1929 lin turdagi baliqlarda esa har ikkala turdagi zamburug'lar
parazitlik qilishadi.
Branchiomyces sanguinis
- spetsifik qon paraziti hisoblanadi.
Zamburug4 laming giflari (ichidagi xuddi tuxumga o'xshash
pushtlari) kuchli shoxlangan bo‘lib, qalinligi 8-30 mkm, uzunligi
10-15 mkm gateng (1-rasm).
Ular kurtak shaklida, odatda, yupqa bo‘lib, spora hosil qilgamda
esa qalinlashadi. Kuchli shoxlangan (tarmoqlangan) giflar faqat
jabraning qon tomirlarida joylashadi hamda jabraning boMmalarida
va nafas olish organimng burmalarida bo‘ladi.
Branchiomyces
demigrans
zamburag‘ining mitseliysi
daraxtsimon shoxlangan
giflardan iborat bo‘lib, po‘stlog‘i qalin ikki konturli membrana
shaklida, qalinligi 0,5-0,7 mkm, rivojlanishning oxirgi bosqichida
22-28 mkm gacha uzayadi. Gifning eni 13-15 mkm, Giflar dastlab
nafas oluvchi
qatlamlardagi kapillarlarda, so‘ngra esa vena qon
tomiriga kirib, uning yorilishi natijasida jabraning biriktiruvchi
to'qimasiga kirib oladi va u yerda o ‘sishi davom etadi.
1-rasm. Branxiomikoz qo‘zg‘atuvchilari
Branchiomyces sanguinis.
Epizootologik ma’lumotlar.
Bronxiomikoz qo‘zg‘atuvchisi
tabiatda keng tarqalgan. Biroq bu kasallikning epizootiya va
83
enzootiya ko‘rimshi tabiiy suv havzalarida qayd qilinmaydi. Kasal
lik, asosan, sun’iy suv havzalarida urchitiiayotgan
baliqlar orasida
kelib chiqadi, agarda bunday suv havzalarida qo‘zg‘atuvchining
rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjud bo‘lsa, bular, birinchidan,
hovuz va suv havzalari antisanitariya holatida va veterinariya-sanita-
riya madaniyati juda ham past darajada bo‘lganida kelib chiqadi.
Kasallikning epizootiya va enzootiya ko‘rinishi yozda, suvning
harorati
+22-f25
°C bo‘lganida kuzatiladi. Kasallikka zog‘ora baliq,
sazan va ularning gibridlari, tovonbaliq, qushbaliq, lin va cho‘r-
tanbaliqlar moyil. Yuqorida ko‘rsatilgan
baliqlarning barcha yosh-
dagilari kasallikka moyil, biroq 1-2 yoshdagilari ko‘proq zarar-
lanadi. Kasallik ularda o g ir ko‘rinishda kechib, o‘lim 46-71% ni
tashkil qiladi. Infeksiyaning asosiy manbai - bu kasal baliqlar,
kasallikdan o ‘lgan baliqlarning jasadlari
va parazit tashuvchi
baliqlardir. Zararlanish hovuzdagi balchiqlar orqali amalga oshadi.
Bir suv havzalaridan ikkinchisiga qo'zg‘atuvchilar kasal baliqlar
orqali yoki kasallanib sog‘aygan baliqlar orqali, yoinki nosogiom
xo‘jaliklaming suvlari orqali tarqaladi.
Kasallikning kelib chiqishi
va avj olishiga baliqlami to'yimsiz oziqalar bilan oziqlantirish, suv
oqimining pastligi, suv kamligi va suv havzalarining haddan
tashqari organik moddalar bilan ifloslanganligi
ham ancha yordam
beradi.
Kasallikning klinik belgilari. Kasallik juda ham og‘ir kechadi.
Kasallikning epizootik ko‘rinishi ko‘proq yozda kuzatilib, tashqi
muhitning haroratiga bogiiq holda 5-12 kun davom etadi, ya’ni
o‘tkir oqimi namoyon boiadi.
Kasallikning boshida
Do'stlaringiz bilan baham: