Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati


Ma’rifatparvarlarning katta shakldagi tomoshalari



Download 0,91 Mb.
bet47/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

Ma’rifatparvarlarning katta shakldagi tomoshalari

XVIII asrga kelib Ma’rifatparvarlik g'oyasi Yevropaning barcha mamlakatlarini egalladi. Lekin bu jarayon, turli sharoitlarda, turli darajada kechdi. Ishlab chiqarishning shiddat bilan rivojlanishi, yirik kapital egalarining paydo bo’lishi, ularning sanoati rivojlangan shaharlarda ko’payishi va bir-birini qo'llab- quvvatlashi o‘z zamonasining ijtimoiy-siyosiy hayotini ham o'zgartirib yubordi.
Sanoatning shiddat bilan rivojlanishi - shaxs erkinligining tobora chegaralayotganligini va uning ma’naviy kamol topishga to’siq bo’layotganini anglab yetgan ziyolilar ma’rifatga kuchli zarurat sezdilar. Ular zamon rivojining keyingi bosqichi ma'rifatparvarlar ixtiyorida bo’lishini orzu qildilar.
Ma’rifatparvarlar Uyg’onish davrining shaxs hurligi va uning erkin ma’naviy kamoloti haqidagi fikrlarini o’zlariga g’oyaviy asos qilib belgiladilar. Bu mafkura uchinchi tabaqa. ya’ni ish beruvchi va ishchidan keyingi tabaqa ijodkorlar manfaati, orzu-umidlarini ifoda etgan davr bo‘lib tarixga kirdi.
Shaxsning erkinligi nimaga xizmat qilish lozim? Bu savolga ma’rifatparvarlar «ezgulikka», deb javob berdilar. Chunki, ular Uyg’onish davrining eng buyuk namoyandasi bo'lgan Shekspirning o‘z asarlarida - agarda shaxs erkinligi yovuzlikka xizmat qilsa, insoniyat boshiga qanchalar fojialar olib kelishi mumkinligini bir qator asarlarida ifodalaganiga guvoh bo’lgan edi.
Ma’rifatparvarlar bunday xavf-xatar insoniyatni tark etmaganini anlab yetib, ziyolilikni ishbilarmonlik va fuqarolik burchlari bilan uyg’unlashtirib, uni jamiyat rivojiga asos qilib oldilar. Shaxs uch birlik uyg’unligiga erishishi uchun u esa, albatta, ma’rifatli bo’lish lozim, deb hisobladilar. Ular ma’rifatli inson o’zining xudbinlik va yovuzlik kabi tuban xislatlarini tiyib, xayrli shaxsga aylanishiga ishonardilar.
Natijada bu g’oyaning ma’naviy va falsafiy asosi yaratildi. Uni ingliz faylasufi Jon Lokk «Inson aql-idroki haqida tajriba», deb nomladi. U insonlar tasavvurida shakllangan taqdir tushunchasini o’zgartirmoqchi bo’ldi. Inson kamolotida tashqi muhit, uni o'rab turgan sharoit va unga ta’sir o'tkazayotgan g‘oyalarning ta’siri haqida fikr yuritdi. Insonning borliqni o'zlashtirish layoqati, yangilikni bilishga intilishi haqidagi tushunchalarga asoslanib. komillika intilish masalasiga yangicha munosabat bildirdi.
Lokk ta’limoti o‘z davrida insonni ezgulikka xizmat qildiradigan dasturil amal bo'lib xizmat qildi. Yana bir ingliz faylasufi Fransis Bekon o'zining «Yangi organon» asarida inson amaliyotida sinovdan o'tgan fikrlar asosidagi nazariy umumlashmalar orqali ilmga tayanib rivojlanishi mumkinligi haqidagi fikrini olg'a surdi. lining fikricha. ilmiga tayanib rivojlanish - jamiyatni va inson ongini uydirma tushunchalardan tozalaydi, Ma’rifatparvarlar ilm-fan rivoj olib ketadigan taraqqiyotni o‘z mafkuralarining g‘oyaviy tayanchi deb belgiladilar. Bunday intilish, tabiiyki, tomosha san’atiga va uning turlariga ham o‘z ijobiy ta’sirini o'tkazdi. Warning badiiy asar qahramonlari «din va aql» birligiga erishgan insonlar bo‘ldi. Endi ular his-tuyg'u bilan aql-idrok o'rtasidagi mutanosiblikka erishgan shaxsni ideal qahramon deb bildilar. Endi aql idrok bilan his - tuyg'uni boshqarish masalasini ifodalagan drama va komediyalar, tomoshalar yaratildi.
Ma’rifatparvarlar antik san’atning barcha turlarini sabot bilan o'rganib chiqdilar. Natijada, tomosha turlarining. ayniqsa, teatrning jamiyat hayotiga to‘g‘ri yo'nalish bera olish qudratini, ma’naviy tarbiyadagi cheksiz o'rnini anglab yetdilar. Ular qadimiy yunonlar tomoshalarda o‘z mafkuralarini oqilona namoyon qilib, insonni ezgulikka yo‘naltirishda oliy darajada namuna bo'lganliklarini bilib, o'zlari ham shu ishga bel bog'ladilar. Natijada, o‘z davri tomoshalarini tahiil qilib, o'zlarining nazariy qarashlarida davr ziyolilari dunyoqarashlarini ifodalay boshladilar.
Ma’rifatparvarlik g’oyasini ilgari surgan betakror siymolar: Angliyadan - Sheridan va Garrik; Fransiyadan - Volter, Didro, Bomarshe va Leken; Germaniyada - Lessing, Gyote. Shiller; Italiyada - Galdoni va Gotssi jahon madaniyatidagi tomosha san’ati rivojiga beqiyos hissa qo‘shdilar.


    1. Download 0,91 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish