladi va 
g’o’zalar desikatsiya qilinadi. Burilish maydonchalari umumiy paxta dalasining 8...10% 
ini tashkil qiladi, bu albatta ko’p. Keyingi yillarda ilg’or xo’jaliklar chigit ekishda bir-
biriga ro’para bo’lgan kartalar o’rtasidagi yo’l, marza, ariq, muvaqqat ariqlarni ko’mib, 
tekislab burilish maydonchasi o’rnida foydalanmoqdalar. Kartalarning boshi yoki oxiridan 
o’tgan ariqlarni tekislab yuborish uchun tuproq bo’lmagan taqdirda telejka, hatto 
skreyperlarda tuproq tashib ko’milmoqda va shu yo’l bilan maydonlar kengaytirilmoqda. 
SHunday qilinganda g’o’zalarga mutlaqo zarar yetmaydi. 
Burilish maydonchalaridagi ochilgan paxtalar mashina terimiga 3...4 kun qolganda 
terib olinib g’o’za tuplari ko’saklari bilan qo’lda o’rib olinadi va dala chetiga chiqarib 


yoyib qo’yiladi, ular to’liq ochilgandan so’ng terib olinadi. 
Burilish maydonchalarida qilinadigan ishlarni mexanizatsiyalashtirish maqsadida 
keyingi yillarda chigit ekish vaqtida paykalnnng ikkala tomonida (paykal boshi va oxiri) 
seyalkada ko’ndalangiga 3...4 marta chigit ekish rasm bo’lmoqda. Keyinchalik esa mana 
shu maydon uzunasiga va ko’ndalangiga traktorda ishlanaveradi. G’o’zaga oxirgi suv 
berilgandan keyin, shu maydonda ko’ndalang egatlar olinadi, so’ng defoliatsiyadan bir 
necha kun oldin purkagich changlagichlarda desikatsiya qilinadi va 70...80% ko’saklar 
ochilganda paxtasi mashinada, qolgan ko’rak-ko’saklar ko’rak teradigan mashinada, yerga 
to’kilgan paxtalar esa podborshiklarda yig’ib-terib olinadi va g’o’zapoyalari yulib olinib 
yer greyder yoki bulьdozerlarda tekislanadi. 
4.Hosilni mashinada terish
Paxtachilikda intensiv texnologiyaga asoslangan ilg’or xo’jaliklar tajribasi, g’o’za 
mashinabop qilib o’stirilganda, hosilning erta yetiladigan qilib parvarishlash va boshqa 
agrotexnika qoidalariga to’la rioya qilinganda, yetishtirilgan yalpi hosilning deyarli 
hammasini mashinalarda terib olish mumkin ekanligidan dalolat bermoqda. Masalan, 2020 
yildan Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida paxtani mashinada terish 
hajmini 50 foizga, kelgusi yillarda esa 80 foizga ko’tarish rejalashtirilgan bo’lib 2019 
yilida Sirdaryo viloyatida paxta hosilining 20% mashinalar yordamida terib olingan. 
2020 yil 14 yanvar kuni “Respublika hududlarida paxta hosili terimini 
mexanizatsiyalash darajasini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” 21-sonli Vazirlar 
Mahkamasining qarori qabul qilingan bo’lib uzbu qaror “
paxta hosilini mexanizatsiya 
yordamida yig’ishtirib olishni ta’minlash o’z ichiga paxta dalasining agrofonini 
mexanizatsiyalashgan terimga tayyorlash bilan bog’liq bir nechta murakkab masalalarni, 
jumladan, zamonaviy va yuqori samarali paxta terish mashinalarini ishlab chiqarish, servis 
xizmatlari ko’rsatish va ta’mirlash bazasini rivojlantirish, texnikani ishlatish, mashinada 
terilgan paxta xomashyosini tashish, saqlash va qayta ishlash bo’yicha malakali kadrlarni, 
jumladan, mexanizator va muhandislarni tayyorlash, ishlarni moliyalashtirishning 
zamonaviy mexanizmlari bilan bog’liq kompleks masalalarni
” o’z ichiga oladi. 
Zamonaviy, yuqori samarali paxta terish mashinalarini ishlab chiqarish va terimni 
mashinada tashkil etish hisobiga paxta terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish 
maqsadida quyidagilarni amalga oshirish lozim bo’ladi: 
– birinchi bosqichda (2020 — 2022 yillar) Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va 
Toshkent viloyatlarida; 
– ikkinchi bosqichda (2023 — 2026 yillar) respublikaning qolgan hududlarida paxta 
hosilini yig’ishtirib olishni mexanizatsiyalashni joriy etishni jadallashtirish; 
Paxta hosilini mashinalar yordamida terib olish maqsadida ekishga dalalarni 
tayyorlash, mashina ish organlarini to’g’ri sozlash, terimni tashkil etish qoidalari va 
texnologiyasiga qat’iy amal qilishga bog’liqdir. 
G’o’za navlari kompakt bo’lib o’rtacha hosildorligi 25...30 ts/ga dan kam 
bo’lmasligi lozim. Buning uchun agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida va sifatli
o’tkazilishini ta’minlash, ya’ni o’g’itlashda va sug’orishda tavsiya etilgan me’yorlarga 
qat’iy rioya qilish talab etiladi. 
SHuni esda tutish kerakki, paxta hosilini mashinalar yordamida terish uchun
dalalarni to’g’ri tanlash, yerlarni ag’darib chuqur haydash, mayin strukturali tuproq hosil 
qilish, qisqa muddatlarda yerga urug’ qadash, oxirgi sug’orish va qator oralariga ishlov 
berishni obi-tobida va sifatli o’tkazish, g’o’za tuplarini tabaqalashtirib chilpish orqali 


ularga shakl berish, sifatli defoliatsiya o’tkazish, maydonlarni begona o’tlardan to’liq 
tozalash hosilni mashina yordamida terib olishni ta’minlaydi. 
Oxirgi kulьtivatsiyani yuza o’tkazish, g’o’za tuplari atrofida yirik kesaklar paydo 
bo’lmasligini ta’minlash lozim, shuning uchun kulьtivatsiya tuproq namligi yetilganda 
o’tkazilishi kerak. Terim oldidan har bir g’o’za o’simligida o’rta hisobda 3 tadan ortiq, 
ko’k barg 4 tadan ortiq quruq barg bo’lmasligi kerak. Mashina terimi boshlangan paytda 
ko’saklarning ochilishi 85 foizdan ortiq bo’lishi lozim. 

Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish