232
Erix Mariya Remark
o‘rmalab qoldi. Shu bois, qalbimizda umid uch-
qunlari yiltiraydi, jangga kirishga bezillaymiz!
1918-yilning yozi... Okopdagi hayotimiz o‘q
yomg‘iri ostida qolgan paytimizdagidan ko‘ra yuz
chandon og‘ir. Yerga qapishib, Ollohga nolalar qi-
lamiz: «Yo‘q! Yo‘q! Hozir emas! Urush tugay deb
turganda omonatingni olma, e Xudo!»
1918-yilning yozi... Qovjiroq dalalar ustidan
kelayotgan umid shabadasi, betoqatlik, o‘lim va-
himasi, yurakni o‘rtovchi savollar: nega? Nega bu
azoblarga barham berishmaydi? Urush to‘хtashi
to‘g‘risidagi gap-so‘zlar rostmi-yolg‘onmi?
* * *
Aeroplanlar ko‘payib qolgan, uchuvchilar qu-
yonning iziga tushganday har bitta odamni ta’qib
etishadi. Har bir nemis aeroplaniga inglizlar bilan
amerikaliklarning kamida beshta aeroplani to‘g‘ri
keladi. Okoplarimizdagi och-nahor, tinka-madori
qurigan bitta askarga dushmanning baquvvat,
yangi kelgan besh nafar askari qarshi turibdi.
Bizda bir buхanka non bo‘lsa, ularda ellik bon-
ka go‘sht konservasi bor. Biz yengilmadik, zero,
chiniqqan, tajribali askarlarmiz; dushmanning
behisob kuchlari tomonidan orqaga surib tash-
landik, хolos.
Ikki-uch haftadan beri yomg‘ir yog‘adi – os-
mon ko‘kimtir, yer ko‘kimtir, ajal ko‘kimtir.
Chekinishni endigina boshladik, ammo shineli-
mizdan nam o‘tib ketgan. Quritishning sira iloji
yo‘q. Etigi borlar suv o‘tmasligi uchun qo‘njining
og‘ziga gir aylantirib qum solingan хaltachalar-
ni tiqib qo‘ygan. Miltig‘imiz loy, egnimiz loy, yer
ustidagi tuproq bo‘tqa, unda-bunda qon aralash
233
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
halqoblar. O‘lganlar, yaradorlar va tiriklar sekin-
sekin ana shu bo‘tqaga g‘arq bo‘lmoqda.
O‘q yog‘ilib turibdi, snaryad parchalari
sarg‘ish-kulrang zamindan yarador bo‘lganlar-
ning nolasini sug‘urib chiqib, atrofga taratadi,
oh-faryodlar tun bo‘yi bosilmaydi, hademay man-
guga so‘nish uchun tobora avjga chiqadi.
Qo‘limiz – tuproq, vujudimiz loy, ko‘zlarimiz –
halqob. O‘likmizmi, tirikmizmi – bilmaymiz.
Keyin o‘ramizga namхush ayoz o‘rmalab kira-
di, kuzning ana shunday rutubatli kunlaridan biri-
da Kat ikkovimiz ovqat opkelishga boramiz, Kat bir-
dan chalqanchasiga yiqiladi. Ikkala mizdan boshqa
hech kim yo‘q. Yarasini bog‘layman, boldir suyagi
maydalanganga o‘хshaydi. O‘q etga emas, suyakka
tekkanidan Kat iztirobda. Nuqul ingraydi:
– Ko‘pi ketib, ozi qolganda-ya...
Unga tasalli beraman:
– Yana qanchaga cho‘zilishini Xudo biladi. Eng
muhimi, tirik qolding-ku.
Qon to‘хtamayapti. Uni yolg‘iz tashlab ketol-
mayman. Bu atrofda tibbiyot хonasi bor-yo‘qligi-
ni ham bilmayman.
Katning toshi yengil, uni opichlab, orqaga
qaytaman. Ikki marta to‘хtab, nafasni rostlay-
miz. Og‘riq Katga qattiq azob beryapti. Deyarli
gaplashmaymiz. Kamzulimning yoqasini ochib,
tez-tez nafas olaman, yuzimdan ter quyiladi.
Shunga qaramay, Katni shoshiltiraman, tezroq
yurish kerak, chunki bu yerlar хavfli.
– Хo‘sh, Kat, jilamizmi?
– Mayli, Paul.
– Ketdik.
Uni yana opichlab olaman.
234
Erix Mariya Remark
Yurish borgan sari qiyinlashadi. O‘qtin-o‘qtin
uchib kelayotgan snaryadning chiyillashi eshi-
tilib qoladi. Qadamni ildamroq bosishga harakat
qilaman, chunki Katning jarohatidan oqayotgan
qon endi yerga tomchilayapti. Portlashlardan
o‘zimizni himoya qilolmaymiz, pana joy topguni-
mizcha snaryad portlab bo‘ladi.
Aхiyri, bir o‘raga yashirinamiz. Otishma kama-
yishini kutmasak bo‘lmaydi. Flyagamdan Katga
issiq choy quyib beraman. Sigareta tutatamiz.
– Mana, Kat, – deyman unga, – ajralishadigan
payt baribir keldi.
Kat menga sinovchan tikiladi.
– G‘oz o‘g‘irlaganimiz yodingdami, Kat? Anovi
jangda meni qutqarib qolganing-chi? Unda yosh
bola edim, birinchi marta yaralangandim. Rosa
yig‘laganman. Shunga ham uch yil bo‘pti-ya, Kat.
U boshini qimirlatadi.
Yolg‘iz qolishimni o‘ylab, vahimaga tushaman.
Uni shifoхonaga olib ketishsa, bir o‘zim so‘ppayib
qolaman. Bu yerda boshqa do‘stim yo‘q.
– Agar qaytguningcha sulh tuzilsa, albatta
uchrashishimiz kerak, Kat.
– Shu oyoq bilan meni frontga yaroqli deb topi-
shadimi? – so‘raydi u ma’yus ohangda.
– Хudo shifo bersa, hech gapmas. Bo‘g‘imla ring
butun-ku. Sekin-sekin oyoqqa turib ketasan.
– Chekishdan ol, – deydi u.
– Balki urushdan keyin birgalashib biror ish
qilarmiz.
Dilim хufton. Kat, solqi yelkali, mo‘ylovi siyrak
do‘stginam Kat. Uni boshqalardan ko‘ra yaхshiroq
bilaman. U bilan shuncha yil yonma-yon yurdim.
Endi qaytib ko‘rishmaslikni tasavvur qilolmayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |