Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va mexanizasiya kafedrasi



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/207
Sana26.04.2022
Hajmi18,65 Mb.
#583776
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   207
Bog'liq
2 5404494602826683222

Paxta tolasining nuqsonlari
— paxta 
tolasining 
yigirilish 
xossalarini 
yomonlashtiruvchi 
nuqsonlar 
(tugunchaklar, 
kombinatsiyalashgan tugunchaklar, pishmagan tolalar plastigi, tolali chigit qobig’i, 
pishmagan chigit (ulyuk), tolali maydalangan chigit) (1-rasm): 


•o’lik paxta
— massasi bo’yicha turlicha rivojlanmagan, turli rangdagi pishmagan 
tolalar bilan qoplangan chigitlar; 
•pishmagan tola plastigi
— o’zaro yopishib qolgan pishmagan tolalar to’plami; 
•tugunchaklar
— qo’lda cho’zganda uzilmasdan ajralmaydigan, turli shakl va 
massadagi zich buralgan va chigallangan tolalar tutamlari; 
•kombinatsiyalashgan tugunchaklar
— bir nechta (ikkitadan kam bo’lmagan) 
chigallangan tugunchaklardan tashkil topgan guruh; 
•tolali chigit qobig’i
— sirtida tolalari qolgan (2 mm2 gacha bo’lgan) chigit qobig’i 
qismlari; 
•tugunchalar (neps)
— massasi 0,05 mg dan kam uchlari turli tomonga ketgan kichik 
tugun shaklidagi chigallashib ketgan tolalar; 
•maydalangan chigit
— qoldiq tolali chigit qobig’ining (2 mm2 dan katta bo’lgan) 
yirik qismlari; 
•toladagi organik aralashmalar
— g’o’zaning qismlari (barg, guldon, gul, ko’sak 
tavaqalari, shoh qismlari, shuningdek mustahkamlikka ega bo’lmagan qurigan, chirigan va 
bo’lingan paxta qismlari) va iflos o’simliklardan tashkil topgan aralashmalar; 
•mineral aralashmalar
— kelib chiqishi tabiiy, organik bo’lmagan aralashmalar 
(tuproq, qum, chang); 
Bunday nuqsonlarning ko‘pchiligi, asosan, paxtani dastlabki ishlashda hosil bo‘ladi, 
shuning uchun paxta tozalash zavodlarining ishini yaxshilash tola yetkazib berishda katta 
ahamiyatga ega. 
Paxta tozalash korxonalarida paxtani qayta ishlashda asosiy mahsulotlardan tashqari 
ko‘p miqdorda tolali chiqindilar ham olinadi. Ular tegishli qayta ishlashdan so’ng xomashyo 
sifatida to’qimachilik, kimyo sanoatida va xo’jalikning blshqa tarmoqlarida foydalaniladi. 
Tola va momiq ajratkichlarning ishi jarayonida ajratib olingan o’liklar, chang tutgich 
va chang kameralaridan olingan momiq, tola tozalagichlar va arrali barabanli 
tozalagichlardan olingan chiqindilar tolali chiqindilarni tashkil qiladi. 
Paxta tozalash korxonalarining tolali chiqindilari uch turga ajratiladi: tolali o‘lik, 
regeneratsiyalangan (qayta ajratilgan) paxta tolasi, paxta momig‘iga bo‘linadi. 
Tola ajratgich, tola tozalagich, birinchi qator momiq ajratgichgacha o‘rnatilgan chigit 
tozalagich, regeneratorlardan chiqqan va iflosliklardan tozalangan tolali chiqindilar tolali 
o‘lik deb ataladi. Uning tarkibi har xil bo‘lib, o‘smay qolgan kasal chigitlar (o‘lik), ularga 
ilashgan tola, erkin tolalar, tolali chiqindilar va har xil xas-cho‘plar bo‘ladi. Tola ajratgich 
qobirg‘alari orasidagi oraliq belgilangan o‘lchamda bo‘lib, o‘lik ayvonchasi kerakli holatda 
rostlanib turilsa, tola ajratgichdan ajratiladigan o‘liklarning miqdori ishlanayotgan 
paxtaning naviga bog‘liq bo‘ladi. I va II nav paxta ishlanganda paxta og‘irligiga nisbatan 
0,2…0,3%, III, IV va V nav paxta ishlanganda 0,5…0,6% va ayrim hollarda 15% o‘lik 
ajratiladi. 
Tola ajratgich qobirg‘alari o‘rtasidagi oraliq belgilangan o‘lchamdan kengroq bo‘lgan 
taqdirda chiqindilarga yirik chigitlar ham aralashishi mumkin. Paxta navi tolalik darajasiga 
iflosligiga, namligiga qarab tolali o‘lik miqdori turlicha bo‘ladi. 
Tola nuqsonlari va iflos aralashmalarini aniqlash uchun namunani tanlash, AX—2 va 
FM—30 paxta tozalash analizatorlarida va qo‘lda ajratib ko‘rish (arbitraj) usullarini qo‘llash 
O‘z DSt 632:2021 standartda keltirilgan. 
Ushbu standart qo‘llanilish sohasi bo‘yicha bajarilishi majburiydir. 
Paxta tolasining nuqsonlari va iflos aralashmalari miqdoriga attestatsiya xatoligi 0,3% 
abs. ko‘p bo‘lmagan, belgilangan tartibda tasdiqlangan standart (etalon) namunalari olinadi. 



Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish