________Y.U.Usmonova
TOSHKENT-2022 yil
MUNDARIJA
|
Kirish…………………………………………………………
|
|
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati…………
|
|
Tadqiqot o‘tkazish joyi va sharoiti…………………………….
|
|
Tadqiqotning maqsadi va vazifasi………………………………………...
|
|
Tadqiqot obyekti ………………………………………………
|
|
Tadqiqotning predmeti va uslubi ……………………………...
|
|
Tadqiqot natijasida kutilgan ilmiy yangiliklar……………
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………
|
|
|
|
|
KIRISH
Bugungi kunda qishloq xo’jaligi ekinlar hosilining 10% dan ko’prog’i begona o’tlar hisobiga boy beriladi.Tuproq tarkibidan 1tonna don hosili 46 kg/ga N, 22 kg/ga P va 28 kg/ga K o’zlashtirilish, o’t bosgan dalada o’rtacha 140 kg/ga azot, 70 kg/ga fosfor, 100 kg/ga kaliyni o’zlashtiradi. Begona o’t bosgan dalalarda harorat 1,5-3, hatto 2-4 C gacha pasayib ketadi.
Begona o’tlar kuchli rivojlanib, ekinlarga, ko’lanka berib, siqib qo’yadi.Bir tup g’o’may 3-4 m maydonga mosh berishi mumkun. Bundan tashqari begona o’tlar ekin maydonlariga turli kasallik va zararkunandalar tarqatish manbai bo’lib kelmoqda.
Ular suv yorug’lik oziq moddalar va boshqa muhit omillaridan juda yaxshi foydalanib, o’g’itlar tarkibidagi oziq moddalarni o’zlashtirish ko’rsatgichini 30-40 % ga , don hosilini 20-25 % ga kamaytiradi, doni sifatni buzadi, g’o’zada turli kasallik, hasharot va zararkunandalarni tarqalishiga sabab bo’ladi. Hosilni yig’ib olish muddatini cho’zib yuboradi. Hozirgi vaqtda g’oza uchun xavfli bo’lgan begona o’tlar soni 209 turni tashkil etib, ular 59 ta botanik oilalarga mansubdir. Shulardan 80 turdagi begona o’tlar xavfli hisoblansa, 129 turi nisbatan xavflidir. Ko’rsatilgan 209 turdagi begona o’tlarning 52% bir yillik va 43 % ko’p yillik begona o’tlar hisoblanadi.
Respublikamizning sug’oriladigan maydonlarida bugungi kunda 75 turdan ortiq begona o’tlar mavjudligi aniqlangan.
Maxmudxo’jayev, Rashidov, Xakimov, Alimuhammidov, Hasanova, Buriyev, va Boukovlar qolaversa Б. Д . Лысогоров В.А.Ушаренко larni (1981) ko’rsatishicha, begona o’tlar barglari bilan ko’plab CO2 o’zlashtirib olishi natijasida madaniy o’simliklarni va fotosentiz mahsuldorligini pasaytirib yuboradi. Buning to’g’ridan to’g’ri ta’siri qishloq xo’jalik o’simliklarning transperatsiya koefisenti ortib ketishida namayon bo’ladi va ma’lum birlikdagi maydon hosil uchun suv sarfi miqdorini oshirib yuboradi. Shuning uchun g’oza maydonlarida begona o’tlardan toza bo’lishini ta’minlaydigan hosildorligi va sifatini oshiradigan ilmiy asoslangan kimyoviy tadbirlarni joriy etish davr talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |