Konstruksiyasi hisobi asoslari



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
Sana22.11.2019
Hajmi1,24 Mb.
#26846
Bog'liq
xrpt c6u05f18s9imcgt0b3r6o92ny3jclr5olonguedccmoft0fv3ypgvhvja6llmf2zuf6fj0immzt


O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI

OLIY  VA  O‘RTA  MAXSUS  TA’LIM  VAZIRLIGI

O‘RTA  MAXSUS,  KASB-HUNAR  TA’LIMI  MARKAZI

Sh.R. Nizomov, S.A.Yusufxo‘jayev

QURILISH

KONSTRUKSIYASI

 HISOBI ASOSLARI

Kasb-hunar kollejlari uchun darslik

TOSHKENT


«NOSHIR»

2013


2

UO‘K:69 (075).



KBK: 24.4

M-31

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv metodik birlashma lar 

faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash nashrga tavsiya etgan. 

Nizomov, Sh.R.   

Qurilish konstruksiyasi hisobi asoslari. 

 

Sh.R.  Nizomov,   



S.A.Yusufxo‘jayev: 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus 

ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim markazi. – Toshkent : 

Noshir, 2013. – 288 b.



Taqrizchilar:

A.A.Xodjayev– texnika fanlari doktori, proffesor, (TAQI)

I.U.Ibragimov– pedogogika fanlari nomzodi, dotset(Toshkent 

qurilish kammunal kasb-hunar kolleji)  

Mazkur darslikda qurlish amaliyotida metall, temirbeton, tosh-g‘isht va  

yog‘och konstruksiyalaring qo‘llanishi, ularni hisoblash va konstruksiyalarini 

lohalashni o‘rganish, turli xildagi konstruksiyalar, bino va inshootlarining texnik 

holatini tekshirish va baholay olish, yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar haqida 

ma'lumotlari keltirilgan.

Ushbu darslik kasb-hunar kollejlari 3580303-„Turar joy va jamoat binolarida 

foydalanish va ro‘yxatdan o‘tkazish“ mutaxassisligi haqida qurilishga oid 

ixtisoslik bo‘yicha ta'lim olayotgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. 

ISBN: 978 -9943-4198-4-1

UO‘K: 


КBK:

3

© «NOSHIR» nashriyoti, 2013



SO‘ZBOSHI

Qurilish konstruksiyalari fani muhandislarni shakllantiradigan 

fanlardan biri bo‘lib, uning asoslarini chuqur o‘zlashtirmoq har 

qanday binokor uchun zarurdir.

Qurilish konstruksiyalarini loyihalash nazariyasi texnika  fanlari 

sohalaridan biri bo‘lib, tejamkor va mustahkam elementlar yaratish 

ustida ish olib boradi.

Mustahkamlik, bikrlik hamda ko‘pga chidamlilik qurilish 

konstruksiyalariga qo‘yiladigan asosiy talablardir. Binokor kons-

truksiyaning shunday yechimini topishi kerakki, bunda konstruk  -

siya ham yuqoridagi talablarga javob bersin, ham tejamli bo‘lsin. Bu 

esa masalani samarali loyihalash muammosiga olib keladi. Qurilish 

konstruksiyalarini loyihalash nazariyasi tatbiqiy fan bo‘lganligi 

sababli mexanika, matematika, materiallar qarshiligi singari asosiy 

tabiiy fanlarning qonun-qoidalariga asoslanadi.

Qurilish tajribasi shuni ko‘rsatdiki, hozirgi zamon kapital qu-

rilishining asosini qurilish konstruksiyalari tashkil etadi. Demak, 

binokorlar oldida qurilish konstruksiyalarining texnik-iqtisodiy 

ko‘rsatkichlarini yaxshilash, buyumlarning tannarxini arzonlashti- 

rishdek  muhim  vazifa  turibdi.  Bu  vazifani  ijobiy  hal  etish  uchun  quri  -                                                                                                                                   

lish konstruksiyalariga daxldor bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlarni 

chuqur o‘rganish talab etiladi.

Darslik  olti  qismdan iborat:

Birinchi qism «Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loy-

ihalashning qonun-qoidalari».

Ikkinchi qism«Metall konstruksiyalar»

Uchinchi qism«Temirbeton konstruksiyalar»

To‘rtinchi qism « Tosh va armotosh konstruksiyalar»

Beshinchi qism « Yog‘och konstruksiyalar»


4

Oltinchi qism «Zamin va poydevorlar»   konstruksiyalarini 

hisoblash va loyihalashning nazariy va amaliy masalalarini o‘z 

ichiga olgan bo‘lib, unda konstruksiyalarini loyihalash asoslari, 

yuklar va ta’sirlar, konstruksiyalarini chegaraviy holatlar bo‘yicha 

hisoblash usullari yoritilgan.

Mazkur darslik, “Qurilish konstruksiyalarni hisoblash  asoslari” 

fanini o‘rganishdan maqsad–bo‘lajak mutaxassis qurilish amaliyoti -                                                                                                                                                

da metall, temirbeton, tosh-g‘isht, yog‘och konstruksiyalarining 

qo‘llanilishiga doir bilimlarni egallashi, ularni hisoblash va 

konstruksiyalashni o‘rganishi, turli xildagi konstruksiyalar, bino 

va inshootlarning texnik holatini tekshirish va baholay olishi, yuk 

ko‘taruvchi elementlarni zamonaviy va kelajakda uchraydigan 

konstruktiv xillari bilan tanishtiradi va ulardagi hosil bo‘ladigan 

kuchlanganlik holatini aniqlaydi. Elementlarda yuklar eng noqulay 

birgalikda ta’sir etishligidan hosil bo‘ladigan hisobiy kuchni 

aniqlashni va shunga mos samarali kesim yuzani tanlashni o‘rgatadi.

Nazariy mavzular yanada tushunarli bo‘lishi uchun darslikda 

misol va masalalar yechishga keng o‘rin berilgan va shularga 

tegishli bo‘lgan rasm, jadval va sxemalar keltirilgan.

Mazkur darslikning 2, 3, 4, 5, 6, 7 - boblari  Q.A.Saydullayev, 

11, 12, 13, 14 boblari Sh.R. Nizomov, so‘z boshi, kirish  1, 8, 9, 

10-boblar S.A. Yusufxo‘jayevlar, 15,16,17,18,19,20,21-boblar esa  

Sh.R. Nizomov va S.A. Yusufxo‘jayevlar tomonidan birgalikda 

yozildi.

Darslikning sifatini yaxshilash yuzasidan bildiriladigan barcha 

fikr -mulohazalar mualliflar tomonidag minnatdorchilik bilan qabul 

qilinadi.

  


5

 

 KIRISH



Qurilish sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil 

etishni takomillashtirish va sifatini oshirish hozirgi kunda ta’lim 

mazmunini tashkil qiladi. Chunki, ta’lim muassasasida olingan 

ilm kelajakda mutaxassisning salohiyatini va jamiyatdagi o‘rnini 

belgilaydi. 

Mamlakatimizning ishlab chiqarishiga zamonaviy texnologiya-

larning kirib kelishi va ularning talablariga  javob beradigan bino 

va inshootlarni loyihalash talab etiladi. Buning uchun binokor 

quruvchi kadrlar yetarli bilim saviyasiga ega bo‘lishlari lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009- 

yil 20-martdagi 80 - sonli “O‘rta maxsus, kasb - hunar ta’limi 

muassasalari uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish 

dasturi to‘g‘risidagi” qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida 

Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Qurilish konstruksiyalari” 

kafedrasida shu soha bo‘yicha ko‘p yillik tajribalariga tayangan 

holda “Qurilish konstruksiyalarni hisoblash  asoslari” fanidan 

darslik yaratildi.

Mazkur darslikning maqsadi o‘quvchiga qurilish konstruksiya-

larini hisoblash usullari va loyihalash asoslarini o‘rgatishdan iboratdir. 

Bunda konstruksiyaning  yuk ko‘tarish qobiliyatini aniqlash, yangi kon-                                                                                                                                             

struktiv yechimlarni ishlab chiqishda, seysmik hududlarda binolar-

ning umrboqiyligini ta’minlash hamda konstruksiyalarning tashqi 

omillarga bo‘lgan ta’siri o‘rganiladi.

Mustahkamlik, bikrlik hamda ko‘pga chidamlilik qurilish 

konstruksiyalariga qo‘yiladigan asosiy talablardir. Binokor - 

quruvchi konstruksiyaning shunday yechimini topishi kerakki, bunda 

konstruksiya ham yuqoridagi talablarga javob bersin, ham tejamli 

bo‘lsin. Bu esa masalani optimal loyihalash muammosiga olib keladi. 



6

Darslikning metall konstruksiyalari qismida dotsent Q.A 

Saydullayev. Yog‘och konstruksiyalari'' qismida dotsent S Tursunov 

vaY. M. Mahkamov hamdazamin va poydevorlar'' qismida esa dotsent 

S.S Sayfutdinov tomonidan qilingan ilmiy ishlar  matinlaridan 

foydalanildi. 

Mualliflar  darslikni  tayyorlashda  va  matnni  kompyuterga 

kiritishda yordamlashgan assistent R.Q. Jumaniyozovga o‘zlarining 

samimiy minnatdorchiliklarini bildiradilar.

Kitobda birliklarning Xalqaro tizimi (SI) dan hamda ST SEV     

1565-79 ning va ISO 3898 raqamli “Belgilar va asosiy ramzlar” 

Xalqaro standartlarning yangi tizimidan foydalanildi.

Darslik 3580303 – “Turar joy va jamoat binolaridan foydalanish 

va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish inspektori” akademik litsey va kasb-

hunar kolleji o‘quvchilari hamda undan qurilish sohasi bo‘yicha 

ta’lim olayotgan kollej o‘quvchilar ham foydalanishlari mumkin.



7

1-QISM. QURILISH KONSTRUKSIYALARI HISOBI

  1-BOB. QURILISH KONSTRUKSIYALARINI 

HISOBLASH VA LOYIHALASH TARTIBI

 1.1. Konstruksiyalarni hisoblash va loyihalashning maqsadi 

va vazifalari

Qurilish konstruksiyalari loyihalash deganda, ularning statik 

(yoki dinamik) kuchlarga, elementning kesim yuzasini hisoblash 

va loyihalash tushuniladi. 

Umuman qurilish konstruksiyalarini hisoblash ikki bosqichdan 

iborat: 


1.Elementlardagi kuchlanishni aniqlash va bu kuchlanish asosida 

kesim yuzasini topish;

2.Konstruksiyaning egilishini me’yoridan oshmasligini tekshi-

rish Loyihalangan konstruksiyalarning samaradorligi ularning tex-

nik - iqtisodiy ko‘rsatkichlari darajasiga qarab baholanadi.

Beton qurilish materiallari ichida eng ko‘p qo‘llaniladi. Beton 

narxi boshqa  materiallarga nisbatan ancha arzon. Zero uning mexanik 

xususiyati po‘latnikiga qaraganda ancha farq qiladi. Bunday holatda 

betonga teng keladigan material yo‘q. Uning tarkibiga hamma yerda 

mavjud bo‘lgan mahalliy materiallar kiradi. Yana bir ma’qul bo‘lgan 

tomoni shundan iboratki, beton mustahkamligi yildan yilga ortib 

boradi. Bu xususiyat temirbeton konstruksiyalarining uzoq davrga 

chidamli ekanligini ko‘rsatadi. Betonning arxitektura va konstruktiv 

imkoniyatlari haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

Hisoblashda ko‘zda tutilgan asosiy maqsad, temirbeton kon-

struksiyalari yuk ostida ishlaganda ularni eng tejamli o‘lcham-

larini tanlash va shu bilan birga xavfsizlik, ishonchlilik va 


8

uzoqqachidamlilik talablariga javob berishiga erishishdir.

Hisoblashning asosiy vazifasiga tashqi yuk ta’siridan konstruksiya 

elementlarida hosil bo‘ladigan zo‘riqishlarni aniqlash talab etilgan  

kesim yuzalar,armaturalar miqdorini hamda konstruksiya ishchi 

chizmalarini tayyorlashdagi zarur ma’lumotlarni aniqlash kiradi. 

Konstruksiyani hisoblash qurilish me’yorlari talablari asosida 

amalga oshiriladi. Qurilish me’yorlari va qoidalari - QMQ qurilish 

konstruksiyalari nazariyasining amaliy natijasi hisoblanib, u kon-

struksiyalarni loyihalashda, qurishda va foydalanishda erishilgan 

yutuqlarni o‘zida aks ettiradi. Elementning normal kesim yuzasining 

samarali  shakli  va  o‘lchamlarini,  betonning  optimal  sinfini,  ishchi 

armaturaning sinfi, kesim yuzasini va elementni yorilishga bardoshiga 

va bikrligini hisobga oladigan kesim yuzasi, hisobiy kesim yuza 

deyiladi. Konstruksiya deganda, element qismlarini birlashtirish 

tushuniladi. Konstruksiyalash esa binolarni konstruktiv xal etish, 

ularning elementlaridan ishchi, montaj armaturasini joylashning 

samarali sxemasini belgilash, opalobka va armatura konstruksiya 

uzellari va elementlari chizmalarini ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. 

Konsruksiyalarning loyihalash, kesim yuzasi haqidagi ma’lumotlar 

asosida, me’yor talablarni hisobga olgan holda bino va inshootni 

qurish va ishlatish jarayonida mustahkamligi, yoriqbardoshligi va 

bikrligini ta’minlaydigan hisobiy kuchni aniqlashdan iborat bo‘lishi 

kerak.


1.2  Qurilish konstruksiyalariga qo‘yiladigan talablar

Qurilish konstruksiyalari ularga qo‘yiladigan funksional, tex-

nik, iqtisodiy, estetik va boshqa  talablarni hisobga olgan holda 

loyihalanadi.



Funksional talablarga ko‘ra har bir konstruksiya  qanday 

maqsadga mo‘ljallangan bo‘lsa, shunga mos bo‘lishi hamda bino 

yoki inshootda bajarilayotgan texnologik jarayonlarning qulay va 

xavfsiz bo‘lishini ta’minlashi lozim.



Texnik talablar konstruksiyaning zarur mustahkamligi, bikrligi 

9

va uzoqqa  chidashini ta’minlashga qaratiladi.

Qurilish konstruksiyalariga qo‘yiladigan muhim talablarga 

tayyorlash va ishlatishdagi tejamliligi, industrialligi va texnologi-

yabopligi kiradi.

Zavodlarda tayyorlangan elementlardan iborat yig‘ma 

konstruksiyalar  bu talablarni to‘liq qanoatlantiradi.

Iqtisodiy talablar konstruksiya materiali, uning tipi (masalan, 

fermalar yoki to‘sinlar) va asosiy o‘lchamlari  (masalan, to‘sin 

balandligi va eni) ni tanlashga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Konstruktiv yechimlar konstruksiyalarni  muayyan  shart-

sharoit-larda ishlatishning texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga 

muv-ofiqligiga  asoslangan  holda,  material  va  energiya  sarfini, 

shuningdek, sermehnatligini hamda qurilish  obyekti narxini 

maksimal darajada kamaytirishni hisobga olgan holda tanlangan 

bo‘lishi kerak. Bunga quyidagilarni amalga oshirish orqali erishish 

mumkin:samarali qurilish materiallari va konstruksiyalaridan 

 

foydalanish;



- konstruksiyalarning massasini kamaytirish;

-  materiallarning  fizik-mexanik  xususiyatlaridan  to‘liq  foyda-

lanish;

- mahalliy qurilish materiallarini ishlatish;



- asosiy qurilish materiallarini tejamkorlik bilan sarf qilishga oid 

tegishli talablarga rioya qilish.

Loyihalashda yechimlarning bir necha variantlari tuzilib, ularda 

konstruksiyalarni tayyorlash va qurishdagi materiallar, energiya, 

mehnat  sarfi,  qurilish  narxi  va  muddatlariga  oid  ko‘rsatkichlar 

aniqlanadi; konstruksiyaning  me’moriy ko‘rkamligi ham e’tiborga 

olinadi. Variantlarni taqqoslash orqali eng maqbul yechim tanlab 

olinadi. 



Konstruksiyalarning tejamliligi ularga qo‘yiladigan asosiy 

talablardan  biri hisoblanadi. Tejamlilik  –  materiallar  sarfi  va 

tannarxi, konstruksiyalarni tayyorlash, qurilish maydoniga tashib 

keltirish, montaj qilish va ulardan  foydalanishdagi xarajatlarga  

bog‘liq bo‘ladi.


Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi

https://kitobxon.com/oz/asar/270

 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси

https://kitobxon.com/uz/asar/270

 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно

найти на сайте 



https://kitobxon.com/ru/asar/270

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish