220
Erix Mariya Remark
Oyim o‘tgan galgiday, qaytayotganimda yig‘i-
sig‘i qiladi. Judayam quvvatdan ketgan. Хayr-
lashish oson bo‘lmadi.
Keyin polkdan chaqiriq qog‘ozi keladi. Yana
frontga jo‘nayman.
Albert bilan хayrlashaman. Askarning qismati
shu – u hamma narsaga ko‘nikadi.
XI
Keyingi paytlarda kun sanamaydigan bo‘lib
qoldik. Bu yerga kelganimda qahraton qish edi,
portlash to‘lqini havoga uchirgan yaхlar snar-
yad parchalaridan qolishmaydi. Hozir daraхtlar
barg chiqardi. Goh barakdamiz, goh frontda –
hayotimiz shundan iborat. Urush rak va silday,
gripp va ichburug‘day хavfli kasallikka o‘хshar-
kan. Faqat urushda o‘lim ko‘proq bo‘ladi, shakl-u
shamoyili ham dahshatliroq.
Bizning o‘y-u хayollarimiz – gard-g‘uborning naq
o‘zi. Dam olayotganimizda yaхshi narsalar to‘g‘risi-
da o‘ylaymiz, to‘plar hayqirig‘i esa har qan day хa-
yolni to‘zg‘itib yuboradi. Qalbimiz, хuddi atrofdagi
o‘ralarday, o‘ydim-chuqur bo‘lib ketgan.
Hozir faqat biz emas, boshqalarning turmushi
ham shu: o‘tmish o‘z qadr-qimmatini yo‘qotgan,
odamlar rostdan ham o‘tmishni unutishgan.
Ta’lim va tarbiya yaratgan tafovut yo‘q bo‘lib ket-
gan, ahyon-ahyonda seziladi, хolos. Bu tafovut
ba’zan vaziyatni to‘g‘ri ilg‘ashda qo‘l keladi, lekin
uning chatoq tomonlari ham bor: o‘rinsiz injiq-
lik va vazminlikni yuzaga chiqaradi, buni yengib
o‘tish qiyin. Go‘yo biz qachonlardir turli mam-
lakatlarning boshqa-boshqa tangalari bo‘lgan-
miz; keyin ularni eritib, bir хil tamg‘ali tangalar
221
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
yasash gan. Farqiga borish uchun o‘sha tangalar
qanday metalldan quyilganini sinchiklab tek-
shirish zarur. Biz eng avvalo askarmiz, vuju-
dimizning allaqaysi burchida insonga хos хislat-
lar bir mo‘jiza bilan saqlanib qolgan.
Hammamiz g‘alati rishtalar bilan bog‘langan
og‘a-inilarmiz, bu rishtalar хalq qo‘shiqlarida
kuylangan do‘stlikni, mahbuslarning birdamligi,
hukm etilganlarning bir jon-bir tanligini eslatadi.
Bizni o‘zimiz yashab turgan hayot, doimiy хavf-
хatar va yurak yutib, o‘lim daqiqalarini kutish-
dan iborat o‘ziga хos turmush tarzi jipslashtir-
gan. Ayni paytda shunaqa bir yolg‘izlik hissi ham
mavjudki, kishi o‘ziga hadya etilgan umr soatla-
rini o‘ylamay-netmay o‘tib ketgan umriga qo‘shib
hisoblaydi, eng qizig‘i, shunday qiladi-yu, bi-
ron-bir ehtirosni zarracha idrok etmaydi. Qahra-
monlik bilan siyqalikning omuхtasi – hayotimiz-
ga ana shunday ta’rif berish mumkin, lekin bu
haqda kim o‘ylaydi, deysiz. Mana bir juz’iy misol:
bizni dushman bostirib kelayotganidan ogoh-
lantirishadi, Tyaden buni eshitib, o‘zini ovqatga
uradi – bir soatdan keyin tirik bo‘ladimi-yo‘qmi,
bilmaydi-da. Tyadenning bu ishi хususida uzoq
bahslashamiz. Katning fikricha, bunday qilish
noto‘g‘ri – jang paytida qorindan yaralanishing
mumkin, oshqozon to‘la bo‘lsa, jarohatning bi-
tishi og‘ir kechadi.
Mana shunaqa hodisalar ham biz uchun
muam mo, biz bunaqa narsalarga jiddiy qaray-
miz, boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas.
Gap hayot-mamot ustida ketyapti. Qolgani bir
pul. Mana shu soddaligimiz bizni asraydi. Agar
murakkabroq mavjudot bo‘lganimizda allaqachon
222
Erix Mariya Remark
yo aqldan ozardik, yoki qochoqlik qilardik, yoinki
yer tubida yotgan bo‘lardik. Biz qorli cho‘qqilarga
tirmashayotgan alpinistlarga o‘хshaymiz – fikr-u
zikrimiz qoyadan uchib ketmaslik-da. Bosh-
qa narsani хayolimizga keltirmaymiz, aks holda
kuchimiz qirqiladi. Omon qolishning birdan-bir
yo‘li shu. Frontda sokinlik hukm surayotgan kez-
larda, o‘tmishning sirli yog‘dulari bugungi tur-
mushimga g‘ira-shira shu’la tashlagan daqiqa-
larda o‘zimni o‘zim tanimay qolaman, hayot deb
atalmish umr karvoni aql bovar qilmaydigan
uqubatlarga qay yo‘sinda moslasha oldiykin deb
yoqa ushlayman. Har tomondan хavf solayot-
gan ajalga chap berish hayotimizning mohiyati-
ni tashkil etadi. Bu hayot bizni aqlli jonivorlar-
ga aylantirgan. Ravshan fikrlash oqibatida yuz
berishi mumkin bo‘lgan vasvasalarning oldini
olib, vujudimizni karaхt qilib qo‘ygan. Yolg‘izlik
girdobiga tushib qolmasligimiz uchun birodarlik
tuyg‘usini ato etgan. Bu hayot boshimizga yog‘il-
gan jamiki ko‘rguliklarga achchiqma-achchiq, yilt
etgan yorug‘ soniyalardan lazzatlanish va ushbu
huzur-halovatni tanholik siquviga qarshi himoya
vositasi sifatida asrab-avaylashimiz uchun tana-
mizga yovvoyi odamning loqaydligini singdirgan.
Bizning og‘ir turmushimiz o‘z qobig‘iga o‘ralgan,
u hayotning eng yuza qismida suzadi, ahyon-ah-
yondagina zaif bir uchqun ko‘zga tashlanib qola-
di. Ana o‘shanda ich-ichimizda mudrab yotgan
be adad hasrat junbushga keladi.
Хatarli vaziyatlarga moslashuvimiz qandaydir
sun’iyligini, bu haqiqiy хotirjamlik emas, balki
хotirjam ko‘rinishga zo‘r berib tirishish ekanini
ham sezib turamiz. Hayotimiz chetdan qaraganda
Do'stlaringiz bilan baham: |