Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati


Erur so ‘z mulkining qahramoni Erur gar chin desang sohibqironi



Download 0,91 Mb.
bet53/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

Erur so ‘z mulkining qahramoni Erur gar chin desang sohibqironi.
Navoiy so'z qadrini benihoya ulug'lagan va uning qudratini o'z davridayoq, hayotlik chog'idayoq sinab ko'rgan ulug' siymo edi. Shu bois ham hazrat Navoiy yozadilar:
So ‘zdirki, nishon berur о ’tikka jondin, So’zdirki, berar jonga xabar jonondin. Insonni so'z ayladi judo hayvondin, Bilkim, guhari sharifroq yo ‘q ondin.
Demak, odamning tirikligidan nishona ham so'z, oshiq- mashuqlar qalbidagi ishq-muhabbat tuyg'ularini tarannum etuvchi ham so'z, hayvonot olamidan odamni ajratib turuvchi ham so'z ekanligini uqtirarkan, undan-da go'zal narsa yo'qligiga ishontiradi. Navoiy so'z gavharini, uning qadr-qimmati va go'zalligini, inson ruhida jon kabi muhimligini ta’kidlaydi. Ulug' Navoiyning: «Еу so'z, ne balo ajib guharsen, Gavhar neki, bahri mavjvarsen, Derlar seni, dur, savob emas, bu. Sen javharu ruhu dur quruq suv», kabi so‘z sha’niga aytgan gaplarini. «Muhokamat ul-lug’atayn» asarida tilimiz boyligini namoyish etganini, «Majolis un-nafois» asarida so’zdan unumli foydalanish mahorati haqidagi fikrlarini ko‘z oldimizga keltiraylik.
Shirinsuxanlik, chiroyli gapirishga intilish, notiqlik qadimiy tarixga ega ekan, bizning ham ajdodlarimiz intilgan qoidaiarga amal qilishirniz iozim bo’ladi. Alisher Navoiyga qadar va unga zamondosh bo’lgan allomalarimiz asarlarida va o’git- nasihatlarida inson uchun manaviy zebu ziynal bo’lgan shirin muomala, chiroyli va muloyim so‘zlash, notiqlik san’atini egallashga chaqiriq, da’vat tarix o’zanidan bizgacha kelib bog‘lanadi. Bu muammoni hal etish esa har birimizning qo'limizda, chidam va iroda bilan harakat qilsak, albatta, erishish mumkin.
Alisher Navoiy hazratlari «Mahbubul-qulub» asarining birinchi qism 21-bandida «Nasihatgo’y va va’zxonlar to'g’risida» shunday yozadilar:
«Voiz haq so’zini targ’ib qilishi, payg’ambar so’zidan chetga chiqmasligi kerak, eng avval uning o‘zi haq va payg’ambar yo’liga kirishi, so’ngra esa nasihat bilan elni ham shu yo’lga solishi lozim. O’zi yurmagan yo‘lga elni boshlamoq - musofirni yo'ldan adashtirib, biyobonga tashlamoq va sahroda uni yo’qotmoqdir. O‘zi mastning elni hushyorlikka chaqirishi - uyquchi kishining odamlarni bedorlikka da’vat etganiga o'xshash bir narsadir.
Uyqusida so'zlagan kasal odamdir, unga quloq osgan esa tentakdir.
Va’z - murshidlar, pirlar, xushyor kishilarning ishidir va ularning nasihatini qabul etgan maqbul kishidir. Avvalo, uning o’zi bir yo’lga tushib olgan bo’lishi, keyin esa boshqa odamlarni o‘sha tomon boshlab borishi kerak. Yo’lga bilmay kirgan yo'qoladi va maqsadidan boshqa yerga yetadi.
Va’zxon shunday bo’lishi kerakki, uning majlisiga bo'sh kirgan odam to’lib chiqsin; to’la kirgan odam esa yengil tortib chiqsin, xoli qaytsin. Voiz olim va halol ish ko’ruvchi bo'lsa, uning nasihatidan chetga chiqqanlar gunohkor bo’iadi.
Agar u boshqalarga buyursayu, o‘zi qilmasa, so'zlari hech kimga ta’sir etmaydi va fbyda keltirmaydi. O“z yordamchilari orqali nasihat qiluvchi voiz - o‘zi qolib. shogirdini kuylatuvchi qo‘shiqchidir (Mahub ul-qulub. 31-32-betlar).
Alisher Navoiy ijodini dengizga qiyos qilish mumkin. Unda duru gavharlar behisob, biz ulug‘ mutafakkirlarning so‘zga, nutqqa va notiqlik san’atiga qaratilgan fikrlarini yoritishga harakat qildik. Bu hali hammasi emas. Mazkur mavzu katta ilmiy ishlarga manba, material berishiga aminmiz. Navoiydek ulug‘ alloma so‘z qudratiga shunchalik e’tibor qaratgan ekan, bizning burchimiz uning fikrlarini o’qimoq va uqmoqdan iborat bo'lib qolmasdan, qo‘limizdan kelgancha unga amal qilish insoniy burchimiz ekanligini esdan chiqarmaylik.


    1. Download 0,91 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish