Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va mexanizasiya kafedrasi



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/207
Sana26.04.2022
Hajmi18,65 Mb.
#583776
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   207
Bog'liq
2 5404494602826683222

 
Tolaning nuqsonlari va xas
-
cho’plari
yig’indisini aniqlash. 
Paxta tolasiga 
deyarlik 
hamma 
vaqt organik va anorganik jismlar aralashgan bo’ladi: bulardan tashqari 
paxta tolalarida tabiiy paydo bo’lgan (gajaklik, murakkab gajaklik, pishmagan tolasining 
yaltiroq parchasi, pishmagan va maydalangan tukli chigit, o’luk tolali va tukli chigit 
qobig’i, tugunchalar kabi) nuqsonlar ham bo’ladi. Tolada nuqsonlar va begona jismlarning 
bo’lishi uning yigiruv sifatlarini pasaytiradi, undan yasalgan iplarning uzilishini 
ko’paytiradi va nihoyat to’qimaga o’tishi uning sifatini pasaytiradi. Paxtani dastlabki 
ishlash protsessida iflosliklarni toladan deyarlik butunlay ajratish, o’lukning miqdorini 
kamaytirish va har xil texnologik nuqsonlarning paydo bo’lishini ancha kamaytirish 
mumkin. 
Tolaning nuqsonlari quyidagi tashqi ko’rinishi bilan bir-biridan farq qiladi. 
g a j a k l i k
— bunda bir necha o’nlab va yuzlab tolalar har xil shaklda buralib-
tortilib, bir-biridan ajralmaydigan bo’lib qoladi. Gajakliklarning bir qismi yigiruv 
fabrikalarida ishlaganda taralib, ajralib sifatli tolaga qo’shilsa, bir qismi tugulib, chiqindi 
va taralgan lentaning chiqish foizini kamaytiradi; 


m u r a k k a b g a j a k l i k
— bir necha dona gajakliklar birlashib, bir-biridan 
ajralmaydigan bo’lib qoladi, shuning uchun ham yigiruv protsessida taralib yo’q bo’lib 
ketmay, deyarlik hammasi chiqindiga chiqib ketadi; 
p i s h m a g a n t o l a n i n g y a l t i r o q p a r c h a s i
bu pishmagan tolalar 
yig’indisidan iborat bo’lib, yorug’likni yaxshi aks ettiradigan silliq lenta shakliga kirib 
qolgan bo’ladi. Yaltiroq parcha ipning pishiqligini kamaytiradi, to’qimaga o’tib qolsa, 
bo’yoqni qabul qilmay, uni brakka chiqaradi. 
x o m v a m a y d a l a n g a n c h i g i t l a r ( o ’ l u k )
ustida tolasi bo’lib, pishib 
yetilmagan, puch va maydalangan chigit bo’laklaridan iborat. Ular paxtani dastlabki 
ishlash protsessida ajralmay, qisman tolaga o’tib ketadi. Toza tolalar orasida tolali 
o’lukning bo’lishi yigiruv fabrikalarida ishlangan vaqtda yanada maydalanib tolali chigit 
qobig’ini ko’paytiradi; 
t u k v a t o l a l i c h i g i t q o b i g ’ i
— har xil uzunlikdagi tolali va tukidan 
ajralmagan chigit parchasidan iborat. Nuqsonlarni ajratishda uning bu turiga faqat mayda 
(2 mm
2
gacha) qismlarigina kiritiladi. Bundan yirik bo’lsa, maydalangan chigit nuqsoniga 
qo’shiladi. Mayda chigit qobig’ini toladan ajratish qiyin bo’lgani uchun ular ko’pincha 
ipga va to’qimaga o’tib, pardozlash vaqtida uning sirtida bo’yoq qabul qilmay mayda qora 
nuqta shaklida ko’rinib qoladi. 
t u g u n a k l a r
— bir nechta tolalar chigallanib, bir tugunchak tashkil qilgan 
bo’ladi. Agar tugunakdagi tolalarni ajratishga intilinsa, ular uzilib chiqadi. SHuning uchun 
ham tugunchaklarni toza toladan ajratib olish qiyin bo’ladi va paxtani dastlabki ishlash 
protsessida ular ajralmaydi va ip hamda to’qimaga o’tib ketib, ularning sifatini pasaytiradi. 
Tuk va tolali chigit qobig’i hamda tugunchaklar mayda va ularni toza toladan 
ajratish qiyin bo’lganidan ular to’qimachilik sanoati uchun eng zararli nuqson hisoblanadi. 
Paxta tozalash zavodlari laboratoriyalarida tolaning nuqsonlar va ifloslik 
yig’indisini aniqlashda qo’l bilan ajratish va mexanizatsiyalashtirilgan usulda tahlil qilish 
usullari qo’lla-nadi. 
Tolaning nuqsonlari va iflosligini qo’l bilan aniqlaganda 0,1 va II sortlar uchun 50 g 
va III, IV, V, VI sortlar uchun 10 g og’irlikdagi o’rtacha namuna uch marta analiz qilinadi. 
Birinchi tekshirishda yirik iflosliklar, gajakliklar, murakkab gajakliklar, o’luk, 
maydalangan chigitlar va pishmagan tolaning yaltiroq parchasi ajratib olinadi. Ikkinchi 
tekshirishda qolgan toza toladan yuqori sortlar uchun 1/20 qismini va past sortlar uchun 
1/10 qismini ajratib, bu namunadan tolali chigit qobig’i va mayda ifloslik ajratiladi. 
Uchinchi marta tekshirishda ikkinchi tekshirishdan chiqqan toza tolaning yuqori sortlar 
uchun 1/5 qismini va past sortlar uchun 1/2 qismini ajratib, bu namunadan faqat 
tugunchaklar ajratiladi. 
SHundan keyin ajratilgan iflosliklar va nuqsonlar alohida torozida tortilib, 
boshlang’ich namunaning og’irligiga (50 g yoki 10 g) nisbatan protsenti aniqlanadi. 
Mexanizatsiyalashtirilgan usulda tolaning nuqsonlari va iflosliklari yig’indisini 
aniqlash uchun AX-2 paxta analizatori ishlatiladi (5-rasm). 
Bu analizatorda ishlash uchun keltirilgan tola namunasida har birining massasi 100 
g bo’lgan ikkita kichik namuna olib, ularning har biri 8 min davomida analizatordan 
o’tkaziladi. 



Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish