12 – amaliy mashg’ulot: Tolaning solishtirma uzilish kuchini aniqlash usullari
Darsning maqsadi:
talabalarga tolaning solishtirma uzilish kuchini dinamometrda
yassi tutamli tolalarni uzish bilan va namunaning havo o’tkazuvchanligi bo’yicha
solishtirma uzilish kuchini aniqlash usulini o’rgatish.
Jixozlar:
1. Har xil turdagi qisqichlar to’plami. 2. Pressli dinamometr. 3. Stelometr.
4. HVI. 5. O’zDSt 619:2014 “Paxta tolasi. solishtirma uzulish kuchini aniqlash usullari”.
Asosiy ma’lumotlar.
Paxta tolasining uzilish kuchi – tola xususiyatining asosiy
tavsiflaridan
biri hisoblanib, uning tipini aniqlashda ishlatiladi. Tolaning uzilish kuchi
kattaligiga qarab sertifikatlanayotgan to’daning navi va narxi o’zgartirilishi mumkin. Uning
kattaligi paxta tolasining pishib yetilganlik koeffitsientiga bog’liqdir (pishib yetilganlik
qanchalik yuqori bo’lsa, solishtirma uzilish kuchi shunchalik yuqori bo’ladi).
Tolaning uzilish kuchiga bunchalik katta ahamiyat
berilishi shundan iboratki, bu
ko’rsatkich to’qimachilik mahsulotlarining ishlatilishi jarayonida har xil deformatsiyalarga
(buralish, cho’zilish, egilish va boshqalar) bardosh berishini belgilovchi pishiqligini
aniqlaydi. SHuning uchun to’qimachilik xom ashyosi bo’lmish paxta tolasi ma’lum
mexanik pishiqlikka ega bo’lishi kerak.
Pishiqlik – tolaning o’qi bo’yicha yo’nalgan kuchlarga qarshilik ko’rsata
olish
qobiliyati bilan belgilanib, uning uzilish kuchi kattaligi bilan xarakterlanadi.
Uzilish kuchi alohida tolalarni yoki tolalar tutamchasini uzish yo’li bilan aniqlanadi.
Tola pishiqligining tavsifini uning yo’g’onligini hisobga olgan holda nisbiy
(solishtirma) uzilish kuchidan foydalaniladi. CHo’zilishdagi tola pishiqligi uzilish kuchi
(cH/teks) bilan ifodalanadi.
Pishiqlik mexanik xususiyat bo’lib, tashqi ta’sir qiluvchi
kuchlarga materialning
munosabatini tavsiflaydi. Ular, qayta ishlash va ekspluatatsiya qilish jarayonida, tolalar
o’zini qanday tutishini ko’rsatadi.
Halqaro tajribada tolalarning pishiqligini tavsiflash uchun ko’pincha
solishtirma
uzilish kuchi belgilovchi ko’rsatkich ishlatiladi.
Absolyut kuchi – tola uzilishigacha bardosh bera olgan eng katta kuch bo’lib
shtapeldagi (tola shtapelchalarini uzganda) tolaning bir tekis uzilmaganligini hisobga
oluvchi koeffitsientni qo’llab hisoblanadi.
Solishtirma (nisbiy) uzilish kuchi P-bu, chiziqli zichligi (yo’g’onligi) 1 teksga teng
bo’lgandagi uning ega bo’lishi mumkin bo’lgan uzilish kuchi. Bu ko’rsatkich quyidagi
formula bilan hisoblanadi:
P =
P
p
T
bu yerda: P
P
– o’rtacha absolyut uzilish kuchi, cH (gc), T-chiziqli zichlikning o’rta
qiymati, teks, T=m/L (teks=gramm/km) (Mteks=kg/km, ya’ni
tolaning chiziqli zichligi
1000 teksdan ortiq).
Ma’lumki, tola qanchalik ingichka bo’lsa, unda yigirilgan ip shunchalik pishiq va
tekis bo’lib, shunchalik katta uzilish kuchiga bardosh bera oladi, jumladan ingichka toladan
yigirilgan ip o’rta tolali paxtadan pishiqroq bo’ladi. Buning sababi shundaki, bunday ipning
ko’ndalang kesimida cho’zuvchi kuchni qabul qiluvchi ko’proq tolalar soni to’g’ri keladi.
Paxta tolasining solishtirma uzulish kuchini aniqlashning quyidagi usullari mavjud:
- dinamometrda yassi tutamli tolalarni uzish bilan solishtirma uzilish kuchini aniqlash
usuli.
- namunaning havo o’tkazuvchanligi bo’yicha solishtirma
uzilish kuchini aniqlash
usuli.
Paxta tolasini yetkazib berish va qabul qilishda solishtirma uzilish kuchini aniqlash,
o’z-o’zidan kuygan paxta tolasidan tashqari, namunaning xavo o’tkazuvchanligi bo’yicha
aniqlash usuli xisoblanadi.
Dinamometrda yassi tutamlarni uzish bilan solishtirma uzilish kuchini aniqlash usuli
graduirovka ishlari, standart namunalarni attestasiyalash va zarur bo’lgan arbitraj sinashlar
o’tkazishda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: