Mavzuning respublikada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʼnalishlariga mosligi. Mazkur dissertatsiya tadqiqoti respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining «Qishloq xoʼjaligi, agronomiya, o’simlikshunoslik» ustivor yoʼnalishiga asosan bajariladi.
Ishning davlat dasturlari yoki ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bogʼliqligi.Tadqiqot mavzusi Toshkent davlat agrar universiteti “O’simlikshunoslik va moyli ekinlar” kafedrasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga kiritilgan ITD-9 “Qishloq xoʼjaligi mahsuloti yetishtirishning yuqori samarador, ekologik sof texnologiyalarni yaratish, qishloq xoʼjaligi ekinlarini kasallik zararkunanda va begona o’tlardan himoya qilish usullarnining samaradorligini oshirish” mavzusining maqsadlaridan kelib chiqib bajariladi.
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda mamlakatimizda g’o’zaning begona o’tlardan himoya qilish choralari ishlab chiqilmoqda. O’simliklarni begona o’tlar va kasalliklardan himoya qilishda dunyo miqyosida g’oza va unga tasir etadigan begona o’tlar rivojlanish fazalarini prognozlash tizimini qo’llab, g’o’zaning o’sib va rivojlanishiga ta’sir etadigan begona o’tlar va uning asosiy kasalliklari — g’ozaning rivojlanishi va tarqalishining avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini ishlab chiqishda zarur bo’ladigan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashning konseptual asoslarini ishlab chiqish dolzarb masala bo’lib hisoblanadi.
Mazkur masala yechimlarini topishda «Qishloq xo’jaligi o’simliklarini begona o’tlardan himoya qilish to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012-yil 21-mart «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi PQ-1730 Qarori va 2015-yil 29-dekabrdagi «2016-2020 yillarda qishloq xo’jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi PQ-2460-son Qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo’jaligini yanada isloh qilish bo’yicha kompleks dasturi» va boshqa me’yoriy hujjatlarga tayanilishi zarur.
2020 yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev parlamentga 2021 yil uchun Murojatnomasining eng muhim qismini qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, yerlarning unumdorligini oshirish, zamonaviy qishloq xo’jaligi texnologiyalarini joriy etish qishloq xo’jaligiga investitsiyalarni ko’paytirish masalalariga bag’ishlandi. Shuni takidlash kerakki, birinchi marta qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish, raqamlashtrish, yerlarning unumdorligini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishga ilk bor 600 million dollardan ziyod kredit va grant mablag’lari jalb qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |