4.8-rasm. Vijiner m atritsasiyordam ida shifrlash misoli.
0 ‘rin almashtirish usullari. O’rin almashtirish usullariga binoan
|
dastlabki matn belgilangan uzunlikdagi bloklarga ajratilib har bir blok ichidagi simvollar o'rni ma’lum algoritm bo'yicha almashtiriladi.
Eng oson o‘rin almashtirishga misol tariqasida dastlabki axborot blokini matritsaga qator bo'yicha yozishni, o'qishni esa ustun bo‘yicha amalga oshirishni ko‘rsatish mumkin. Matritsa qatorlarini to‘ldirish va shifrlangan axborotni ustun bo'yicha o‘qish ketma-ketligi kalit yor damida berilishi mumkin. Usulning kriptobardoshligi blok uzunligiga (matritsa o‘lchamiga) bogMiq. Masalan, uzunligi 64 simvolga teng bo‘lgan blok (matritsa o‘lchami 8 x8 ) uchun kalitning 1 ,6 • 1 0 9 kombi-
natsiyasi bo‘lishi mumkin. Uzunligi 256 simvolga teng bo'lgan blok (matritsa o‘lchami 16x16) kalitning mumkin bo‘lgan kombinatsiyasi 1,4 • 1026 ga yetishi mumkin. Bu holda kalitni saralash masalasi zamonaviy EHMlar uchun ham murakkab hisoblanadi.
Gamilton marshrutlariga asoslangan usulda ham o‘rin almashti-rishlardan foydalaniladi. Ushbu usul quyidagi qadamlami bajarish orqali amalga oshiriladi.
1-qadam. Dastlabki axborot bloklarga ajratiladi. Agar shifrlanuvchi axborot uzunligi blok uzunligiga karrali bo‘lmasa, oxirgi blokdagi bo‘sh o'rinlarga maxsus xizmatchi simvollar-to‘ldiruvchilar joylashtiriladi (masalan, *).
2-qadam. Blok simvollari yordamida jadval toidiriladi va bu jad-valda simvolning tartib raqami uchun ma’lum joy ajratiladi (4.9-rasm).
3-qadam. Jadvaldagi simvollami o‘qish marshrutlaming biri bo'yicha amalga oshiriladi. Marshrutlar sonining oshishi shifr kriptobar-doshligini oshiradi. Marshrutlar ketma-ket tanlanadi yoki ulaming navbatlanishi kalit yordamida beriladi.
4-qadam. Simvollarning shifrlangan ketma-ketligi belgilangan L uzunlikdagi bloklarga ajratiladi. L kattalik 1-qadamda dastlabki axborot boMinadigan bloklar uzunligidan farqlanishi mumkin.
Rasshifrovka qilish teskari tartibda amalga oshiriladi. Kalitga mos holda marshrut tanlanadi va bu marshrutga binoan jadval to'ldiriladi.
4.9-rasm. S-elemenilijadval va Gamilton marshrutlari varianllari.
Jadvaldan simvollar element nomerlari kelishi tartibida o‘qiladi.
Misol. Dastlabki matn T0 « 0 ‘RIN ALMASHTIRISH USULI»ni
shifrlash talab etilsin. Kalit va shifrlangan bloklar uzunligi mos holda
quyidagilarga teng: AT=<2,1>1>, L=4. Shifrlash uchun 4.9-rasmda
keltirilgan jadval va ikkita marshrutdan foydalaniladi. Berilgan shartlar uchun matritsalari toidirilgan marshrutlar 4.10-rasmda keltirilgan ko‘rinishga ega.
1-qadam. Dastlabki matn uchta blokka ajratiladi. 57=, 52=, 5J=;
2 -qadam. 2 ,1,1 marshrutli uchta matritsa to‘ldiriladi;
3-qadam. Marshrutlarga binoan simvollarni joy-joyiga qo‘yish orqali shifrmatnni hosil qilish.
7’i=
4-qadam. Shifrmatnni bloklarga ajratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |