1. Pichano‘rgichlar. Pichano‘rgich-ezgich va pichano‘rgich-maydalagichlar. Pichan presslagichlar



Download 265,5 Kb.
bet4/5
Sana04.02.2022
Hajmi265,5 Kb.
#428535
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yem-hashak

4.Silosga o‘rish kombaynlari
Pichanbop o‘tlarni o‘rish vaqtida maydalab, ulardan senaj, silos va o‘t uni kabi ozuqa olish texnologiyasi keng ishlatiladi. Uni amalga oshirishda silosga o‘rish kombaynlaridan fodalaniladi. Bu kombaynlar pichanbop o‘tlar va makkajo‘xori kabi silosbop ekinlarni o‘rish bilan bir vaqtda maydalab, transportga ortib beradi.
Kombayn o‘ziyurar bo‘lib, barabansimon, almashuvchan maydalovchi apparatga ega. Maydalovchi apparat ta’minlagich va maydalagichlardan tuzilgan. Ta’minlagich to‘rtta, qovurg‘ali jo‘valar va bitta o‘rgichdan kelayotgan poyalarni qisib olib, ilgarilatib suradi, 5-jo‘va esa poyalarni qo‘shimcha ezib, maydalash barabaniga uzatadi. Maydalash barabaniga nisbatan 0,8-1,5 mm tirqish qoldirilib kesuvchi brus, baraban sirtiga esa pichoq bikr o‘rnatilgan. Pichoq suyanchig‘ining oxiridagi kurakcha maydalangan pichanga kata kinetik energiya berishi natijasida richag quvur bo‘ylab siljiydi.


Bajaradigan ishiga qarab, maydalagichning old qismiga yig‘ishtirgich, o‘t yoki makkajuxori uchun o‘rgich o‘rnatilishi mumkin. Yig‘ishtirgich qator uyumlangan o‘tni erdan yig‘ishtirib oladi va ta’minlovchi jo‘valarga uzatadi. O‘rgichga yig‘ishtiruvchi baraban, shnek, siquvchi moslama o‘rnatilgan. Baraban validagi disk lar oralig‘iga prujinasimon taroqli xaskash mahkamlangan. Xaskash kriposhipidagi rolik yo‘naltiruvchi yo‘lakcha bo‘ylab siljishi hisobiga taroq kerakli holatda joylashadi. Baraban vali prujinali tayanchga o‘rnatilganligi sababli, poyalar miqdori o‘zgarganida, tirqishning o‘zi sozlanadi.

rasm. Maydalovchi apparat sxemasi.
a-apprat sxemasi;1,2 va 4-ta’minlovchi jo‘valar; 3-silliq jo‘va; 5-qo‘shimcha ezish jo‘vasi; 6-maydalash barabani; 7-qaytargich; 8-quvur; 9-taglik; 10 kesuvchi bruss; 11-tozalagich; 12-pichoq; 13-stopor shaybasi; 14-sozlovchi vint; 15-pichoq suyanchig‘i; 16-vtulka.
Kombaynning texnologik jarayoni quyidagicha o‘tadi. Dalada ishlayotgan kombayn erdagi pichanni o‘rib, ta’minlovchi qismiga uzatadi. Jo‘va bilan qisman ezilgach, zichlangan pichan maydalovchi apparatga kelib tushadi. Maydalovchi baraban uni brus tig‘iga urib maydalaydi va katta tezlikdaga irg‘itib beradi. kuvur yon tomomnlariga burila olganligi sababli, tayyor mahsulotni har qanday o‘lchamli transportga yuklab bera oladi.
Tirkalma silos kombayn makkajo‘xori, kungaboqar, beda va pichanbop o‘simliklarni o‘rib maydalash, ularni transport vositasiga yuklash uchun mo‘ljallangan. Bu kombayn poyalarining balandligi 4,0 m, yo‘g‘onligi 40 mm. gacha bo‘lgan o‘simliklarni o‘rib, maydalab berish mumkin.


Kombaynning asosiy qismlari o‘rgich, silosmaydalagich va yuklovchi quvurdir. Kombaynga faol bo‘lgich 2 o‘rnatilgan, u engashib, yotib qolgan poyalarni tik tekislikda kesib, ularni kombaynga

rasm. Silos kombaynining texnologik sxemasi.
ilashib ketishining oldini oladi.
Maydalash apparati biter-baraban 5, 6 lar, ularning orasiga o‘rnatilgan silliq jo‘va 7, maydalash barabani 9 va kesuvchi brus 8 dan iborat. Maydalanayotgan poyalarning qalinligi ortib ketsa, biter baraban 5, 6 lar o‘zining tayanch podshipniklaridagi prujinalarni siqib, tirqishni kengaytiradi. Baraban 5 va o‘rgich transportyori orasidagi hamda baraban 6 bilan silliq jo‘va orasidagi tirqish qisuvchi boltlar yordamida sozlanadi. Baraban 9 shkiviga bir tomonlama mufta o‘rnatilganligi sababli kombanga aylanishini davom ettiradi. O‘rilayotgan o‘simlik silos uchun maydalanayotgan bo‘lsa, barabanga 9 ta pichoq, agar senaj va o‘t uni uchun maydalansa 18 ta pichoq o‘rnatiladi. Maydalash uzunligi 10-30 mm oralig‘ida bo‘lishiga pichoq sonini o‘zgartirish va harakat yuritmasidagi yulduzchani almashtirish bilan erishiladi. Silos quvuri maydalangan mahsulotni transport vositasiga yuklashga mo‘ljallangan.

Download 265,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish