3. adabiyot Paxtachilik ma’lumotnomasi Sh. Teshayev, B. Sulaymonov Toshkent-2016 303-305
4.Ingichka tolali g’oza yetishtirishda begona o’tlarga qarshi kurash. Respublikamizning turli tuproq- iqlim mintaqalarida g’o’zadan yuqori va sifatli hosil yetishtirishga kuchli to’sqinlik qiladigan omillardan biri, bu g’oza maydonlarida tarqalgan begona o’tlar hisoblanadi.Barcha turdagi begona o’tlarga xos bo’lgan eng muhim xususiyatlardan biri,ularning tashqi muhit omillariga kam talabchanligi bo’lib, doimiy ravishda madaniy o’simliklar bilan raqobatda yashab, sezilarli ko’rsatgichlarda tola xosili va sifatini kamaytirib yuboradi.Ayni damda qishloq xo’jalik sohasi taraqqiyoti zamonaviy ilg’or texnologiyalarni ishlb chiqish, ekinlardan yuqori va sifatli hosil olish, yer,suv manbalaridan tejamkorlik bilan foydalanish hamda kam xarajat qilib ko’p daromad olish, qo’l mexnatini kamaytirishni talab etmoqda. O’zbekiston sharoitida begona o’tlarning hosilorligi 10-20 % ga kamaytiriladi.
Ma’lumki, begona o’tlarni samarali yo’qotish uchun ta’sir doirasi har-xil bo’lgan gerbitsidlarni ketma-ket qo’llash ,birgalikda qo’llash, aralashtirish yoki navbatlab qo’llash kerak bo’ladi.Chunki, bir yillik begona o’tlarni yaxshi yo’qotadigan preparatlar ko’p yilliklarga kuchsiz ta’sir etadi, ko’p yilliklarni samarali yo’qotadigan gerbitsidlar aksincha, bir yilliklarga kuchsiz ta’sir etadi. Shundan kelib chiqqan holda biz ta’sir xar-hil bo’lgan gerbitsidlarni oldinma-ketin qo’llashning samaradorligi bo’yicha ingichka tolali g’o’za dalalarida tajribalar olib bordik. Surxandaryo viloyatining sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlar sharoitida, ingichka tolali g’oza (yangi SP-607 navi ) dalalardagi began o’tlarga qarshi kurashda yerga ishlov berish usullari va muddatlarida ta’sir doirasida har xil bo’lgan gerbitsidlarni navbatlab qo’llash xisobiga g’o’zadan yuqori hamda sifatli hosil yig’ishtirish agrotexnologiyasi elementlarni ishlab chiqishdan iborat.Dala tajribalari 2017-2019 yillarda Surxondaryo viloyati Jarqo’rg’on tumanida ” Kiyik paykal” fermer xo’jaligining tipik bo’z tuproqlari sharoitida olib boriladi.Tajribani qo’yish, kuzatishlar,, xisob va taxlillarni qilishda B.A Dospexovning” Методика поливого опыта (1979) va O’ZPITIda ishlab chiqilgan “ Dala tajribalalri uslubiyati” (2007),” Методика провединия полеых и вегетационных опытов в хлопководстве”(1981) nomli kitoblaridan foydalanildi.Tajriba dalasida bir yillik begona o’tlardan kurmak, olabuta, yovvoyi gultojixo’roz,ituzum, va semizo’t, qo’y tikan kabilar, ko’p yilliklardan g’omay,ajriq, qo’ypechak,zubturum, kabilar uchraydi. Begona o’tlar soni birinchi va ikkinchi sug’orishdan kiyin hisobga olindi.Gerbitsidlarning begona o’tlarga ta’siri xisobga olinganda (2017-2019), nazorat variantiga nisabatan yer kuzda ikki yarusli plugda 28-30 sm chuqurlikda shudgorlash va Pushti olib ekilgan yerda Stopm plyuks gerbitsidi bir yillik begona o’tlarni birinchi xisobda 82,8% ga, ikkinchi xisobda 83,3 % ga, uchunchi xisobda 83,2 % kamaytirgan. Bu gerbitsid kurmak, olabuta, semizo’t, yovvoyi gultojixo’roz va ituzum kabi bir yillik begona o’tlarga deyarli bir biriga yaqin darajada ta’sir ko’rsatgan. Agsokar gerbitsidi aloxida 3,0, 4,0, 5,0 qo’llanilganda bir yillik begona o’tlarni birinchi xisobda mos ravishda 85,1 87,1 va 87,7 %, ikkinchi xisobda mos ravishda 84,4 86,9 va 87,8 %, uchunchi xisobda 84,3, 86,8 va 87,6 %, kamaytirgan
Yer kuzda ikki yarsusli plugda 28-30 sm chuqurlikda shudgorlanib, pushta olib ekilgan ingichka tolali g’o’za maydonlarida Stomp plus gerbitsidi (4,0l/ga) qo’llanilganda ko’p yillik begona o’tlar soni birinchi xisobda nazorat variantiga nisbatan29,9 ga, ikkinchi xisobda 29,9 % uchunchi xisobda 30,4 % ni tashkil qilgan. Ankosar gerbitsidi 3,0 l/ ga meyorda qo’llanilganda ko’p yillik begona o’tlarni birinchi xisobda 90,6 ga, ikkinchi xisobda 90,2 % ga, uchunchi xisobda 89,0% ga kamaytirgan.
Stomp plus gerbitsidi ko’p yillik begona o’tlarga yaxshi ta’sir (25,6-28,8) ko’rsatmadi. Chunki bu gerbitsid asosan begona o’tlarning urug’ining unuvchanligiga ta’sir ko’rsatadi.
Ankosar gerbitsidini ko’p yillik begona o’tlarning faol usuv davrida ( beona o’tlarni bo’yi 6-12 sm bo’lganda) qo’llaniladi. Bu gerbitsid ayrim : qo’ypechak kabi ko’p yillik ikki pallali begona o’tlarga ta’siri o’rtacha bo’lganligi kuzatildi. Lekin ko’p yillik boshoqli va ayrim ikki pallali begona o’tlarga ta’siri o’rtacha bo’lganligi kuzatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |