Epizootologik ma’lumotlar.
Diplostomoz barcha suv havza
larida, kollar, daryolar, hovuzlar, suv omborlarida keng tarqalgan.
153
Bu kasallikka karp, lesh, oddiy qizil ko‘z, o!abug‘a, oq sla, nalim,
cho'rtan baliq, gulbaliq, tovon baliq, oq amur, do‘ng peshona baliq
va boshqa baliqlar moyil hisoblanadi. Turli yoshdagi guruhlari ka
sallanadi, lekin ko‘proq yosh baliqlar o‘rtasida kasallik uchraydi.
Invaziya manbai bo‘lib suv havzalarida qishlab chiqqan lichinka bi
lan zararlangan molluskalar va metatserkariyalar bilan zararlangan
baliqlar hisoblanadi. Diplostomozning tarqalishida baliqchi qushlar
asosiy o‘rin tutadi, chunki ular bir suv havzasidan boshqa suv
havzasiga uchib o‘tib, gelmint tuxumlarini tarqatadi. Zararlangan
molluskalar va serkariyalar suv oqimi bilan boshqa suv havzalariga
o ‘tib, invaziyaning tarqalishiga sababchi bo‘ladi. Diplostornoz bilan
kasallanish ko‘proq bahor, yoz mavsumlariga to‘g‘ri keladi.
Bizning tadqiqotlarimiz bo‘yicha karpsimon baliqlaming
diplostornoz bilan zararlanishi Sirdaryo o‘rta oqimi suv havzalarida
2.6% ni, invaziya intensivligi esa 14.4 nusxani, Chirchiq daryosida
2.1% ni, invaziya intensivligi esa 17.4 nusxani, Aydar-Amasoy
ko‘llar sistemasida 1.5% ni, invaziya intensivligi esa 19.0 nusxani,
baliqchilik xo‘jaliklarida esa 1.9% ni, invaziya intensivligi esa 17.0
nusxani tashkil etishi kuzatilmoqda (Safarova va b., 2014).
Hovuz xo‘jaliklarida diplostornoz ko‘proq baliq chavoqlari
o ‘rtasida uchraydi. Baliq urchitish havzalarida zararlangan mollus
kalar qishlaydi, ular bahorda juda ko‘p miqdorda serkariyalar ajratib
chiqara boshlaydi, bunday havzalarga tushgan baliq chavoqlari
diplostornoz bilan zararlanadi. Invaziya ekstensivligi va intensivligi
tez suratlar bilan o'sib boradi va 80-100% gacha yetishi mumkin.
Yosh baliqchalar o‘lishi boshlanadi. Kasallikka ko‘proq gulbaliq, oq
amur, do‘ng peshona baliqlar chalinadi.
Patogenez va kasallik belgilari. Metatserkariyalar o'zining
so‘rg‘ichlari yordamida ko‘z gavharini shikastlaydi va yaliig‘lanish
jarayoni yuzaga keladi. Ko‘z gavharining ohaklanishi natijasida
uning xiralashishi kelib chiqadi. Ko‘zning ko'rish funksiyasi to‘liq
yoki qisman buziladi.
Lichinkaning ko‘z gavharida parazitlik qilishi natijasida yallig4-
lanish jarayoni paydo boTadi, bu esa o‘z navbatida ko‘z gavharining
154
xiralashishiga va ko‘z ichki kamerasiga yorug‘lik olishining
qiyinlashishiga olib keladi. Ko‘z kamerasining oldingi qismida
ekssudat to‘planadi, uning bosimi ta’sirida ko‘zning muguz pardasi
bo‘rtib chiqadi va ko‘z chaqchayib qoladi. Shikastlangan ko‘z
gavhari shakli o‘zgaradi va ko‘zning muguz pardasi yorilishi
natijasida tashqariga chiqib qoladi. Natijada baliqlar ko‘r bo‘lib
qoladi, normal oziqalanishi buziladi, ozib ketadi va o‘ladi yoki
baliqchi qushlarga o‘lja bo‘ladi. Ba’zan metatserkariyalar ko‘zning
shishasimon tanasida ham joylashishi mumkin. Diplostomoz o‘tkir
va surunkali kechadi.
0 ‘tk ir kechishi yosh baliqlar o ‘rtasida kuzatiladi. Ularda
serkariyalarning baliq tanasiga kirishi va migratsiyasi natijasida nerv
markazlarining jarohatlanish belgilari kuzatiladi. Serkariyalar teri
qoplamasi orqali o‘tib, uni jarohatlaydi, nuqtali qon qo‘yilishlar,
tanada qoraygan joylar va umurtqaning qiyshayish holatlari
kuzatiladi. Baliq chavoqlari xulq-atvorida bezovtalik qayd etiladi:
ular tez va tartibsiz harakatlar qilib suza boshlaydi, gohida suv
havzasi tubiga tushadi, gohida esa suv yuzasiga kolariladi va qisqa
muddatda nobud bo‘ladi. Karp lichinkalari tanasiga 5-7 serkariyalar
kirganida nobud bo‘lishi mumkin. 7-10 kunlik lichinkalar tanasiga
10-12 serkariyalar kirganida 70-85 foizi nobud bo‘ladi. Bir oylik
chavoqlar 85-100 ta serkariya bilan zararlanganda nobud boiadi.
Demak, baliqlarning har xil turlari serkariyalarning kirishiga turlicha
javob reaksiyasini qaytaradi. Masalan, yosh gulbaliqlar uchun
serkariyalarning oldiruvchi dozasi shu yoshdagi karplarga nisbatan
2
marotaba ko‘p boiadi, yosh pelyadlar uchun esa serkariyalarning
oldiruvchi dozasi esa 3-4 marotaba ko‘p boiadi.
Surunkali kechishi ko‘proq katta yoshdagi baliqlar uchun xos.
Yosh baliqlarda kuchsiz invaziya intensivligida kuzatilishi mumkin.
Yaqqol namoyon boigan klinik belgilar kuzatilmaydi, ammo ko‘z
gavharida joylashgan metatserkariylar ko‘rish funksiyasini qisman
buzilishiga olib kelishi mumkin. Bunda baliqlar oziqalanishi
buziladi, o ‘sish va rivojlanishdan orqada qoladi. Zararlanmagan
baliqlarga nisbatan vazni bir necha barobar kam boiadi.
155
Kasallangan baliqlar suv yuzasida ko‘proq muddat boiadi va
shuning uchun ular baliqchi qushlar uchun o lja boiib hisoblanadi.
Diplostomoz baliq xo‘jaliklariga ma’lum miqdorda iqtisodiy zarar
yetkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |