Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va mexanizasiya kafedrasi


Yassi tutamlarni riflen qisqichli dinamometrlarda uzish usuli



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/207
Sana26.04.2022
Hajmi18,65 Mb.
#583776
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   207
Bog'liq
2 5404494602826683222

Yassi tutamlarni riflen qisqichli dinamometrlarda uzish usuli.
Namuna plitasidan
bo’yiga ikkita namuna qismi ajratib olinadi. Birinchi qismi 1-jadvalga muvofiq 
dinamometrda tajriba o’tkazish uchun, ikkinchisi chiziqli zichlikni va 1 mg.dagi tolalar 
sonini aniqlash uchun. 
1-jadval.
Paxta tolasining uzunligi 
Uzilish kuchini aniklash uchun tortim massasi, mg 
35,1 gacha 
50-60 
35,2-45,1 
60-70 
45,2 va yukori 
70-80 
Har bir namuna qismidan ko’lda qisqich va tayanchli, duxoba qoplangan taxtacha 
yordamida bir tomoni tekis bo’lgan taram tayyorlanadi va taroq yordamida taraladi.


Tayyorlangan birinchi taram 10 ta katta bo’lmagan taramchalarga har bir taramchaga barcha 
uzunlikdagi tolalar kirishi va bu taramchalarning uzilish kuchi 1500…2000 gk dan kam 
bo’lmaydigan qilib bo’linadi. Qisqichga taramni o’rnatishdan avval taram yana bir marta 
to’g’irlanadi. Bunda tolani chiqib ketishiga yo’l qo’yilmaydi. Barcha 10 ta taramchalar birin 
ketin yuqori qisqichga o’rnatiladi.
Taramchalarni tekis tomoni bilan yuqori qisqichga joylashtirish o’lchamlari 2–
jadvalga muvofiq bajariladi.
2- jadval
Paxta tolasining uzunligi, mm 
Yuqori qisqichga taramning o’rnatish o’lchami, mm
35,0 

35,2-45,1 
10 
45,2 va yuqor 
13 
Taramchani ikkinchi uchi pastki qisqichga tolalar bir xil tortilib siqiladi. Uzilgan 
taramchalar GOST 10681 bo’yicha standart klimatik sharoitda 1 soat davomida saqlanadi 
va massasi o’lchanadi. Massa qiymati 0,05 mg aniqlikda yoziladi. 
Namunaning solishtirma uzilish kuchini havo o’tkazuvchanlik bo’yicha aniqlash 
LPS-4 qurilmasida bajariladi.
O’lchash natijalarini hisoblash. 
Pressli qisqichli dinamometrda yassi tutamli tolalarni uzish usuli. Paxta tolasining 
solishtirma uzilish kuchi (R) sN/teks, (gs/teks) quyidagi formulada xisoblanadi. 
 
bu yerda: Q
c
- taramchalarning uzilish kuchlarini yig’indisi, sN (gk); m
c
- kesib 
olingan, uzilishda ishtirok etgan taram o’rta qismining massasi yig’indisi, mg;
bir vaqtda uzilmasligi xisobga olish koeffisiyenti:
L - mazkur standartning 5,1 bandiga binoan xar bir dinamometr uchun standart 
namuna bo’yicha aloxida belgilanadigan to’g’irlov koeffisiyenti. Riflyon qisqichli 
dinamometrlarda yassi tutamli tolalar uzish usuli.
Paxta tolasining solishtirma uzilish kuchi (P) sN/teks, (gs/teks) quyidagi formula 
yordamida xisoblanadi.
bu yerda: Q – aloxida taramning uzilish kuchi, sN(gk); M – taramning massasi, kg;
N – 1mg.dagi tolalar soni; T – tolaning chiziqli zichligi, mteks; 0,675 – taramdagi
tolalarning bir vaqtda uzilmasligini xisobga olish koeffisiyenti; L – mazkur standartning 
5,1 bandiga binoan xar bir dinamometr uchun standart namuna bo’yicha aloxida 
belgilanadigan to’g’irlov koeffisiyenti. 
Chiziqli zichlik va 1 mg dagi tolalar soni O’zDSt 620 bo’yicha aniqlanadi.
Har bir taramni uzishda olingan sinov natijalaridan, solishtirma uzilish kuchining 
o’rtacha ariifmetik qiymati hisoblanadi. Agar ba’zi bir taramchalarning solishtirma uzilish 
kuchi, o’rtacha kuchidan ±2 sN (gs/teks) ga farq qilsa, u xolda bu taramchaning sinov 
natijalari hisoblanmaydi va solishtirma uzilish kuchining o’rtacha qiymati qolgan 


taramchalarning natijalari bo’yicha aniqlanadi. Hisoblash to ikkinchi o’nlik belgisigacha 
aniqlik bilan amalga oshiriladi va birinchi o’nlik belgisigacha yaxlitlanadi.
Kelishmovchiliklar kelib chiqqan paytda bitta namuna 2 marotaba sinaladi va ikkita 
sinash natijalari bo’yicha arifmetik qiymat xisoblanadi. Agar solishtirma uzilish kuchi 
qiymatlari o’rtasidagi farq ko’rsatilgan bo’lsa, u xolda uchinchi marotaba sinov o’tkaziladi 
va uchta sinovning o’rtacha arifmetik qiymati xisoblanadi. Namunaning xavo 
o’tkazuvchanligi bo’yicha solishtirma uzilish kuchini aniqlash, belgilangan tartibga 
muvofiq jadvaldan aniqlanadi.

Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish