Ultramikroskopda kolloid eritmalarni kuzatganimizda bizga zar-chalarning shakli ham, o’lchamlari ham ko’rinmaydi. Shunga qaramay, ultramikroskop yordamida bilvosita yo’l bilan kolloid zarrachalarning o’lchami va shaklini aniqlash mumkin. Buning uchun ma‘lum V hajmdagi zolda bo’lgan zarrachalar soni V ultramikroskop yordamida vizual sanab topiladi. Ayni eritmada dispers fazaning massasini bilgan holda eritmadagi barcha zarrachalar soni hisoblab topiladi. So’ngra dispers fazaning zichligini e‘tiborga olib, kolloid zarrachalarning hajmi va o’lchamlarini topish mumkin. Zarrachalarning zichligi d kolloid eritmaning og’irlik kontsentratsiyasi S (g/l), ultramikroskopga olingan zolning hajmi V va shu hajmdagi zarrachalar soni Y bo’lsa, hajm birligidagi zarrachalar soni quyidagiga teng bo’ladi; - Ultramikroskopda kolloid eritmalarni kuzatganimizda bizga zar-chalarning shakli ham, o’lchamlari ham ko’rinmaydi. Shunga qaramay, ultramikroskop yordamida bilvosita yo’l bilan kolloid zarrachalarning o’lchami va shaklini aniqlash mumkin. Buning uchun ma‘lum V hajmdagi zolda bo’lgan zarrachalar soni V ultramikroskop yordamida vizual sanab topiladi. Ayni eritmada dispers fazaning massasini bilgan holda eritmadagi barcha zarrachalar soni hisoblab topiladi. So’ngra dispers fazaning zichligini e‘tiborga olib, kolloid zarrachalarning hajmi va o’lchamlarini topish mumkin. Zarrachalarning zichligi d kolloid eritmaning og’irlik kontsentratsiyasi S (g/l), ultramikroskopga olingan zolning hajmi V va shu hajmdagi zarrachalar soni Y bo’lsa, hajm birligidagi zarrachalar soni quyidagiga teng bo’ladi;
n=Y/V - Alohida zarrachalarning massasi m=c/n va zarrachaning hajmi w=m/d bo’ladi. U holdа
w=c/n*d=c*Y/Y*d ELEKTRON MIKROSKOP - Oxirgi paytlarda optik mikroskoplar bilan bir qatorda elektron mikroskoplar keng qo’llanilmoqda. Bunday asbobda yorug’lik nurlari o’rniga elektron nurlari ishlatiladi. Shuning uchun shisha linzalari o’rniga elektromagnit maydonidan foydalaniladi va elektron nurning manbai sifatida volfram simi ishlatiladi, Volframm simi qizdirilganda undan elektronlar oqimi sochilib, elektromagnit maydoni orqali kolloid eritmadan o’tadi va maxsus ekranda zarrachalarning shakli kattalashgan holda ko’rinadi.
- Elektron mikroskop tirik (o’simlik, hayvonot) organyazmdagi hujayralarning tuzshlishini va ulardagi har xil kasalliklarni qo’zg’atuvchi mikrob va viruslarni aniqlashda keng qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |