INNOVATSIYA VA IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA MOLIYAVIY XAVFSIZLIKNI TAʼMINLASH MASALALARI;
Ergasehev Qutlug`bek Zulunbek o‘g‘li
Andijon Mashinasozlik Istituti, Iqtisodiyot fakulteti
talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada innovatsiya va iqtisodiyotni raqamlashtrish sharoitida moliyaviy xavfsizlikni taminlash chora tadbirlarini takomillashtirish haqida so‘z yuritilgan. Bundan
tashqari bugungi kunda innovatsiya va iqtisodiyotni raqamlashtirishda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan tahdid va moliyaviy xavfsizlikka xavf soluvchi omillar va ularni bartaraf etish bilan moliyaviy xavfsizlikni ta`minlashning muqobil yo`llari,shuningdek jahondagi raqamlashtirilgan innovatsiya va iqtisodiyot sharoitida xavfsizlik masalalari haqida so`z yuritiladi
Bilamizki,har qaysi sohada bo`lmasin hoh u oziq-ovqat sanoatida bo`lsin,hoh ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatish tarmog`ida bo`lsin,avvalambor asosiy omillardan biriga doimo xavfsizlik kiritilgan va u har qanday soha faoliyatida muhim o`rin tutgan,Umuman olganda,Davlatning innovatsion va iqtisoiy faoliyatiga va uning xavfsizligiga tahdid soluvchi faktorlar borasida so`z ketganda uning har qanday ko`rinishi yoki boshqacha qilib aytganda uning har qaysi darajadagi shakli,vujudga kelishining ehtimolligi davlatning ham innovatsiyalarni joriy qilishga oid chora tadbirlariga,shuningdek,iqtisodiy va ijtimoiy holat rivojini orqaga tortuvchi salbiy omilni va kutilmagan turdagi yangi muammolarni yoki davlat moliyaviy resurslarini ehtimoldan tashqari kutilmagan sarflarga sarflanishiga,rejadagi davlat ahamiyatiga molik ishlarni kech bajarilishiga va hattoki umuman bajarilmasligiga olib keladi.Shuning uchun bugungi kunda,ya`ni,ham innovatsion ham iqtisodiy jihatdan jadal suratlarda raqamlashtirish jarayoni rivojlanishib borayotgan davrda,ya`ni innovatsiya va iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonida moliyaviy xavfsizlik masalasini ushbu sohalarda vujudga kelishi mumkin bo`lgan muammo va kamchiliklarni oldini olish va masalalarning eng optimal va munosib yechimlarini topish va amaliyotda qo`llash bugungi rivojlanayotgan davlatlar,shu jumladan O`zbekistonning ham yuksak maqsadlaridan biriga aylangan desak mubolag`a bo`lmaydi
Umaman olganda,bugungi kunda sohalarni raqamlashtirish o`sha sohadagi amalga oshirilayotgan ishlarning yanada tez suratlarda bajarilishini,ortiqcha harakatlarsiz biror bir operatsiyani yoki amaliy ishlarni aniq va eng muhimi qisqa vaqt ichida bajarish imkonini bermoqda. So'ngi vaqtlarda "raqamli iqtisodiyot" tushunchasi juda ko'p marta qo'llanilmoqda. Darhaqiqat, ko'plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiy ularning rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta'sir o'tkazgan. Jamiyat hayotida raqamli iqtisodiyot muhim rol o'ynaydi.
Bundan bir necha yil oldin “innovatsiya” so'zi ko'pchilik uchun notanish tushuncha edi. Xorijdan kirib kelib, qulog'imizga tez-tez chalina boshlagan bu atamani ahyon-ahyonda qo'llay boshladik. Ammo ko'p o'tmay — Yangi O'zbekiston islohotlari avvalida rivojlana boshlagan zamonaviy texologiyalar va bilimlar sabab bugun “innovatsiya” til lug'atimizdagi asosiy so'zlardan biriga aylandi.
