Botriotsefalyoz
Botriotsefalyoz
- karpsimon baliqlarning gelmintozi bo‘lib,
ichaklarning shikastlanishi bilan xarakterlanadi.
Gelmintoz bilan
zog'ora baliq, kumush tovon baliq, lesh, oq amur, tolstolobik,
qizil
ko‘z, mo‘ylov baliq, ko‘kbo‘yin va boshqa karpsimon baliqlar
kasallanadi.
Tarqalishi va iqtisodiy zarari.
Chuchuk suv baliqlari botriot-
sefalyozi ko'pchilik hovuz xo'jaliklarida
va tabiiy suv havzalarida
keng tarqalgan (Safarova et all, 2015). Dengiz baliqiarida ham
uchrab turadi. Baliqlar o‘sishining sekinlashishi,
baliq mahsul-
dorligining kamayishi va ba’zan yosh baliqlarni ko‘p!ab yo‘qotishlar
iqtisodiy zararni keltirib chiqaradi.
Qo‘zg‘atuvchisi.
Kasallikni Bothriocephalidae oilasiga mansub
Bothriocephalus opsariichthydis
sestodalari qo‘zg‘atadi.
Voyaga yetgan chuvalchanglarning o‘lchami
keng doirada
o‘zgarib turadi, uzunligi 15 mm dan 350 mm gacha, eni 1.0 dan 4.0
mm gacha yetadi. Bu esa xo‘jayinning yoshi va bu tur bilan
zararlanishming tezligi bilan bogiiq. Yetilgan
sestoda oq yoki sut
rangida, tanasi uzunchoq, tasmasimon boiadi (8-rasm).
8
-rasm,
Bothriocephalus opsariichthydis
sestodasining umumiy
koiinishi (Vasilkov vab., 1989 bo‘yicha).
134
Qo‘zg‘atuvchisining
rivojlanishi.
Sestodalaming
oraliq
xo‘jayini - eshkakoyoqii qisqichbaqasimonlar - sikloplar ishtirokida
rivojlanadi. Voyaga yetgan sestodalar baliq ichagida to‘planib,
tuxum qo‘yadi, chiqindilar bilan birga suvga tushadi. 3-7 kun ichida
tuxumdan chiqqan lichinka - koratsidiy rivojlanadi. Sikloplarning
Cyclops, Mesocyclops, Acanthocyclops
avlodlarining vakillari suvda
suzib yurgan koratsidiylarni yutib yuboradi
va ularning organizmida
3-10 kun ichida invazion lichinka - protserkoid rivojlanadi (9-
rasm).
Bothriocephalus opsariichthydis
sestodasining rivojlanishi suv
haroratiga bevosita bog‘liq ekanligi tadqiqotlarda o‘z
isbotini
topgan. I6-19°C haroratda tuxumlar inkubatsiyasi 3-4 kunni, 25-
30°Cda - 1.5-2 kunni tashkil etadi. 25-30°Charoratda koratsidiy 4-5
kun yashaydi. 16-19°C haroratda parazitlarning siklop organizmida
rivojlanishi 10-12 kunni, 25-30°S da - 4 kunni tashkil etadi
(Osmanov, 1971).
9- rasm.
Botriosephalus opsariichthydis
sestodasining rivojlanish
bosqichlari: a - tuxum, b -mustaqil suzuvchi koratsidiy, v - siklop
tana bo'shlig'idagi protserkoid, g - karp balig‘ining ichagida voyaga
yetgan chuvalchang (Opred. parazitov presnovodnix rib, 1987).
135
Baliqlar, ayniqsayosh baliqchalar zooplanktonlar bilan oziqlan-
gan vaqtida
zararlangan sikloplami yutib, botriotsefyozni o'zlariga
yuqtirib oladi. Baliqlar organizmida botriotsefalalar 17-20 kun
ichida voyaga yetgan sestodaga aylanadi (Vasilkov va boshqalar,
1989).
Do'stlaringiz bilan baham: