Toshkent viloyatining tabiiy iqlim sharoiti. Oʼzbekistonning 40-42° shimoliy kenglik va 69-71° sharqiy uzunlikda boʼlgan markaziy qismini egallaydi. Sharqda u Chotqol tizmasining gʼarbiy tarmoqlari, janubda Turkiston tizmasining shimoliy qiyaliklari va gʼarbda Sirdaryo viloyati bilan chegaradoshdir.
Vertikal mintaqaviylik Toshkent viloyati relьefining oʼziga xos xususiyatlaridan biridir. Sirdaryo viloyatining chegaralaridan boshlab dengiz sathidan 250-300 m balandlikda viloyat hududi 500-600 m gacha koʼtarilib boradi va tobora togʼ shleyfiga oʼtib ketadi. Viloyatning vertikal mintaqaviyligiga iqlimning qator xususiyatlari, tuproqlarning tarqalishi va boshqa tabiiy sharoitlar bevosita bogʼlangandir. Viloyat iqlimi issiq, oʼsuv davri uzoq davom etadi. Qishki va erta bahorgi oylarda yogʼingar-chiliklarning maksimal miqdori tushadi. Oʼziga xos xususiyatlaridan biri – qishda ob-havoning beqarorligi, barqaror harorat boʼlmasligi va yozda havo-ning juda quruq boʼlishi hisoblanadi.
Issiqlikning yuqoriligi va oʼsuv davrining davomiyligi issiqsevar, koʼp yillik va bir yillik oʼsimliklarning oʼsishi uchun qulay sharoit yaratadi. Toshkentda yillik oʼrtacha harorat +13,6°S, iyul oyida oʼrtacha harorat +27°S va yanvarda – -1°S ni tashkil etadi. Oʼsuv davri mart oyining oxiridan boshlanib, oktyabr oyining oxirigacha davom etadi. Odatda bu 198-216 kunni tashkil qiladi. Oʼsuv davrida foydali haroratlar yigʼindisi 2000°S dan pasaymaydi. Yogʼingarchilikning eng koʼp miqdori Toshkent viloyatining sharqiy qismiga (397-359 mm), eng kami – janubiy-gʼarbga yogʼadi [422; 17-150-b.]. Viloyatning asosiy suv magistrallarini Chirchiq daryosi (uzunligi 328 km) hamda Аngren daryosi va Dalvarzin kanali (Sirdaryo daryosidan suv oladi) tashkil etadi.
Toshkent viloyatining tuproqlari mexanik tarkibi va unumdorligi boʼyicha har xildir. Bunga togʼoldi, togʼ va tekisliklarning relьefli hosila-lari asosiy sababdir. Binobarin, Tyan Shonning janubiy-gʼarbiy tarmoqla-ridan Sirdaryo daryosi yoʼnalishida boshlanuvchi Chirchiq va Keles daryolari suv ayirgʼichi boʼylab balandlik kamaygan sari Chirchiqning sariq tuproq trassasi choʼziladi va u nisbatan torayib boradi. Viloyat tuproq qoplami asosini sugʼoriladigan tipik boʼz tuproqlar tashkil etadi. Mexanik tarkibi boʼyicha viloyat tuproqlari ogʼir qumoq tuproqlar toifasiga mansubdir, oʼrtacha qumoq tuproqlar esa Toshkentning janubiy-gʼarbida, Yangi yoʼl tumani hududlarida keng tarqalgan [22; 135-137-b.].
Mexanik tarkibiga koʼra tuproqning yuqorigi gorizontlari va qum-tuproq qatlamigacha boʼlgan yer asosan ogʼir qumoq tuproqlar bilan ifoda-lanadi. Hudud yerida allyuvial yotqiziqlarga xos boʼlgan qatlamlilik yaqqol ifodalangan. Chirchiq va Аngrenning allyuviallari tarkibida qum miqdori koʼpligi bilan sariq tuproqlardan farq qiladi. Chirchiq-Аngren hududining boʼz-oʼtloqi, oʼtloqi va oʼtloqi-botqoq tuproqlari yuqori unumdor yerlar toifasiga mansubdir. Tumandagi tabiiy tuproqlar asosan toʼq tusli tipik boʼz tuproqlar bilan ifodalanadi. Mazkur hudud kesimidagi katta maydon-larni Chirchiq va Аngren terrasalarida sugʼoriladigan tipik boʼztuproqlar bilan ifodalangan sugʼoriladigan tuproqlar egallaydi. Tipik boʼz tuproq-lar – Chotqol va Kurama tizmalari togʼ oldi qiyaliklarining ancha quyi pogʼo-nalarida rivojlanadi. Chotqol oldi tumanda mazkur tuproq mintaqasining chegara balandligi yuqorigi qismda dengiz sathiga nisbatan 800-850 m, pastki qismda esa – 300 m gacha boradi.
Mexanik tarkibiga koʼra tipik boʼztuproqlar yuqori changli va qum miqdori kam boʼlgan sariq tuproqlarga xos oʼrtacha qumoq tuproqlar toifasiga mansubdir. Chotqol oldi tumanda tipik boʼz tuproqlarda sugʼorish-lar qadimda sust rivojlangan. Shu bois qadimdan sugʼoriladigan tipik boʼztuproqlar maydoni bu yerda koʼp emas, ammo yangi sugʼorilayotgan tipik boʼztuproqlar keng tarqalgan.