Hozirgi dunyoda innovatsion taraqqiyot modellarini joriy etish, ilg'or g'oyalar, “nou-xau” va “aqlli” texnologiyalarni eksport qilish hisobidan tez sur'atlar bilan rivojlanayotgan davlatlar soni tobora ortib boryapti. Tan olishimiz kerak, ma'lum muddat mamlakatimizda bu yo'nalishda amalga oshirilgan ishlar qoniqarli bo'lmadi. Shu bois, davlatimiz rahbari o'z lavozimiga kirishgan dastlabki yillardanoq bu yo'ldagi dolzarb muammolarni hal etishga qat'iy chog'landi.
Prezidentimiz ta'kidlaganidek, “Innovatsiya — bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni aynan innovatsion g'oyalar asosida boshlashimiz kerak. Innovatsion rivojlanish va raqamli iqtisodiyot yo'liga o'tishimiz bejiz emas. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g'oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi”.
Bu so'zlar amalda ham o'z isbotini topa boshladi. Harakatlar strategiyasida aynan innovatsiyalar masalasiga alohida urg'u berildi. Xususan, unda ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag'batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o'quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish ustuvor vazifa sifatida belgilab berildi.
Ammo shuni ta`kidlash joizki,har bir yangilikni amaliyotga joriy etishdan so`ng yuzaga kelishi mumkin bo`lgan ehtimoliy muammolar mavjud bo`ladi.Biz aynan shu mavzu bo`yicha so`z yuritamiz
Raqamli Iqtisodiyot o`zi nima?
Raqamli iqtisodiyot tushuncha nisbatan uzoq bo'lmagan vaqtda, 1995-yili Massachusets universiteti amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan. Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o'tishda, qanday o'zgarishlar ro'y berishi mumkinligini aytib o'tgan.
Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron to`lovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir.
Iqtisodiyotni raqamlashtirishda kelib chiqishi mumkin bo'lgan xavf-hatarlar
-Kiber hujum xavfi,
-Shaxsiy ma'lumotlar himoyasi bilan bog'liq muommolar;
-"Raqamli qullik" (millionlab insonlar ma'lumotlaridan keyinchalik ularni o'zlarini tutishini boshqarish uchun foydalanish);
-Ishsizlikni oshishi,
-Axborot texnoloiyalarini rivojlanishi va uni tadbiq qilinishi ortidan bir qancha sohalar va kasblar yo'q bo'lib ketishi mumkin.1
XULOSA
Dunyoning rivojlangan davlatlari kabi O'zbekistonda ham iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonini asosida raqamli iqtisodiyot rivojlanmoqda. Kundalik turmush tarzimizga axborot texnologiyalarni joriy qilinishi va undan unumli foydalanaish ortidan oddiy insonlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda.Hozirgi davrda hech qanday ortiqcha harakatlarsiz,uydan chiqmasdan ko'plab oziq-ovqat mahsulotlari va taomlariga,shu bilan birgalikda zaruriy xizmat ko`rsatish sohalariga buyurtma berishimiz,so`ngra ularni uydan turib qabul qilib olishimiz mumkin.
Ammo bir narsani aytish kerak-ki, O'zbekistonda iqtisodiyotni raqamlashtirish va raqamli iqtisodiyotni O'zbekiston potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoda. Ya'ni imkoniyat bor,kerakli resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust.Bunga sabab sifatida raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to'siqlarini ko'rsatib o'tish mumkin.
-ko'plab sohalardagi monopoliya;
-internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi;
-axborot texnologiyalari sohasida qonununchilikning zamondan orqada qolganligi;
-fuqarolarda kompyuter savodxonligining o'ta pastligi;
-qonunchilikning shaffof emasligi;
-axborot texnologiylari bo'yicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularni boshqa mamlakatlarga ketib qolishi;
-axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi;
-axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi;
-boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi yoki(ba'zilarida) ularning umuman yo'qligi;
-ilm-fan va ayniqsa aniq fanlarning rivojlanishi sustligi(yoki rivojlanishdan to'xtab qolganligi).
Yuqorida sanab o`tilgan muommo va kamchiliklar bosqicha-bosqich,maqsadli,jahon tajribasidan kelib chiqib hal qilinib uning optimal yechimlari amaliyotga tizimli joriy qilinsa, O'zbekiston ham shak-shubhasiz dunyodagi raqamli iqtisodiyoti rivojlangan va moliyaviy xavfsizlikka erishgan mamlakatlardan biri bo'la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |