Tajriba o’tkazish uslubi 2022
(Toshkent viloyati Qibray tumanida olib borildi)
Tajriba Toshkent viloyati, Qibray tumani, PSUEAITU ning tajriba maydonlarida o’tkaziladi.Tajriba dalasi tipik bo’z tuproqdan iborat bo’lib, yer osti suvlari18-20 metr chuqurlikda joylashgan. Tadqiqotlar 2021-2023 yillarda olib boriladi. Tajriba variantlarida g’o’zaning o’rta tolali “Navro’z” navi ekiladi. Tajriba vazifasidan kelib chiqgan holda har yili bir dalada o’tkaziladi. Birinchi tajriba 10 variant 3 qaytariqda joylashtirilib PSUEAITU ning tajriba maydonlarida o’tkaziladi.
TАJRIBА QOʼYILGАN JOY VА ISH USLUBLАRI
Tuproq-iqlim sharoitlari va tadqiqotlarni tashkillashtirish
Oʼzbekiston hududi Markaziy Osiyoda joylashgan va u tekislik hamda togʼli relyefning oʼziga xos birikmasini ifodalaydi. Oʼzbekiston janubiy-sharqdan shimoliy-gʼarbga tomon umumiy qiyalikka ega. Janubiy-sharqda absolyut qaydlar eng yuqori boʼlib, dengiz sathiga nisbatan balandlik 1000-1500 dan 3500-4500 m gacha, shimoliy-gʼarbda esa 54 dan 300 m gachani tashkil etadi. Oʼzbekiston hududiga Karjantau, Chotqol, Turkiston, Zarafshon, Xisor, Boysun, shuningdek Bobotogʼ, Kuchitan va boshqa togʼ tizmalarining tarmoqlari kiradi. Ular togʼlararo unumdor pasttekisliklarni hosil qiladi va sovuq havo massasining kirib kelishiga toʼsqinlik qiladi. Respublika hududi aylanma-iqlim sharoitlari boʼyicha subtropik iqlim mintaqasida joylashgan, u havo massasining mavsumiy almashinishi bilan ajralib turadi.Qishki davrda – moʼtadil, yozgi davrda – tropik (Аtlas, 1982), (Murzaev, 1957).
Oʼzbekiston hududi shunday mintaqaga kiradiki, uning oʼziga xos xususiyatlari quyidagilardan iboratdir: issiqlik miqdorining yuqoriligi, iqlimning keskin kontinentalligi, yillik umumiy yogʼin miqdorining kamligi. Togʼoldi va tekisliklarda qish yetarlicha sovuq, ammo mavsumga nisbatan juda ham beqaror. Harorat doimiy emas, qor qoplami uzoq turmaydi. Bahori seryomgʼir, harorat nisbati beqaror, mavsum davomiyligi qisqa. Yozi uzoq, jazirama, barqaror, quruq, yomgʼir kam yogʼadi; havoning nisbiy namligi bahor va qishdagiga nisbatan keskin past. Oʼzbekistonning tuproq-iqlim sharoitlari ham tekislik, ham balandlik mintaqaviyligida (dengiz sathiga nisbatan) oʼzaro farqlanadi, bu esa hayvonot olamining har xil turlari uchun turlicha yashash sharoitlarining yuzaga kelishiga sabab boʼladi. Yashash mintaqasiga bogʼliq ravishda Oʼzbekiston shartli 3 ta geografik mintaqaga ajratilgan boʼlib, nisbatan qisqa, oʼrta va uzoq vegetatsiyali muayyan navlar va guruhlar yetishtiriladi. Turli sharoitlarda boʼgʼim oyoqli hayvonlar turli miqdorda avlod beradi va ular turlicha zararlilik hamda pestitsidlarga nisbatan chidamlilikka yoki sezgirlikka egadir.
Tadqiqot natijalari 2019 yilda respublikaning turli tuproq-iqlim sharoitlarida Toshkent, Аndijon va Xorazm viloyati hududlarida olib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |