Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati


X BOB. XVIII ASR VA XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA SHARQONA TOMOSHALAR



Download 0,91 Mb.
bet57/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

X BOB. XVIII ASR VA XIX ASRNING BIRINCHI
YARMIDA SHARQONA TOMOSHALAR


    1. Tarixiy sharoit va tomosha turlari

0‘zbek madaniyati, shu jumladan, o'zbek teatrining rivojlanishida XVIII asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha kechgan davr eng og'irizqoldirdi. Bu yillar Turkistonda rivojlanishning har tomonlama tubanlikka yuz tutgan pallasi bo'ldi.
Yirik markazlashgan davlatning yemirilishi ancha ertaroq, XVI asrning ikkinchi yarmida Abdullaxon (1577-1598) vafotidan so'ng boshlangan edi. Tarqoqlik har qachongidan ham kuchayib, ichki urushlar avj oldi. Bu hoi chet davlatlarning Turkistonga bostirib kirishlari uchun sharoit tug‘dirdi. Shayboniylar davlatining kuchsizlanib qolganligidan foydalangan Eron shohi Abbos Buxoro xonligining Sabzavordan to Hirotgacha bo'lgan yerlarini, shuningdek, Balxni ham zudlik bilan bosib oldi. Abdullaxon ta’qibidan Eronda qochib yurgan o‘zbek sultoni Hoji Muhammadxon va uning o‘g‘illari Xorazmni ishg‘ol qilib Xivada mustaqil xonlik tuzdilar. Buxoro xonligiga qarashli yerlar ana shunday turli xonlik va bekliklarga taqsimlanadi. Oradan uch yil o‘tgach, Abdulaziz va Subhonquli birlashib o'z otalariga qarshi bosh ko'taradilar va otani tiz cho‘ktirib toj-taxtni egallaydilar. Shunday qilib, Buxoro Abdulaziz qo'liga o'tadi, Balxni esa Subxonquliga beradi. Ular Balx bilan Buxoroda qirq yil xonlik qiladilar. Shundan 20-30-yili o'zaro urushlar bilan o"tdi. Xiva xoni Anusha esa Samarqandni qo“lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Bundan foydalangan Hindiston sultoni Shoh Jahon Amudaryo qirg'oqlarini istilo qilish maqsadida qo‘shin to'kib Balxni bosib oladi. Faqat ikki yildan so'nggina katta kuch to'planib, hind qo'shinlariga zarba berildi. 1716-yilda Farg'onada o‘zbeklarning ming urug'idan chiqqan Shohruxbiy Qo‘qonni Buxorodan ajratib olib, mustaqil Qo‘qon xonligiga asos soldi.
XVIII asrning o'rtalarida Xorazmda ham siyosiy vaziyat va iqtisodiy hayot g‘oyat darajada og'irlashib ketdi. Aholining bir qismi qirildi, bir qismi turli tomonlarga ko‘chib ketdi. Xiva, Urganch kabi obod shaharlar huvillab qoldi. Bunday ahvol qarshisida Turkiston xonlari juda tez almashib turardilar. Ana shunday feodal tarqoqlik va ichki urushlar XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etdi.
Qo‘qon xonlari va Buxoro amirlari XIX asr boshida Toshkent, 0‘ratepa va Jizzax shaharlari uchun o‘zaro tinimsiz urushlar olib bordilar. Bu shaharlar bir necha marta qo'ldan-qo'lga o‘tib, vayron bo'lgan.
Umarxon (1809-1822) davrida Qo'qon xonligi kengayib, Sirdaryoning etaklarigacha borib tutashdi. U bosqinchilik urushlarini davom ettirib, Buxoroga qarashli Turkiston shahrini bosib oldi.
XIX asr boshida Buxoro va Xiva oTtasida qirg'in urushlari davom etdi. Amir Haydar (1810-1826) Xivaga hujum qilib, 1814- yilda Xiva qo'shinlarini tor-mor keltirdi. So'ngra Marvni qamal qilib, Sultonobod to'g'onini buzib tashladi, ekin maydonlarini dasht- biyobonga aylantirdi. Nasrulloxon (1826-1860) esa 1842-yilda Madalixonga qarshi ko'tarilgan qo'zg'olondan foydalanib, Qo'qonni bosib oldi va xalqni ayovsiz ravishda taladi.
Xiva xoni Olloqulixon (1825-1842) o'z e’tiborini Xuroson vohasini, ya’ni Xuroson, Niso, Durun va boshqa shaharlami bosib olishga qaratdi. 1821-1855-yillar davomida Xiva xonlari Xuroson va Marv ustiga 15 marta qo'shin tortdilar. Bundan tashqari, har qaysi xonlikning o'zida ham ichki urushlar va xonlarningayrim itoatsiz, isyonchi beklarga hamda ayrim viloyatlarning hokimlariga qarshi urushlari to'xtovsiz davom etardi. Chunonchi, Buxoro amiri Nasrullo XIX asrning o'rtalarida Shahrisabz va Kitobga 30 martadan ko'proq qo'shin tortib borishga majbur bo'lgan edi.
XVIII asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha Turkiston xonliklaridagi siyosiy vaziyat shu taxlitda edi. Xonliklarda qat’iy amal qiluvchi qonunlar bo'lmagani uchun o'zboshimchaliklaming chegarasi oshib-toshardi. Amirona, muhrona, nikohona, kafsan, murobona, taroziyona, qo'sh puli, somon puli, xas-cho'p puli va shunga o'xshash turli-tuman soliqlar xalqning tinkasini quritar, qu! savdosi esa avjida edi.
Bundan tashqari, feodal tarqoqlik va ichki urushlar, chet el davlatlarining bosqinchilik harakatlari orqasida xalq mehnati bilan yaratilgan moddiy va madaniy boyliklar barbod bo'lar, o'zbek xalqining o'tmishda qo'lga kiritgan ilmiy boyliklari ham qisman yo'qolib, qo'ldan ketib qola boshlagan edi. Islom dini feodal hokimiyatning g'oyaviy quroliga aylandi. Maktab va madrasalardan esa dunyoviy ilmlar butunlay siqib chiqarildi. Tomoshaning barcha turlari ta’qiqlandi.
Madrasalarda o'qitiladigan kitoblar «Qur’on», «Tafsir», «Odobus-solihin», «Maslakul-muttahin». «Sabotul-ojizin», Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar»i, So'fi Olloyorning «Murodul-Orifin», Bobomuchin va G'aribiyning tarki dunyo she’rlari, Sulaymon Boqirg'oniyning «Hayratul Haqoyiq», Rabg'uziyning payg'ambarlar hayotini ta’rif etgan «Qissasul ambiyowsi, «Bibi Seshanba», «Bobo Ravshan», «Imomu-Jahbar» kabi xudogo'ylik adabiyotlaridan iborat bo'ldi. Ta’limda qiroat, nutq va so‘z san’ati maktablarda 7 yil o'qitilardi. Ularda o'qigan kishilar haftiyak, abjad, Qur’on, farzi- ayn, chorkitob, Xo'ja Hofiz qissalaridan tashkil topgan kitoblarni o‘qib savod chiqarishgan. Madrasalarda 0‘qish muddati 15-20 yilga borardi, ularda o‘qiladigan fanlar arab tilining sarfi-naxvi, mantiq, qiroat, nutq (ritorika), aqoidi islom (ilmi kalom), hikmat (tabiiy va ilohiy), fiqhi islom (dinning yo'l-yo'riqlari to'g'risidagi huquq ilmi), meros va boylik taqsimoti, tijorat munosabatlari uchun «Ilmi faroiz» (matematikaningto'rtamali) kabi 137danortiqdarslik vakitoblardan iborat bo‘lardi. Bular orasida qiroat va ritorika nutq. talaffuz masalasida jamoa oldida ma’ruza qiluvchilarga alohida ta’lim berilgan. Chunki, jamoa oldida nutq so'zlovchini sharmandali tomoshadan, ya’ni so'zlashni bilmaslikdan qutqargan.


    1. Download 0,91 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish