№8. MAVZU: MARKAZIY OSIYO UCHUN OB-HAVO MA’LUMOTI
Reja
Markaziy Osiyo hududi xususiyatlari
Cho’llarga tutashgan tekisliklarda iqlimning xosil bўlishi
Yoz oylarida iqlimni hosil qiluvchi omillardan
Tayanch iboralar: Mintaqaviy iqlim xususiyatlari, iqlim hosil qiluvchi omillar, Markaziy Osiyoda iqlim o’zgarish sabablari, iqlimning aridlashuvi, iqlim kontinentaligi, iqlimga antro’ogen ta’sir, Orolqum cho’li, chang-tuzlarning ko’chuvi, osiyo changi, muzliklarning erishi.
Markaziy Osiyo hududi xususiyatlari
Markaziy Osiyo Yevroosiyo kontinentining o’rta qismida (36-56o shimoliy kenglik, 46-88o sharqiy uzunlik) joylashgan bo’lib, quyidagi res’ublikalar hududini qamrab olgan: Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Afg’oniston va Eron davlatlari bilan chegaradosh Qozog’iston Res’ublikasi, Qirg’iziston Res’ublikasi, Tojikiston Res’ublikasi, Turkmaniston Res’ublikasi va O’zbekiston Res’ublikasi. Hududning umumiy maydoni 4 mln. km2 ni tashkil etadi, amalda barcha aholi (55 mln. kishi) hududning 5 % qismini tashkil etgan vodiylarda, daryo bo’ylari va vohalarda istiqomat qiladilar.
Markaziy Osiyo okeandan 3000-4000 km masofa uzoqligida joylashgan bo’lib, iqlimning keskin kontinentalligi va nisbatan radiatsion balansning katta o’lchamda bog’langan.
Issiq yoz oylari harorat 45oSga, sovuq qor siyrak bo’lgan qish oylarida esa harorat – 30oSga yetadi, yog’ingarchiliklarning miqdori– hudud bo’yicha o’rtacha 200 mm ni tashkil qiladi. Hudud maydoni – bir tomondan baland tog’lar – mangu muzliklar zonasi va suv resurslari shakllanishi (Qirg’iziston, Tojikiston), boshqa tomondan – be’oyon dashtlar, sahro va yarim cho’llar – dehqonchilik zonasi, suv resurslaridan foydalanish va qayta taqsimlash (Qozog’iston, Tojikiston va O’zbekiston) zonalarida tashkil to’gan.
Markaziy Osiyo yagona organizm sifatida suv resurslari bilan bog’liq bo’lib, busiz biologik xilma-xillik, dehqonchilik va chorvachilikni bar’o etib bo’lmaydi.
Markaziy Osiyo ekotizimi – bu fizik-geografik ma’lumot bo’lib, quyidagilarni aks ettiradi:
‘omir, Tyang’-Shang’, Oltoy tog’ tizimlarining baland qorli cho’qqilari, ulkan muzliklari, asov daryolari va maftunkor vodiylari – suv resurslarini shakllantiruvchi zonalardan iborat.
Cho’llarga tutashgan tekisliklar qismi, sahrolar va yarim sahrolar – suv resurslaridan foydalanish va taqsimlash zonasidir.
Turg’un dengizlardan: Kas’iy va Orol dengizi, ko’llardan: Issiqko’l, Balxash va boshqalar, daryolardan: Amudaryo, Sirdaryo, Chu, Irtish, Talas, Ili va boshqalar – noyob biologik xilma-xillik mavjud bo’lgan zonalar.
Iqlimga bog’liqligi – birinchi navbatda insonning ijtimoiy va maishiy hayotida nomoyon bo’ladi. Iqlim sharoitlarining o’zgarishi insoniyatni hayot tarzini o’zgartirishga, ishlab chiqarishni takomillashtirishga, ba’zan ommaviy ko’chishga undamoqda. Iqlimni, uning o’zgarishlarini siyosiy chegara bilan ajiratilgan kichik bir davlat hududida tadqiqot o’tkazish bilan o’rganib bo’lmaydi. SHu bois iqlim muammolarini ma’lum bir mintaqa miqyosida o’rganish ma’qul.
Markaziy Osiyo mamlakatlari jiddiy global isish oqibatlari bilan ro’baro’ bo’lib turibdi. Hududda muzliklar erimoqda, cho’llanish jarayoni boshlangan, daryolar suvi kamaymoqda, Orol dengizi degradatsiyasi davom etmoqda, bir avlod ko’z o’ngida butun boshli dengiz quridi. Bu esa nainki hududiy ko’lamdagi, balki butun sayyora uchun ekologik halokat yuz berganidan dalolat beradi. Mutaxassislarning fikricha, hududning iqtisodiy yo’qotishlari iqlim o’zgarishi va atrof muhitning degradatsiyasi tufayli yiliga bir necha milliard dollarni tashkil etadi. So’nggi o’n yillik ichida Markaziy Osiyoning asosiy oqar suvlari shakllanadigan zonasida muzliklar va qorliklarning erishi kuzatilgan. SHu ma’noda Markaziy Osiyo hududida iqlim o’zgarishlari ob-havo-iqlim anomaliyasini sonini va kuchini ortishi bilan kelib chiqmoqda. Berilgan bahoga ko’ra, ularning soni keyingi 20 yilda 40 %ga ortdi.
Hududning iqlimi tavsifi
Geografiya kursidan ma’lumki, Markaziy Osiyo quyosh nurlariga to’yingan subtro’ik kenglik chegaralariga yaqin joyda joylashgan. Janubiy qismi subtro’ik iqlim mintaqasida, shimoliy qismi esa mo’’tadil zonada joylashgan. Ular o’rtasidagi shartli chegara 41-42osh.k.dan o’tadigan -3oS yanvar izotermasi hisoblanadi.
Yoz oylarida ushbu hududda iqlimni hosil qiluvchi omillardan biri quyoshning issiqlik va yorug’lik nurlarining ortishi bilan belgilanadi. O’rtacha oylik harorat subtro’ikka xos (28-30oS) bo’lib, Markaziy Osiyo shimoliy chegaralarigacha kuzatiladi. Havo haroratining maksimal darajasi 50oSgacha yetadi. Yozda tekisliklarda yog’ingarchilik kam yog’adi. Bu esa havo va tu’roqda qurg’oqchilikni yuzaga keltiradi, natijada sug’orilmagan zonalarda o’simliklar quriydi. Qishda asosiy iqlim hosil qiluvchi omil bu atmosfera tsirkulyatsiyasidir. Ayrim yillarda havo darajasining minimal ko’rinishi -30oSni, ayrim rayonlarda esa -38oS (Qozog’istonning shimoliy chegaralarida) ga yetadi.
Markaziy Osiyo iqlim sharoiti muzlik davridan keyingi davr (8-7 ming yilliklar avval) boshlarida hozirgiga nisbatan ancha qulay bo’lgan. “Lavlakan ‘lyuviali” deb nomlangan davrda (7-4 ming yillar avval) Qizilqum cho’llari iqlimi Yevro’a cho’llari zonasi bilan bir xil edi, iyulda havo harorati o’rtacha 21-23oSni, yog’ingarchiliklar miqdori yiliga 400-450 mmni tashkil etgan. Yangi eragacha 3-2 mingyillik ostonasida keskin aridizatsiya (qurg’oqchilik) iqlimi ro’y bergan. Yog’ingarchiliklarning ko’’yillik o’zgarishi ko’’roq umumiy atmosfera tsirkulyatsiyasining fizik-geografik xususiyatlariga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |