91
Belbog‘ to‘sinlarining ustunlardagi quyma detaliga payvandlangan mahsus stol
tayanchlarga o‘rnatilib, bu elementlarni bir birlariga metall taxtachalarni payvandlash
orqali kotiriladi.
Belbog‘ to‘sinlari sinfi B12 – B20 bo‘lgan beton va payvandlanib hosil qilingan
armatura karkaslaridan tayyorlanadi.
Elektr toki bilan ishlovchi ko‘prik kranlarni harakati uchun mo‘ljallangan yo‘l
relslari kranosti to‘sinlari ustiga yotqiziladi. (2.18-rasm).
Ko‘prik krani ishini ta’minlovchi bunday balkalar ustunlar tokchasiga
(konsoliga) montaj qilingan bo‘ladi. Bu to‘sinlar o‘z navbatida sanoat binolarini
bo‘ylama yo‘nalishidagi bikrligini ham ta’minlaydi.
Sanoat binolari qurilishida ustunlar qadamiga va kranlarni yuk ko‘tarish
qobilyatiga
bog‘liq bo‘lgan, har xil maqsadlarga qo‘llaniladigan, yuk
ko‘taruvchanligi 10, 20, 30, 75, 100 va 250 tonna bo‘lgan ko‘prik kranlarga
mo‘ljallangan, uzunligi 6,0 va 12m, balandligi 800, 1000, 1200, 1400 va 2000mm
bo‘lgan yig‘ma temirbeton kranosti to‘sinlari ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda ishlab
chiqarish binolarida po‘latdan ishlangan kranosti to‘sinlari ham keng ko‘lamda
qo‘llanilmoqda.
Ustunlar qadami 6,0m bo‘lgan hol uchun po‘lat kranosti to‘sinlari foydaliroq
hisoblanadi, ustunlar qadami 12m bo‘lganda esa temir beton kranosti to‘siniga
nisbatan bor-yo‘g‘i 10-15% qimmat bo‘ladi.
Temirbeton kranosti to‘sinlari kesimi tavr va qo‘shtavr ko‘rinishiga ega bo‘lib,
tayanch qismi devori qalinlashtirilgan bo‘ladi. To‘sinlarda yuqori sinfli betonlardan
(sinfi B25, B30, B40) tayyorlanib, armaturalari oldindan zo‘riqtirilgan bo‘ladi.
Temir beton kran osti to‘sinlari uzunasi bo‘yicha
ayrim joylarida quyma
detallari ko‘zda tutilgan bo‘lib, ulardan to‘sinlarni ustunlarga mahkamlashda va kran
relslarni o‘rnatishda foydalaniladi. To‘sinlar obdon yaxshi o‘rnatilgandan so‘ng
payvandlanadi. Relslar to‘sinlarga har 750mm masofada o‘rnatilgan siquvchi
“panjalar” yordamida mahkamlanadi. Kranosti yo‘li oxiriga po‘lat tirgovich-
cheklagich qo‘yilib, cheklagichga yog‘och
brusli amortizator, ya’ni urilish kuchini
qaytaruvchi, so‘ndiruvchi bufer qotirilgan bo‘ladi.
92
Kranlarni harakati chog‘ida hosil bo‘ladigan ovozni yo‘qotish, to‘sinlarga
dinamik ta’sirlarni kamaytirish, kran yo‘lini uzoq vaqt ishlashini ta’minlash
maqsadida relslar va panjalar ostiga qalinligi 8-10mm bo‘lgan
elastik kauchuk yoki
rezinalar qo‘yiladi. Relslar to‘sinlarga qo‘zg‘aluvchi yoki qo‘zg‘almas qilib
mahkamlanadi, yuklar miqdori 30 tonnadan katta bo‘lgan relslar to‘sinlarga changak
yoki xalqa yordamida qotiriladi.
Anchagina samarali hisoblangan po‘lat kranosti to‘sini ishlash prinsipiga ko‘ra
ikki turli bo‘ladi – uzlukli va uzluksiz. Ularni montaj qilish va tayyorlash anchagina
oson hisoblanadi (2.19-rasm). Ular tuzilishiga (kesimiga) ko‘ra yaxlit yoki teshikli
bo‘lishi mumkin. Yaxlit kesimli to‘sinlar shprengelli tizimda ishlovchi bo‘lib, ustun
qadami 12m bo‘lgan va yuk ko‘tarish qobilyati 75t gacha yengil va o‘rta
rejimda
ishlovchi ko‘prik kranli binolarda ishlatiladi. To‘sin balandligi hisoblab topiladi va
uning balandligi asosan 650mm dan 2050mm gacha bo‘ladi va bu balandlik
o‘lchamlari bir birlaridan 200mm bo‘lgan farq bilan oshib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: