Husayn Boyqaro davrida tomosha turlarlari
Chig'atoy beklaridan Mirhoshim degan musiqiyshunosning Husayn Boyqaro zamonida «qonun» ismli bir cholg'uning kamchiliklarini tuzatkani xabar beriladi. Husayn Boyqaro zamonida yetishgan buyuk musiqiy ustodlardan biri Usta Shodiy edi. Qozon xonlaridan birining xohishi bilan Husayn Boyqaro bu ustodni Qozonga yubordi. «Ustod Qozonga borg'ach, xon huzurida o'zi bog’lag'an «qlassiq» kuylardan birini chaldi. Xonning bir narsa anglay olmag'anini ko'rgach, xuddi shu majlisda xong'a xush kelaturg‘an bir kuy bog‘lab ijro etdi. Xong'a juda yoqib qoldi. Ustod Shodiyg‘a hurmat ko'rsatildi. Rivoyatga ko‘ra, Ustod Shodiy Qozonda ko'b yashamadi. Yomon bir so'zidan achchiqlang'an xonning buyrug’i bilan suvg'a botirilib o'ldirildi. («Tuhfatu-s-surur»). Ustod Shodiy yetishtirgan shogirdlarning biri usmonli musiqiyshunoslaridan Zaynobiddin edi. Rum diyoridan Hirotg'a kelgan, Ustod Shodiydan musiqiy o'rgangan, Boyqaro ham Navoiy yonida e’tibor egasi bo'lg'an, so'ngralari o'z yurtig'a qaytqan. Chang ham udni yaxshi chalar ekan. Usmonli shahzodalaridan Sulton Qo'rqud uning cholg'usini tinglab, «siz Sulton Yaqub va Sulton Husayn Boyqaro majlisiga kirgansiz...» deb buyuk in’omlar qilg'an.
«Ishrat» ismli cholg‘uni chalaturg‘an Ustod Abdulqosim, Husayn Boyqaroning musiqiy muallimi andijonlik Mavlono Yusuf Badi’iy («Munsha’ot-i Yusufiy» egasi), tanburga bir tor orttirg'an Mahmud Shayboniy, Habibulloyiy changiy. Muharramiy changiy, Aliyshunqor mehtar Shamsuddin nog‘orachi, mehtar Ahmad nog'orachi, Aliyjon g'ijjakiy u zamonning ulug‘ musiqiy ustodlaridan edilar.
Sirdaryoning nari yog'idan necha ming o‘zbek qo'shuni bilan yurush qilib, Turkistong'a o‘tkan o'zbek xoni Shayboniy Muhammadxon Temur bolalari bilan urushub, hijriy ming oltinchi yilda butun Turkistonni oladir. Ming o‘n uchinchi yilda Hirotni ham Husayn Boyqaro bolalaridan olg'andan keyin ming o‘n oltinchi yilda Eron shohi Shoh Abbos bilan urushub o'ldiriladir. Shayboniydan qochib ketgan mashhur Bobur Mirzo shoh Ismoilning ko'magi bilan yana Turk.istong'a qaytadir. Bir yarim yilcha turg‘andan keyin Shayboniyxonning jiyani o‘zbek Birinchi Ubaydulloxonning hujumiga uchraydir. O‘zining o'zbeklarga qarshi kuchsizligini sezgan Bobur Mirzo Turkiston uchun ular bir kurashmaklikka qaror berib, yana bir qaytmaqliq sharti bilan Hindistong‘a chekiladir. Turkiston o'lkasi uzil-kesil o*zbek idorasiga kirgan bo‘ladir. Manashundan keyin Hirotdag'i olimlar. go'zal san’at egalari yanadan Turkistong‘a qaytadirlar. O‘zbek xonlarining idorasida ishlaydilar. Bularning biri Mavlono Najmiddin Kavkabiydir; shoir, musiqiyshunos, olim bir zot bo'lib, Hirotda tahsil ko‘rgan edi.
Hirotdan Turkistonga ko'chirilgan musiqiy ustodlaridan ikkinchisi Hofiz Axiy edi. Buni ham Ubaydulloxon ko'chirdi, bu ustodning Turkistonda yetishtirgan shogirdlaridan eng mashhurlari - toshkentlik Xoja bobo changiy, toshkentlik Hofiz Hamza, andijonlik Darvesh Maqsud (Toshkentda bobo Ahmadjon xizmatida mehtarxona boshlig'i bo'lg'an).
To'qquz yuz yetmishlarda xonliq taxtida o‘turg‘an o‘zbek xoni Abdulloxon zamonida yetishgan mashhur musiqiyshunos Hofiz Darvesh Aliy Changiy degan zotdir. Bu zot Abdulloxon zamonida yetishgan bo'lub. toshkentlik Amir Fathiy degan musiqiyshunosning shogirdidir. O'zining ota-bobolari musiqiyshunos bo'lub o'tkan. Abdulloxon zamonidan Iraomquli zamonig'acha mashhur bo'lg'an musiqiyshunoslar shulardir:
Buxorolik dutorchi Mahmud Is’hoq o‘g‘li, toshkentlik Amir Fathiy, samarkentlik Mavlono Boqiy zardo'z, Xojagiy Ja’far Qonuniy, Hofiz Tanish (Abdulloxonning tarixini yozg'an kishi), Hofiz Turdiy Qonuniy, Mirzaarabiy Qo'ng'urot, qo'buzchi Hofiz Poyanda. qo'buzchi Shayx Ahmad, qo'buzchi Mirmastiy, balxlik Ustod Abdulloh naychi. tanburchi Xoja Navro'z, Husayn udiy, g'ijjakchi Ustod O'zbek va boshqalar.
Hofiz Darveshning ko'rsatishiga ko'ra, uning zamonida o'zbek musiqiy dunyosida shu cholg'ular rivojda ekan: ud, qonun, tanbur, chang, nay, rubob, qo'buz, g'ijjak, ishrat, kungura, setor, ruhafzo, surnay, balabon, nog'ora, doira. Bu son albatta musiqiyning boylig'i uchun katta bir dalildir. Shunday bo'lsa ham Abdulloxondan keyin o'zbeklar orasida diniy ta’assub kuchlana boshlag'an. Musiqiyg'a gunoh, «Xilofi shar’» ko'zi bilan qarashlar ko'paydi».
Do'stlaringiz bilan baham: |