C2=C1*h1/h2 - Kolloid zarrachalarning o’lchami kuzga ko’rinadigan yorug’lik nuriiing to’lqin uzunligidan kichik bo’lganligi uchun eng kuchli optik mikroskop bilan ham ularni ko’rib bo’lmaydi.
- Sinaladigan kolloid eritmaning kontsentratsiyasi aniqlangandan so’ng undagi kolloid zarrachalarning hajmi (V2) quyidagi formula bo’yicha topiladi:
V1/V2=h2/h1 V2=V1*h1/h2 Bunda V1 - standart eritmadagi zarracha hajmi. ULTRAMIKROSKOP. - Kolloid sistemalarda nurning tarqatish hodisasidan kolloid kimyoning rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega bo’lgan ultramikroskopiya usulidan foydalaniladi.
- Kolloid zarrachalarning o’lchami ko’zga ko’rinadigan yorug’lik nurining to’lqin uzunligidan kichik bo’lgani uchun oddiy optik mikroskop yordamida bu zarrachalarni ko’rib bo’lmaydi. Bunga sabab shuki, kolloid zarrachalarga tushadigan nur to’lqinlari zarrachalarni aylanib o’tadi va sochilgan nurni ko’z bilan ko’rib bo’lmaydi
Ultramikroskopni 1903 yilda Faradey-Tindal effekti asosida Zidentopf va Zigmondi yaratdilar. Oddiy mikroskop bilan ultramikroskopning farqi shundaki, oddiy mikroskopda yorug’lik manbadan tushayotgak nur kuzatilayotgan jism (ob‘ekt) orqali o’tadi va kuzatuvchiga ko’rinadi. Ultramikroskopda zsa yorug’lik manbaidan kelayotgan yorug’lik nuri optik sistemalarda kuchaytirilib, to’g’ri burchak ostida qorong’i fonda yon tomondan kolloid eritmaga tushiriladi, ya‘ni yorug’lik to’g’ridan-to’g’ri kuzatuvchi ko’ziga tushmaydi:. Shunday qilib, ultramikroskopda kolloid zarrachalarning o’zi emas, balki shu zarrachalardan tarqalayotgan nur ko’rinadi. Kolloid eritmadan tarqalayotgan nurning intensivligi kolloid zarrachalarning eritmadagi kontsentratsiyasiga, ularning shakli va o’lchamlariga bog’liq. - Ultramikroskopni 1903 yilda Faradey-Tindal effekti asosida Zidentopf va Zigmondi yaratdilar. Oddiy mikroskop bilan ultramikroskopning farqi shundaki, oddiy mikroskopda yorug’lik manbadan tushayotgak nur kuzatilayotgan jism (ob‘ekt) orqali o’tadi va kuzatuvchiga ko’rinadi. Ultramikroskopda zsa yorug’lik manbaidan kelayotgan yorug’lik nuri optik sistemalarda kuchaytirilib, to’g’ri burchak ostida qorong’i fonda yon tomondan kolloid eritmaga tushiriladi, ya‘ni yorug’lik to’g’ridan-to’g’ri kuzatuvchi ko’ziga tushmaydi:. Shunday qilib, ultramikroskopda kolloid zarrachalarning o’zi emas, balki shu zarrachalardan tarqalayotgan nur ko’rinadi. Kolloid eritmadan tarqalayotgan nurning intensivligi kolloid zarrachalarning eritmadagi kontsentratsiyasiga, ularning shakli va o’lchamlariga bog’liq.
- Kolloid zarrachalar o’z shakliga ko’ra ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga o’lchamlari har tomonlama bir xil bo’lgan zarrachalar (shar yoki kub shaklidagi), masalan, oqsillarning, smolalarning kolloid eritmalari, ba‘zi metallarning gidroksidlari kiradi. Ikkinchi guruhga gabarit o’lchamlari turlicha bo’lgan kolloid zarrachalar kiradi. Bularning shakli bargsimon (Fe(ОH)3 zoli), tayoqchasimon (V2O3) ipsimon, zanjirsimon (sovun, antraxinon zarrachalari) bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |