Ligulidozlar
Baliqlar ligulidozlari Ligulidae oilasiga mansub sestodalaming
lichinkalari (plerotserkoidlari) tomonidan chaqiriladi. Baliqlar uchun
ligulyoz va digrammoz ko‘proq xavf tug‘diradi. Plerotserkoidlar oq-
kulrang tusda, yirik lentasimon shaklda bo‘lib, baliqlaming qorin
bo‘shlig‘ida parazitlik qiiadi.
Tarqalishi va iqtisodiy zarari. Ligulidozlar deyarli barcha
baliqchilik xo‘jaliklarida keng tarqalgan boiib, ko‘proq tabiiy suv
havzalari: daryolar, suv omborlari, koilar va hovuzlarda uchraydi
(Safarova et all, 2015). Odatda baliqlaming remnetslar bilan omma-
viy zararlanishi suv havzalarida ro‘y beradi va bu esa o‘z navbatida
baliqlaming ko‘plab qirilib ketishiga sabab boiadi. Buning natija
sida bunday suv havzalarida baliq mahsuldorligi keskin kamayib
ketadi. Bundan tashqari, ligulyoz va digrammoz baliq mahsulotining
sifatiga va baliq zaxiralarining qayta ishlab chiqarilishiga kuchli
ta’sir etadi.
Qo‘zg‘atuvchilari. Ligulyoz qo‘zg4atuvchisi
Ligula intestina-
lis,
digrammoz qo‘zg‘atuvchisi esa
Digramma internipta
sestoda-
larining lichinkalari (plerotserkoidlari) hisoblanadi. Lichinkalar -
137
yirik tasmasimon shaklda bo‘lib (10-rasm), uzunligi 3-120 sm va eni
0.5-1.7 sm. Lichinkalar tanasining tashqi tomoni bo‘g‘imlarga
bo‘lmganligi sezilmaydi, ammo ichki metameriya aniq biiinadi.
Tanasining old qismi yumaloqlashgan. Bo‘yinchasi aniq emas.
10-rasm.
Ligula untestinalis
plerotserkoidi (original material).
Qo‘zg‘afuvchilarining rivojlanishi. Sestodalaming rivojlanishi
murakkab bo‘lib, asosiy va ikkita oraliq xo‘jayin ishtirokida amalga
oshadi (11-rasm).
Voyaga yetgan sestodalar baliqxo‘r qushlar (baliqchilar, qo‘n-
g‘irlar, qoravoylar, qarqaralar va b.) ning ichagida parazitlik qiladi.
Tuxumlari qushlarning axlati bilan tashqi muhitga chiqadi. 10-25°C
haroratda 5-15 kun ichida tuxumda embrional lichinka koratsidiylar
shakllanadi. Koratsidiylar odatda tuxum ichidan kunning maksimal
yorug‘ vaqtida chiqadi. Ular yumaloq shaklda, ichida uch juft
138
ilmoqchalarga ega onkosfera bo'ladi. Birinchi oraliq xo‘jayinlar -
quyi qisqichbaqalar, sikloplar va diaptomuslar koratsidiyiami yutib
yuboradi.
11-rasm.
Ligula intestinalis
va
Digramma interrupta
sestodalarining
rivojlanish bosqichlari/
Ulaming ichagida koratsidiydan onkosfera chiqib, ilmoqchalari
yordamida oraliq xo‘jayin tana bo‘shlig‘iga o ‘tib oladi va 12-14
kundan so‘ng 230-260 nikm olchamdagi invazion protserkoidga
aylanadi. Protserkoid bilan zararlangan qisqichbaqasimoniarni
parazitning ikkinchi oraliq xo‘jayini - baliqlar oziqa bilan yutib
yuboradi. Baliqlar ichagidan protserkoid tana bo‘shlig‘iga o ‘tib
oladi va plerotserkoid bosqichiga aylanadi. Plerotserkoidlar o‘l-
chamlari ancha yirik bo‘lib, invazion bosqichga yetadi. Adabiyot-
lardagi ma’lumotlar bo‘yicha, plerotserkoidlar baliqlar organizmida
uch yil va undan ham ko‘proq yashashi mumkin. Plerotserkoid bilan
zararlangan baliqlarni qushlar yeyishi natijasida, ulaming ichagida
139
3-5 kundan so‘ng lichinkalar jinsiy voyaga yetadi va tashqi muhitga
tuxum ajratib chiqara boshlaydi.
Epizootologik m a’lumotlar. Ligulidozlar - tabiiy-o‘choqli
kasallik bo‘lib, chuchuk suv baliqlarining 47 turi, asosan karpsimon
baliqlar (lesh, oddiy qizil ko‘z, do‘ngpeshona, kumush tovonbaliq
va boshqalar) kasallanadi. Bu baliqlar asosan zooplanktonlar bilan
oziqlanadi. Binobarin, ular siklop va diaptomuslar (oraliq xo‘ja-
yinlar) bilan ham oziqlanadi.
Tabiiy suv havzalarida qamishzorlar va boshqa o‘simliklar
o ‘sadigan joylarda ko‘plab suvda suzuvchi qushlar - asosiy
xo‘jayinlar uya qo‘yadi va bunday joylarda kasallik tez-tez uchrab
turadi. Invaziya ekstensivligi ba’zan 40-60
%
gacha, invaziya
intensivligi 1-2 tadan 45 tagacha yetadi. Baliqlarning ko‘plab
zararlanishi va nobud boiishi bahor va yoz oylarida kuzatiladi.
Bizning
tadqiqotlarimizda
karpsimon
baliqlari
Ligula
intestinal is
sestodasi bilan zararlanishi Sirdaryo o‘rta oqimi suv
havzalarida inyaziya ekstensivligi 9.3% ni, invaziya intensivligi 7.1
nusxani, Chirchiq daryosida esa invaziya ekstensivligi 11.5% ni,
invaziya intensivligi 6.4 nusxani, Aydar-Amasoy koilar tizimida
invaziya ekstensivligi 38.3% ni, invaziya intensivligi 1.6 nusxani,
Baliqchilik xo‘jaliklarida esa invaziya ekstensivligi 11.5% ni,
invaziya intensivligi 6.3 nusxani tashkil etishi qayd etildi.
Karpsimon baliqlarning
Digramma interrupta
sestodasi bilan
zararlanishi Sirdaryo o‘rta oqimi suv havzalarida invaziya
ekstensivligi 17.6% ni, invaziya intensivligi 4.2 nusxani, Chirchiq
daryosida esa invaziya ekstensivligi 16.8% ni, invaziya intensivligi
4.3 nusxani, Baliqchilik xo‘jaliklarida esa invaziya ekstensivligi
9.5% ni, invaziya intensivligi 6.4 nusxani tashkil etishi kuzatildi.
Kasallik belgilari. Kasallangan baliq suv yuzasiga qalqib
chiqadi, uning qorinchasi shishgan boiadi. Oziqlanishdan to‘xtaydi,
kuchli oriqlab ketadi, sogiom baliqlarga nisbatan 20-50% ga
ogirligi kamayadi, yogiarning umumiy miqdori kamayadi. Rem-
netslar baliqlar qorin bo‘shlig‘ida joylashib, oicham i kattalashib,
ichki organiar (ayniqsa jigar, suzgich pufagi va jinsiy bezlar) ni
140
qattiq siqib
qo‘yadi va ularning funksiyasini buzadi.
Bu esa
o ‘z
navbatida, jinsiy
bezlaming
atrofiyasiga olib
keladi va
oqibatda
parazitar
kastratsiyaga sabab
bo‘ladi.
Parazitlarning
mexanik ta’siridan tashqari,
baliq
organizmiga
o'zlarining modda almashinuvi mahsulotlarini ajratib, intoksikatsi-
yaga
sababchi
bo‘ladi. Alohida organlar feoliyatini va umumiy
moddalar almashinuvini buzadi. Kasallangan baliqlar xavotirli hara-
katlar qiSa boshlaydi. Shuning uchun ham baliqlar ligulyozi
ba’zan
“baliqlar quturishi”
deb ham ataladi.
Bu
hoi parazitning qo‘shimcha
va asosiy xo‘jayinSari kontaktini osonlashtiradi (12-rasm).
12-rasm.
Digrammoz
bilan
zararlangan vostrobryushka.
Ayrim paytlarda plerotserkoidlar baliq tana bo‘shlig‘ini
to‘ldirib, uning devorlarini yorib suvga chiqish hollari kuzatiladi.
Bunday hollarda baliqlar halok boiadi. Suvga chiqqan lichinkalar
10
kungacha o‘z hayotchanligini saqlab qolishi mumkin.
Ligulidozlardan olgan baliq tanasi oriqlagan, muskullari
xiralashgan, suv yuzasida qorin qismi tepaga boigan holda qalqib
turadi. O igan baliqlami osonlik bilan tutib olish mumkin va ular
baliqxoi* qushlar uchun o‘lja bo‘ladi.
141
Diagnoz. Ligulyoz va digrammozga tashxis klinik belgilari va
baliqlarni yorib ko‘rganda, ulaming qorin bo‘shlig‘ida plerotser-
koidlami topish orqali qo‘yiladi (13-rasm).
13-rasm. Ligulyoz bilan zararlangan baliq.
Qarshi kurash choralari. Baliqlarning ligulyoz va digram-
mozini profilaktika qilishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish
lozim:
> baliqchilik xo‘jaliklarida baliqxo‘r qushlarni, xususan, oddiy
baliqchilami
{Larus ridibundus)
cho‘chitishni tashkil etish va shu
yo‘l bilan ulaming uya qo‘yishiga imkon bermaslik lozim;
> baliqchilik ahamiyatiga ega bo‘lgan ko‘Harda va suv
havzalarida baliqchi qushlaming koloniyasi ko‘chib kelishining
oldini olish kerak;
> baliqxo‘r qushlaming uya qo'yishini oldini olish maqsadida
suv havzalari atrofidagi baland o‘sgan o‘tlar o‘rib tashlanadi;
> suv havzalarida ligulidozlar bilan zararlangan baliqlar
uchrasa, sun’iy koilarda suv sathini pasaytirish va barcha baliqlarni
142
tutib, boshqa suv havzasiga olish tavsiya etiladi; suv havzasi tubi
quritiladi va ishlov beriladi; kelgusi yilda sogiom suv havzalariga
baliq chavoqlari (uvildiriqlari) tashlanadi;
>
kasallangan baliqlar to‘plangan joylar aniqlanadi va ulami
tutish tashkil etiladi. Kasallangan baliqlar suv havzalaridan yo'qo-
tiladi;
> ligulyoz bo‘yicha nosogiom xo‘jaliklarda sudak (
Stizo-
stedion lucioperca)
ni ko‘paytirish tavsiya etiladi. Chunki bu baliq
turi invaziyalarga chalinmaydi;
> kasallangan baliqlarning ichak chovog‘i olib tashlangandan
keyin, ularni hech qanday cheklovlarsiz iste’mol qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |