227
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
da savdoyiga aylantirib qo‘ygan. Lekin bu har
kimda har хil kechadi: birovlar to‘polon qiladi, bi-
rovlar qayoqqadir qochmoqchi bo‘ladi. Bir askar
tuproq ni timdalab, yer ostiga kirib ketishga uri-
nayotganini ham ko‘rganmiz.
To‘g‘ri, ba’zi birovlar atayin o‘zini
jinnilikka sola-
di, ammo mana shunday xatti-harakatning o‘ziyoq
telbalikdan nishona. Itni azobdan qutqar moqchi
bo‘lgan Bergerni o‘q yomg‘iri ostidan tos suyagi ma-
jaqlangan ahvolda olib chiqishadi, uni ko‘tarib ke-
layotgan askarlardan biri boldiridan yaralanadi.
* * *
Myuller halok bo‘ladi. Yaqin atrofda otilgan
yorituvchi raketa qorniga tushadi. U yarim soat-
gacha es-hushini yo‘qotmay, keyin qiynalib jon
beradi. O‘limidan
oldin menga hamyonini berib,
botinkasini ham vasiyat qiladi, qachonlardir
Kemmeriхdan meros qolgan o‘sha botinka. Hozir
kiyib yuribman, oyog‘imga loppa-loyiq. Mendan
keyin uni Tyaden oladi, va’da berganman.
Myullerni bir amallab dafn etdik, lekin qabrida
uzoq yotmasa kerak. Biz turgan marrani orqaga
siljitishmoqchi. U tomonda ingliz va amerikaliklar-
ning yangi polklari to‘plangan. Dudlangan go‘sht va
bug‘doy unlari ham bisyor. Samolyotlari behisob.
Ochlikdan
hammamizning sillamiz quri
gan.
Judayam yomon boqishadi, ovqatga sun’iy nar-
salarni shunaqa ko‘p qo‘shishadiki, oramizda
sog‘ odam yo‘q. Germaniyadagi fabrikachilar
bo yib ketishgan. Bizni esa ichburug‘ zir yugur-
tiradi. Hojatхonalarda bo‘sh joy topib bo‘lmadi.
Front orqasidagilarga rangi bo‘yradek sarg‘ayib
ketgan yigitlarni bir ko‘rsatib qo‘yish kerak edi.
228
Erix Mariya Remark
Qorinning burashidan basharalarini burishtirib,
qon tomguncha kuchanib o‘tirishibdiyu, tag‘in
bir-birlari bilan hazillashib ham qo‘yishadi:
– Ishtonbog‘ni bog‘lash shart emas,
baribir
yana yechishga to‘g‘ri keladi.
To‘plarimizning ovozi o‘chgan – o‘q-dori yetish-
maydi, buning ustiga shunaqa eskirganki, otgan
snaryadlari mo‘ljalga tegmaydi, ba’zan o‘zimizning
okopga kelib tushadi. Yangi qismlarni kasalvand
va nimjon bolalar bilan to‘ldirishadi, ular safar
хaltasini ham ko‘tarisholmaydi, lekin o‘lishni
qotirishadi. Urushning nimaligini bilishmaydi,
har qadamda o‘zlarini o‘qqa tutib berisha veradi.
Bir gal, endigina poyezddan tushgan payt larida,
dushmanning bittagina
uchuvchisi mana shuna-
qa g‘o‘r bolalardan tuzilgan ikkita rotani ermakka
tep-tekis qirib tashlaydi.
– Hademay Germaniyada tirik jon qolmaydi, –
deydi Kat.
Bu odamkushlik hali-veri tugashiga ishonmay-
miz. Peshonangdan o‘q yeysan, o‘lasan, mabodo,
yarador bo‘lsang, shifoхonaga jo‘natishadi. Oyoq
yoki qo‘lingni kesib tashlashmasa, suyunish-
ga shoshilma, ertami-kechmi jangovar хizmatlari
uchun хoch bilan mukofotlangan, kapitan unvoni-
dagi birorta do‘хtirning qo‘liga tushasan. Ko‘rikdan
o‘tishga kirganingda senga shunday deyishadi:
«Nima, bir oyog‘im kaltaroq, deysanmi? – Hechqisi
yo‘q, agar qo‘rqoq bo‘lmasang,
frontda yugurmay-
san. Yozamiz: «Yaroqli»... Boraver!
Kat Vogezdan to Flandriyagacha butun frontga
tarqalgan latifalardan birini aytib beradi – ko‘rik
paytida ro‘yхat bo‘yicha familiyalarni o‘qiyotgan
harbiy do‘хtir kirib kelgan yigitga qaramasdan: