Klassitsizm tomoshalari
XVI asrdagi dvoryanlar - yer egalari va burjuaziya - ishlab chiqarish egalari o'rtasidagi nizolar. nasroniylar va katoliklar o'rtasidagi bahslar- Fransiya, Italiya va Ispaniyada barcha tomosha turlarini maxsus qonunlar asosida man etdi. Angliyada esa puritanlar inqilobi natijasida barcha tomosha turlari nazoratga olindi. Uyg‘onish davri o'zining ibratli g'oyasidan qat’i nazar inqirozga yuz tuta boshladi.
Fransiyada absalyut monarxiya - mutlaq hokimiyat shakli bo'lib, siyosat maydoniga chiqdi. U ijtimoiy huquqlarni chegaralab qo'ydi. Absolyutizm - mutlaq hokimiyat kuch-qudratini, markazlashgan boshqaruvni, davlat qudratini ulug'Iadi. Davlatni ijtimoiy birlik, ishlab chiqarish va rivojlanishning tayanchi degan g‘oyani ilgari surdi.
Bu davrda Fransiyada klassitsizm - «yuqori darajada ulug'lash» nazariyasi paydo bo'ldi. Mazkur nazariy asoslarni Nikola Bualo o'zining «Shoirlik san’ati» asarida 1674-yilda ifodaladi. U borliqning barcha jihatini emas. uning eng zarur mohiyatni ulug'lash, uni ko'tarinki ruhda, idealashtirib ifodalash g'oyasini ilgari surdi.
Mutlaq hokimiyat - absolyutizmga klassitsizm uslubi, ya’ni «havoyi baholash» qo'l keldi va uni o'z manfaatlariga buysundirdi. Uyg'onish davri o'z qahramoniga zamona aql- idrogi bo'lishini, har qanday qiyinchiliklarni yengishga ishonadigan shaxs darajasiga ko'tarilishini talab qildi. Klassitsizm yana bunday qahramon faqat davlat manfaati uchun faol xizmat qiladigan va shu g'oya uchun jonini tikkan bo'lishi kerakligini qo'shib qo'yishni ta’kidladi hamda bunday qahramon faqat tragediyalarda - katta shakldagi tomoshalarda namoyon bo'lishi mumkinligini uqtirdi.
Natijada, imperatorlar, lashkarboshilar, siyosat va davlat arboblari, faqat davlat mafkurasiga va uning rivoji uchun fidoyilarcha xizmat qiladiganlar tragediya qahramonlariga aylandi.
Komediya o'z navbatida kundalik turmushni va to'pori odamlarni ko'rsatgani uchun, davlat mafkurasiga aralashmasligi belgilab qo'yildi.
Klassitsizm uch birlik qoidasiga amal qildi. Demak, Aristotel va Goratsiy nazariy qarashlariga asoslangan tragediya va komediya, avvalo, xatti-harakat, ya’ni voqea birligiga; so'ngra, zamon birligi. ya’ni voqea bir kecha-kunduzda bo'lib o'tishiga; nihoyat, makon birligi, ya’ni voqea bir joyda sodir bo'lishi kabi shartlarga amal qilishi ta’qib qilingan.
Lekin. klassitsizm rivojining keyingi bosqichida ijobiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. U ijtimoiy hayotdagi o'zgarishlarga, xalqchil tomoshalardagi demokratik ifoda usuliga asoslanib - «oliy komediya» yaratdi. Bu esa dramaturg va aktyor Moler faoliyati bilan bog'liq bo'ldi. Moler dramaturgiyasi xalq komediyasi an’analari bilan insonparvarlik g'oyalarining birlashgan joyida vujudga kelgan edi.
Moler komediyalarining qudrati kulgi orqali ijtimoiy hayotning illatlarini fosh etganida, o‘z zamonasidagi rivojlanishga to'siq bo'layotgan ziddiyatlarni keltirib chiqarayotgan kirdikorlar mohiyatini ocha olganligida edi. Yana, zamonaviy kamchiliklarga qaratilgan tanqidiy qarashlar o'z ifodasini topganligini alohida ta’kidiash mumkin.
«Oliy komediya» o'z tanqidiy qarashlarida, illatlar ustidan kulish jarayonida - aql-idrok qudratiga. insonning topqirligiga, uning zehni o'tkirligiga tayanadi. Tanqidiy fosh etish - kulgi ruhiga boy, ajoyib va g'aroyib voqealarni boshidan kechiradigan, o'ta chaqqon, beg'araz xizmat qiladigan yosh xizmatkor yigitlar va qizlar orqali amalga oshiriladi. Bu komediyalardagi ifoda vositalari - tomosha san’atida g'oyani Molerona ifodalash nomi bilan iz qoldiradi. Uning dono va ayyor qahramonlari xudbin va xasis kimsalarning pastkashliklariga qarshi tura oladigan zarur bo'lganida ularni fosh eta oladigan, qudratga ega. Xalq orasidan chiqqan xushchaqchaq va topqir Moler qahramonlari tomoshabinni ijtimoiy hayotdagi to'siqlarni yengishga o'rgatishi, hayotbaxshiylik ruhiga boyligi bilan omma hurmatiga sazovor bo'ldi.
Komediya orqali illatlarni fosh qilish, razolatga qarshi kurashish -sog'lom idrokni, yuksak axloqiylikni, insof va diyonatni qadrlaydigan g'oyalarni namoyon qiladi. Shunisi bilan hayotbaxsh va xalqchil hisoblangan.
Klassitsizm uslubdorlari Komei va Rasin kabi ijodkorlarning fojialari, Molerning komediyalari mumtoz sahna asarlari qatoridan o'rin olib, barcha xalqlar qatori o'zbeklarning ham sevimli tomoshasi bo'lib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |