Toshkent davlat agrar universiteti «kelishildi»



Download 58,1 Kb.
bet6/17
Sana04.04.2022
Hajmi58,1 Kb.
#528046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
3 oylik hisobot 2022

Tadqiqot uslublari Begona o’tlar va kasalliklarni kelgusi yili koʼp yoki oz boʼlishi asosan 3 ta omilga bogʼliq. Birinchidan oldingi yilning kuzida qishlovga tayyorgarlik koʼrgan zahira miqdoriga (zichligiga), ikkinchidan oʼtgan qishda kuzatilgan havo haroratiga (maʼlumki buni oldindan aniq bashoratlab boʼlmaydi) va uchunchidan qishlab qolgan zararkunandalarni entomofaglar bilan zararlanganligi darajasiga, agarda kuzda oʼtkaziladigan nazorat natijalari inson omili bilan bogʼliq boʼlsa, keyingi ikkitasi tabiat bilan bogʼliq boʼlib uni faqat keyingi yilning boshlarida aniqlasa boʼladi.
Shunday qilib murakkab hisob-kitoblarga hamda aniq boʼlgan metereologik maʼlumotlarga ehtiyoj qolmay, prognozni tumanlardagi qishloq xoʼjalik statistik koʼrsatgichlari hamda nazorat qilingan ayrim paykallardagi begona o’tlarga qarab kuzda uzoq muddatli bashorat tuziladi. Kelgusi yilning mart oyi boshida qishda mavjud boʼlgan eng past havo harorati va uning davomiyligini, hamda qishlab chiqqan begona o’tlarni inobatga olib olib yangi, takomillashtirilgan qisqa muddatli (shu yilga) prognoz tuziladi va amaliyotga taqdim etiladi.
Tadqiqotlar asosan PSUEAITU ning begona o’tlarni prognoz qilish laboratoriyasida oʼtkaziladi.
Tadqiqot o‘tkazish joyi va sharoiti. Tadqiqotlarimizni Toshkent viloyatida olib borish rejalashtirilgan. Toshkent viloyati Oʼzbekistonning 40-42° shimoliy kenglik va 69-71° sharqiy uzunlikda boʼlgan markaziy qismini egallaydi. Sharqda u Chotqol tizmasining gʼarbiy tarmoqlari, janubda Turkiston tizmasining shimoliy kengliklari va gʼarbda Sirdaryo viloyati bilan chegaradoshdir.
Vertikal mintaqaviylik Toshkent viloyati relyefining oʼziga xos xususiyatlaridan biridir. Sirdaryo viloyatining chegaralaridan boshlab dengiz sathidan 250-300 m balandlikda viloyat hududi 500-600 m gacha koʼtarilib boradi va tobora togʼ shleyfiga oʼtib ketadi. Viloyatning vertikal mintaqaviyligiga iqlimning qator xususiyatlari, tuproqlarning tarqalishi va boshqa tabiiy sharoitlar bevosita bogʼlangandir. Viloyat iqlimi issiq, oʼsuv davri uzoq davom etadi. Qishki va erta bahorgi oylarda yogʼingarchiliklarning maksimal miqdori tushadi. Oʼziga xos xususiyatlaridan biri qishda ob-havoning beqarorligi, barqaror harorat boʼlmasligi va yozda havoning juda quruq boʼlishi hisoblanadi.
Issiqlikning yuqoriligi va oʼsuv davrining davomiyligi issiqsevar, koʼp yillik va bir yillik oʼsimliklarning oʼsishi uchun qulay sharoit yaratadi. Toshkentda yillik oʼrtacha harorat +13,6 °S, iyul oyida oʼrtacha harorat +27°S va yanvarda –1°S ni tashkil etadi. Oʼsuv davri mart oyining oxiridan boshlanib, oktyabr oyining oxirigacha davom etadi. Odatda bu 198-216 kunni tashkil qiladi. Oʼsuv davrida foydali haroratlar yigʼindisi 2000 °S dan pasaymaydi. Yogʼingarchilikning eng koʼp miqdori Toshkent viloyatining sharqiy qismiga (397-359 mm), eng kami janubiy-gʼarbga yogʼadi [245; 17-150-b.]. Viloyatning asosiy suv magistrallarini Chirchiq daryosi (uzunligi 328 km) hamda Аngren daryosi va Dalvarzin kanali (Sirdaryo daryosidan suv oladi) tashkil etadi.
Toshkent viloyatining tuproqlari mexanik tarkibi va unumdorligi bo‘yicha har xildir. Bunga tog‘oldi, tog‘ va tekisliklarning relefli hosilalari asosiy sababdir. Binobarin, Tyan-Shanning janubiy-g‘arbiy tarmoqlaridan Sirdaryo daryosi yo‘nalishida boshlanuvchi Chirchiq va Keles daryolari suv ayirg‘ichi bo‘ylab balandlik kamaygan sari Chirchiqning sariq tuproq trassasi cho‘ziladi va u nisbatan torayib boradi. Viloyat tuproq qoplami asosini sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar tashkil etadi. Mexanik tarkibi bo‘yicha viloyat tuproqlari og‘ir qumoq tuproqlar toifasiga mansubdir, oʼrtacha qumoq tuproqlar esa Toshkentning janubiy-g‘arbida, Yangi yo‘l tumani hududlarida keng tarqalgan.
Mexanik tarkibiga ko‘ra tuproqning yuqorigi gorizontlari va qum-tuproq qatlamigacha bo‘lgan yer asosan ogʼir qumoq tuproqlar bilan ifodalanadi. Hudud yerida allyuvial yotqiziqlarga xos boʼlgan qatlamlilik yaqqol ifodalangan. Chirchiq va Аngrenning allyuviallari tarkibida qum miqdori ko‘pligi bilan sariq tuproqlardan farq qiladi. Chirchiq-Аngren hududining bo‘z-o‘tloqi, o‘tloqi va o‘tloqi-botqoq tuproqlari yuqori unumdor yerlar toifasiga mansubdir. Tumandagi tabiiy tuproqlar asosan to‘q tusli tipik bo‘ztuproqlar bilan ifodalanadi. Mazkur hudud kesimidagi katta maydonlarni Chirchiq va Аngren terrasalarida sug‘oriladigan tipik bo‘ztuproqlar bilan ifodalangan sug‘oriladigan tuproqlar egallaydi. Tipik bo‘z tuproqlar – Chotqol va Kurama tizmalari tog‘oldi qiyaliklarining ancha quyi pog‘o-nalarida rivojlanadi. Chotqololdi tumanda mazkur tuproq mintaqasining chegara balandligi yuqorigi qismda dengiz sathiga nisbatan 800-850 m, pastki qismda esa – 300 m gacha boradi.
Mexanik tarkibiga ko‘ra tipik bo‘ztuproqlar yuqori changli va qum miqdori kam bo‘lgan sariq tuproqlarga xos o‘rtacha qumoq tuproqlar toifasiga mansubdir.Shu bois qadimdan sug‘oriladigan tipik bo‘ztuproqlar maydoni bu yerda ko‘p emas, ammo yangi sug‘orilayotgan tipik bo‘z tuproqlar keng tarqalgan.

Download 58,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish