Mavzu:Kolloid sistemalarning optik xossalari. Reja: Kolloid eritmalarning ranglanishi. - Kolloid zarrachalarining o’lchamiga qarab tushayotgan yorug’lik kolloid eritma har xil rangga ega bo’ladi. Masalan, zarrachalarining o’lchami 80-90mmk bo’lgan kumush kolloid eritmasining ranggi to’q sariq, zarrachalari o’lchami 110mmk da binafsha, 160mmk da ko’k rangli bo’ladi. Bu xodisa tushayotgan nurning to’lqin uzunligiga va zarrachalar o’lchamiga bog’liq. Agar nurning to’lqin uzunligi dispers faza zarracharidan kichik bo’lsa, u holda nur zarrachalar orqali to’siladi va sinib qaytadi, nurning to’lqin uzunligi zarrachadan katta bo’lsa, u holda zarrachalar orqali yorug’lik nuri tarqaladi.
Ingliz fizigi D.Reley zarrachalarning nur tarqatishini o’rganib, kolloid dispers sistemada tarqalayotgan nurning yorug’lik darajasi (intensivligi) kolloid zarrachalarning soni va hajmining kvadratiga to’g’ri proportsional, tushayotgan nur tulqin uzunligining to’rtinchi darajasiga esa teskari proportsional bo’lishi haqidagi qonuniyatini yaratdi: - Ingliz fizigi D.Reley zarrachalarning nur tarqatishini o’rganib, kolloid dispers sistemada tarqalayotgan nurning yorug’lik darajasi (intensivligi) kolloid zarrachalarning soni va hajmining kvadratiga to’g’ri proportsional, tushayotgan nur tulqin uzunligining to’rtinchi darajasiga esa teskari proportsional bo’lishi haqidagi qonuniyatini yaratdi:
I=K*n*V²/λ² bunda, I -tarqalgan nurning yorug’lik darajasi; K - kolloid dispers sistemanint sindirish ko’rsatkichlariga bog’liq konstanta; n - zarrachalar soni; V – zarracha hajmi; λ - nurning tulqin uzunligi. - Bu qonun kolloid zritmadagi dispers faza zarrachalariking o’lchami 10 sm dan katta bo’lmaganda tatbiq etiladi.
1857 yilda M.Faradey oltinning kolloid eritmasida bu hodisani mukammal o’rgangan. So’ngra uning shogirdi D.Tindal kolloid dispers sistemadagi zarrachalar yorug’likni tarqatishi natijasida dispers muhitda konussimon yorug’lik nuri hosil bo’lishini tumanlarning xossalarini o’rganganda aniqlagan. Xuddi shu hodisani, chang kutarilgach fonari qorong’i qilib, bir teshik joyidan yorug’lik o’tkazilganda, konussimon yorug’lik yo’li ko’rinishidan kuzatish mumkin. - 1857 yilda M.Faradey oltinning kolloid eritmasida bu hodisani mukammal o’rgangan. So’ngra uning shogirdi D.Tindal kolloid dispers sistemadagi zarrachalar yorug’likni tarqatishi natijasida dispers muhitda konussimon yorug’lik nuri hosil bo’lishini tumanlarning xossalarini o’rganganda aniqlagan. Xuddi shu hodisani, chang kutarilgach fonari qorong’i qilib, bir teshik joyidan yorug’lik o’tkazilganda, konussimon yorug’lik yo’li ko’rinishidan kuzatish mumkin.
- Bu hodisa ikki olim nomiga Faradey-Tindal konusi deb yuritiladi va hodisaning o’zi Faradey-Tindal effekti deyiladi.
- Bu effekt zolning disperelik darajasi ortishi bilan kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |