Yem-hashak yig‘ishtirish mashinalari
Reja:
1.Pichano‘rgichlar.
2.Pichano‘rgich-ezgich va pichano‘rgich-maydalagichlar.
3.Pichan presslagichlar.
4.Silosga o‘rish kombaynlari.
1.Pichano‘rgichlar
Pichano‘rgichlar traktor bilan agregatlanishiga qarab tirkalma, osma va yarimosma; o‘rish apparatining turiga qarab segment-barmoqli yoki rotorli; o‘rish apparatining soniga qarab bir, ikki yoki uch brusli; o‘rilayotgan poyalarga ta’siriga ko‘ra ezuvchi, maydalovchi turlarga bo‘linadi.
ko‘sh brusli yarimosma pichano‘rgich traktorining o‘ng tomoniga o‘rnatiladi (rasm).
O‘rish apparatlarining o‘ng qismi tayanch g‘ildirakka 9 suyanib, tezlikkacha ishlay oladi.
rasm. ko‘shbrusli yarim osma pichano‘rgich
Pichano‘rgichning asosiy qismlari: rama 10, oldingi 12 va orqa 8 o‘rish apparatlari, ekssent-riklarning qutiladi 5, 14, harakat yuritmasi, o‘rish appartini ko‘tarish mexanizmidan iborat. Ular ramaga o‘rnatilib, traktorning lonjeroniga ulanadi. Traktorga ulashni engillashtirish uchun domkrat 16 va taglik qo‘yiladi.
Mashinaga baland o‘ruvchi apparat o‘rnatilgan bo‘lib, uning barmoqlari po‘lat plastinalarning tig‘iga kertiklar yasalgan. O‘rish appartlari harakatini traktorning quvvat olish validan oladi; harakat kardan vali 1, zanjirli uzatma 2, harakat yuritmasi 3 va ponasimon tasma 4, 15 lar ekssentriklari orqali uzatiladi. O‘rish apparatini ish holatiga tushirish va transport holatiga ko‘tarish gidrotsilindr 7,11 lar yordamida bajariladi. Pichano‘rgich saqlagichlar bilan jihozlangan. O‘rish apparatlari traktor harakati yo‘nalishiga perpendikulyar emas, uning chetki nuqtasi, ramaga mahkamlangan ichki nuqtasiga nisbatan 25-50 mm. ga ilgarilatib o‘rnatiladi. O‘rish apparatini harakatlantiruvchi shatunning uzunligini o‘zgartirib, pichoqning chetki holatlarida segment o‘qining qo‘zg‘almas barmoq o‘qi ustiga tushishi sozlanadi. Segment bilan barmoq plastinasi orasidagi tirqish 1,5-1,0 mm bo‘lishi uchun bosuvchi qisqich segmentga tegib turishi kerak. Apparat 12,8 lar tayanib turadigan boshmoqlar tagidagi chang‘ilarning holatini o‘zgartirib o‘rish balandligini sozlash mumkin. Kompensatsion prujinalar tarngligini o‘zgartirib ichki boshmoqlarning erga tushadigan bosmi 250-350 N, 80-150 N bo‘lishiga erishiladi. Har bir o‘rish apparatining tashqi boshmog‘iga ichkari tomonga egilgan chiviq 17 va taxta 18 o‘rnatilgan. Ular o‘rilgan poyalarni o‘rtaga surib, keyinchalik u erdan ichki boshmoqlarning to‘siqsiz o‘tishi uchun sharoit yaratadilar.
Rotorli pichano‘rgich hosildor, yotib va chalkashib qolgan o‘tlarni o‘rishga mo‘ljallangan (rasm). Pichan rama 13, uning qanoti 3, rotorli o‘rish apparati, muvozanatlovchi va harakatlantiruvchi mexanizmlar, to‘siq 9 dan iboratdir. Rotorli o‘rish apparati brus 5, tayanch boshmoqlariga ega.
rasm. Rotorli pichano‘rgich
Brus ustiga to‘rtta rotor 7 o‘rnatilgan. Rotorlar jufti bir-biriga teskari aylanadi. Har bir rotor 7 chetlariga ikkitadan plastinasimon pichoq sharnirli biriktirilan. Bir juft rotorga o‘rnatilgan pichoqlar bir-birining o‘rtasiga tushadigan muvozanatlovchi prujinalar trangligini o‘zgartirish hisobiga erishiladi. Bo‘lgach 8 brusning oxiriga deyarli tik o‘rnatilib, o‘rish vaqtida chegaradagi poyalarni harakat yo‘nalishi bo‘yicha ichkariga engashtirib ketadi. Keyingi yurishda traktor g‘ildiragi ularni bosmaydi, poyalar nobud bo‘lishining oldi olinadi. Brus ramaga saqlagich orqali ulangan bo‘lib, u to‘siqqa uchraganida burilib sinishdan saqlaydi.
Pichano‘rgichning texnologik jarayoni quyidagicha o‘tadi. Aylanayotgan rotordagi pichoq markazdan qochirma kuchlar ta’sirida radius bo‘yicha joylashadi, natijada, qo‘shni rotor pichoqlarining traektoriyalari bir-birini qoplashi hisobiga chala o‘rishga yo‘l qo‘yilmaydi. Aylanayotgan pichoq kesib olgan poyalar rotor ustidagi g‘ilofdan sirpanib o‘tib erga tushadi. Muvozanatlovchi mexanizm boshmoqlarga tushadigan bosmni o‘zgartirish va o‘rish appartini transport holatiga ko‘chirish uchun xizmat qiladi. Traktorga yaqin bo‘lgan boshmoqqa tushadigan yuk 270-500 N chetki boshmoqqa 100-300 N qilib sozlanadi. Rotor 1950-2050 ayl|min tezlikda aylanib, pichoqning chiziqli tezligini 65m|s gacha etkazadi, o‘rgichning o‘zi esa 15 km|soat tezlikda ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |