1. Pichano‘rgichlar. Pichano‘rgich-ezgich va pichano‘rgich-maydalagichlar. Pichan presslagichlar



Download 265,5 Kb.
bet3/5
Sana04.02.2022
Hajmi265,5 Kb.
#428535
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yem-hashak

3.Pichan presslagichlar
O‘rilgan pichanni dalada 25-26 foiz namlikkacha quritib, qatorga uyumlab, presslab yig‘ishtirish texnologiyasi keng tarqalgan. CHunki bu usulda pichanning eng foydali qismi bo‘lgan guli va bargi kam to‘kilib, isrof bo‘lmaydi hamda presslangan pichanni transportlash va saqlash arzonga tushadi. Buning uchun porshenli hamda rulonlab presslagichlar ishlatiladi.


Presslash zichligi kam (100 kg|m
3. gacha), o‘rta (100-200 kg|m3) va yuqori (200-300 kg|m3) bo‘ladi. Kam zichlikdagi presslashni pichan namligi 40 foiz bo‘lganda boshlash mumkin. SHu sababli bu usul shimoliy xududlarda va botqoq erlardan o‘rilgan pichan uchun ishlatiladi. Presslab quritish pichanni sifatini kamayboronaydi, balki oshiradi. Pichan namligi 25 foiz bo‘lganida o‘rta zichlikda, 20 foiz bo‘lganda yuqori zichlikda presslash tavsiya etiladi.

rasm. Porshenli presslagichning prinsipial sxemasi.


O‘rilgan o‘tlarni ilgarilanma-qaytarma harakat qiluvchi porshen 3 zichlaydi (rasm). Pichantiqqich 2 tirsakli valda aylanish hisobiga pichanni belgilangan miqdorda kerakdi vaqtda presslash kamerasi a ga kiritib turadi. Tiqqich presslash kamerasidan chiqqandan so‘ng, u qoldirgan pichanni porshen kameraning oxiriga surib, zichlaydi.


Porshenli yig‘ishtirib-presslagich. Uning asosiy qismlari: kardan uzatmasi, reduktor, presslash kamerasi, porshen va shatun, barabanli yig‘ishtirgich, g‘ildiraklar, ko‘tarib tushirish mexanizmi, tiqqich mexanizmi va tugunlab-bog‘lovchi mexanizmdan iborat.


katorga uyumlangan pichanni yig‘ishtirgichning xaskashlari ko‘tarib olib, qabul kamerasiga uzatadi. Tiqqich pichanni to‘plab, presslash kamerasi ichiga tiqadi. Porshen presslash kamerasining ichiga kirayotib, u erdagi pichan to‘plamini surib zichlaydi, chetga chiqqan poyalarni pichoq bilan kesib, qabul kamerasida

rasm. Pichan presslash kamerasiga tugunlab-bog‘lovchi apparat.
qoldiriladi. Bir necha pichan to‘plami zichlanib toy hosil bo‘ladi. Uni tugunlab-bog‘lovchi mexanizm maxsus sim yoki chizimcha bilan toy holida bog‘lab qo‘yyadi. Bog‘langan toy erga tushirib qoldiriladi.
Pichan toylarini bog‘lash uchun presslash kamerasiga ikkita tugunlab-bog‘lovchi apparat o‘rnatilgan (58-rasm). U chizimcha o‘ralagan ikkita kasseta 4, ikkita igna 6, o‘lchovchi g‘ildirakcha 8, tugunlab bog‘lovchi apparatni harakatga keltiradigan mufta 12, ikkita siquvchi pichoq 14, ikkita tugunlovchi ilgak 15 va chizimcha yo‘naltirgichi 16 dan tashkil topgan.
Tugunlab-bog‘lovchi apparatning ish jarayoni qyidagicha bajariladi. Simning bir uchi pichoq 14 qa qistirilgan bo‘lib, ikkinchi uchi yo‘naltirgich 16 ning barmoqlariga ilingan holda presslash kamerasi va igna roliklari orqali o‘tkazilib kasseta 4 ga yo‘naltirilagn bo‘ladi. Porshen zichlanayotgan toy o‘zidan oldin shakillantirilib tayyorlangan toyga tiralib uni surib, asta-sekin chiqarib tashlaydi. YAngi yasalayotgan toy, kamerada oldingi toy bog‘langanidan so‘ng qolgan simni kassetadan asta-sekin chug‘urib, orqaga suraveradi. Ikkala sim ham bo‘lajak toyning uch tomoniga porshenning bosimi ostida tortilib keladi. Zichlanayotgan toy porshen bilan orqaga qayta olmaydi, chunki kameraning ichki devoridagi tirak tish 17 lar bunga to‘sqinlik qiladi.
Presslash kamerasi orqali siljiyotgan yangi toyning uzunligini g‘ildirakcha 8 uzluksiz o‘lchab turadi. Uzunlik belgilangan o‘lchamga etganida, ya’ni g‘ildirakcha bir marta to‘liq aylanganida, u o‘zining barmog‘i 9 bilan richag 10 ni bosib, tugunlab-bog‘lovchi apparat 12 ning harkat muftasini ishga qo‘shadi. Muftaning ta’sirida krivoshipli val 13 burila boshlaydi va unga mahkamlangan igna 6 ning ikkalasi ham porshendagi teshik orqali pastki holatidan yuqoriga, presslash kamerasiga kiradi. Ignalarning uchidagi ikkita rolik simlarni kasseta 4 lardan sug‘urib, yuqoridagi tugunlovchi ilgak 15 ning pichog‘i 14 ga ilintirib qo‘yadi. Demak, simlar toyni porshen tomonidan ham o‘rab oladi.
rasmda tugunchani yasashda tugunlovchi ilgak 3 ning simga ta’siri ko‘rsatilgan simlar igna uchidan siqilgan vaqtda kesiladi. Tugunchaga aylana boshlagan uchlarini tugunlovchi ilgak zich burab, ikki marta aylantiradi. Ignalar dastlabki holatida qaytayotganida saqlagich ilgagi 1 simning yana ilgakka ilinib qolmasligi uchun to‘siq bo‘lib turadi. Tugunlovchi apparatning harakat yuritmasi uziladi.


rasm. Sim bilan bog‘lashda tuguncha hosil qilish.


Toyning kameradan sidirilib tushadi. Toylarni bog‘lashda sim o‘rniga chizimcha ishlatiladigan apparat o‘rnatilishi ham mumkin. Bunday apparat ilgakning qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchi jag‘laridan, tutkich, disksimon va likopsimon qisqich, pichoq, tortqich yo‘naltirgichidan iborat.
Tugunlash apparatining ish jaryoni quyidagi tartibda bajariladi:
1.Igna toyni porshen tomonidan chizimcha bilan o‘rab olib, ikkala chizimchaning ustki bo‘laklarini yo‘naltirgichdan o‘tkazib, ilgakning ustiga yotqizadi.
2.Igna o‘z ishini tugatgach, ilgak bilan qisqich ishga tushadi; aylanayotgan disk chizimchaning ikkalasini ham qisib qoladi; ilgak burilib, chizimchani o‘ray boshlaydi.
3.Igna orqaga qaytib, chizimchani qisgan disk harakatni to‘xtatadi; chizimcha ilgakning ochilgan qo‘zg‘aluvchan jag‘iga tushadi.
4.Igna orqaga qaytadi; ilgak bir marta to‘liq aylanib to‘xtatgach, jag‘lar yopilib, chizimchani qisib qoladi; chizimcha tortqich yo‘naltirgichi bilan harakatlana boshlaydi; pichoq chizimchaning ikkovini ham kesadi.
5.Tortqich yo‘naltirgichni tugunchani ilgakdan tushirayotganda uchlari jag‘lar orasida turgan chizimchani tortadi va tuguncha yasaydi; igna to‘xtaydi; tushayotgan toy ilgak ushlab turgan tugunchani mahkamlaydi.
Ignalarning presslash kamerasiga nisbatan tirqishi (20 mm) ularni harakatga keltiradigan mexanizm tortqisining uzunligini o‘zgartirish hisobiga sozlanadi. Igna kameraga kira boshlaganida, porshen to‘siq bo‘lmaydigan masofaga siljigan bo‘lishi, qirrasi va jag‘lar bir-biriga tegmasligi kerak. Vintli qurilma yordamida toyning zichlik darajasi sozlanadi.
Pichan yig‘ishtirgichli rulonlab presslagich qator uyumlangan pichanni yig‘ib olib, silindr shaklida zichlangan rulonga aylantirib beradi. Rulonning diametri 1,5 m, uzunligi 1,4 m bo‘lib, massasi 500 kg. gacha etadi.


rasm. Rulonlab presslagich sxemasi.


Ishlayotgan mashinaning yig‘ishtirgichi erdagi pichanni terib olib, uni transportyor 10 ga uzatadi (60-rasm). Harakatlanayotgan transpor-tyordagi pichan baraban 2 tagidan o‘tayotib zichlanadi va tasmalardan hosil bo‘lgan sirtmoq 9 qa qirib boradi. Tasmalar sirtmoqdagi pichanni aylanma harakatga keltirib, asta-sekin rulonni shakillantiradi. Rulon diametri ma’lum miqdorga etganida uni chizimcha bilan o‘raydigan avtomat ishga tushadi va haydovchiga signal beradi, u agregatni qisqa vaqtga to‘xtadi. Avtomatlashtirilgan igna chizimchaning bo‘sh uchini transportyorning 10 ustiga tashlaydi va u pichanga qo‘shilib o‘rala boshlaydi. Igna rulonning uzunligi bo‘yicha siljib, rulondan ajratiladi. SHu vaqtda klapan 7 ilgak 8 dan chiqib ketadi va prujina 5 ta’sirida ko‘tarilib rulonni erga tashlab ketadi. Gidrotsilindr 6 ta’sirida taranglatgich 3 dastlabki holatiga keladi. Presslaydigan tasmalar taranglashib, klapan 7 yopiladi. Tasma tarangligini prujina yordamida o‘zgartirib, presslash zichligini 100-200 kg|m3 qilib olish mumkin.

Download 265,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish