Teatrlashgan bayram tomoshalari



Download 18,07 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi18,07 Kb.
#629014

TEATRLAShGAN BAYRAM TOMOShALARI
Istiqlol yaratgan imkoniyatlar estrada san'ati ma'nosini, janrlari doirasini ham benihoya kengaytirib yubordi. Aynan shu davrda teatrlashgan ommaviy bayram tomoshalari estrada san'ati tarixida ilk bor professional darajada – davlat bayram tomoshalari sifatida poytaxtdagina emas, viloyatlarda ham o‘tkaziladigan bo‘ldi. O‘zbekistonning mustaqillik kuniga bag‘ishlangan ommaviy bayram tomoshasi birinchi 1992 yili Istiqlolning bir yiliga bag‘ishlab Bosh maydon – Mustaqillik maydonida o‘tkazildi. O‘shandan buyon har yili avgust oyining oxirida Bosh maydonda mahobatli tomoshalar uyushtirish odat tusiga kirdi. Mustaqillik davrining bunyodkorlik ruhi ijtimoiy- iqtisodiy islohotlar sohasi qatori badiiy ijodning barcha yo‘nalishlarida o‘z ifodasini topmoqda. Milliy qadriyatlarga diqqat-e'tibor tufayli sobiq sho‘ro davrida oyoq osti qilingan Navro‘z ham davlat darajasida xalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Navro‘z bayram tomoshalari ham mustaqillik kuniga bag‘ishlangan bayramlar kabi alohida tayyorgarliklar bilan o‘tkaziladi. Har ikki ommaviy bayram tomoshalari mazmun va mohiyati jihatidan bir-birini to‘ldirib, Istiqlol davrining buyuk bunyodkorliklari timsoli sifatida xalqimiz madaniy hayotidan o‘rin oldi. Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan bayram tomoshalari poytaxtimizning bosh maydoni – Mustaqillik maydonida, Navro‘zga bag‘ishlangan bayram esa buyuk Alisher Navoiy haykali poyida milliy bog‘da alohida jihozlangan maydonda o‘tkaziladi. Xar ikki bayram tomoshalarida sakkiz-o‘n mingtacha professional san'atkor, havaskorlik jamoalari, o‘nlab texnik ifoda xodimlari xizmat qilib, taxminan shuncha tomoshabinga xizmat qiladi. Tomoshalar yo‘ldosh tasvir orqali dunyoning ellik mamlakatiga olib ko‘rsatiladi. Bayram tomoshalari ma'lum kompozision puxtalikka ega bo‘lib, unda estrada san'atiga xos jamiki shakl va ifoda usullari qo‘llaniladi.
- badiiy so‘z ifodasi: bayramning mohiyati haqida Prezident so‘zi, suxandonning tomosha jarayonida aytiluvchi sharh va izohlari, qiziqchilik va askiya payrovlari, aktyorlarning siyosiy-publisistik so‘zlari;
- Raqs-plastik ifoda omillari: turli ansambllar, o‘zbek mumtoz raqslari, balet-xoreografik manzaralar.
- sirk va sport ifoda omillari: akrobatlar chiqishlari, polvonlar tosh ko‘tarish, tosh o‘ynatish, sport plastik tomoshalar, dor o‘yini;
- Texnik ifoda omillari: yoritish usullari, mushakbozlik.
Har bir blokning o‘z mutasaddi rejissyor, baletmeyster va boshqa ijodiy rahnamolari bo‘lib, ular tayyorgarlikning birinchi kunidan, ularni namoyish kuniga qadar shu blok ijrochilari bilan hamnafas bo‘lib, bosh rejissyorning kuzatuvi ostida tomoshani ma'lum maromda o‘tishini ta'min etib boradilar. Ko‘pgina bayram tomoshalari ssenariysi doimiy rejissyor va badiiy rahbar O‘zbekiston xalq artisti Rustam Hamidov bilan hamkorlikda yoki ba'zan mustaqil holda A.Oripov muallif sifatida ishtirok etgan. N.Otaboev, B.Sayfullaev, A.Ismoilov, A.Ubaydullaev, B.Hamidov va boshqa o‘nlab rejissyorlar ushbu bayramlarni o‘tkazilishida faollik ko‘rsatib keladilar. Istiqlol davri madaniy hordiq chiqarish, ko‘ngil ochish vositalari uchun shu qadar keng imkoniyatlar yaratib berdiki, deyarlik har hafta mamlakatimizda qandaydir shonli voqea yoki bayramga aylangan kunga bag‘ishlangan saylu tomoshalar o‘tkaziladi. 1 yanvar' – yangi yil bayrami kuni, 14 yanvar' – O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil etilgan kun, 21 mart – Navro‘z bayrami kuni, 27 mart – xalqaro teatr kuni, 9 may – Xotira va Qadrlash kuni, 1 sentyabr' – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, 8 dekabr' – O‘zbekiston Konstitusiyasi qabul qilingan kun va yana bulardan tashqari shonli bayram kunlari mavjudki, ular ma'naviy xayotimizning rang-barang va o‘ziga xos betakror manzaralrini namoyish etadi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligiga bag‘ishlangan tomoshalar xalqimiz madaniyati tarixinig muhim bosqichlariga aylangan. 1992 yilgi O‘zbekistonning bir yilligiga bag‘ishlangan bayram chinakkamiga umumxalq bayram tomoshasiga aylangan edi. Bosh maydonning ikki tomonida o‘rnatilgan O‘zbekiston: “Mustaqillik, Tinchlik, Hamkorlik” degan shiorlar yozilgan havo sharlari ko‘kka ko‘tariladi, karnay- surnaylar sadosi ko‘kni qoplaydi, tomoshani boshlanishidan darak beradi. Sahnaga tariximizning buyuk siymolari kirib keladilar, Alisher Navoiy, Mirza Bobur, Nodira, Uvaysiylar o‘z she'riy satrlari bilan kishilar diliga nafosat va go‘zallik hissini jo etadilar. Tarixiy o‘tmish va zamonaviy hayot bir-biriga tutash tarzda ko‘rsatilgan ushbu tomoshada estrada teatriga xos janrlar, ifoda shakllari rang-barangligi o‘zini alohida yaxshi jihatlarini namoyon etadi. Maydon bo‘ylab o‘tgan “Ipak yo‘li” karvoni xayolimizni uzoq zamonlarga yetaklaydi. Spitamen, To‘maris, Shiroq haqidagi qahramonona lavhalarda shaxdam qadamlar tashlab kirib keladi, parashyutlardan shunqorlari aynan maydon markaziga tushadilar. Istiqlol davrini shukuhli muhiti bolajonlarning shaxdam chiqishlari, qo‘shiq va raqslari bilan alohida fayzli kayfiyat hosil etadi. Maydonga jahon va O‘zbekiston musobaqalarida Respublika bayrog‘ini baland ko‘targan sportchilar kirib keladilar. Bayram tomoshasining g‘oyaviy-badiiy qimmatini oshiruvchi sahnalardan biri istiqlol tufayli avval qatag‘on qilingan buyuk siymolarning jonli timsollarini sahnada ko‘rsatilishi edi: Munavvar Qori, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir kabilar xalqimizning ardoqli farzandlari sifatida ishtirokchilarning qarsaklarini gavdalantirishda Yo.Ahmedov, T.Mo‘minov, M.Abduqunduzov, S.Yunusova, T.Yusupova, Ya.Abdullaeva kabi atoqli san'atkorlar ishtirok etganlar. Bayram oqshomida Mustaqillik maydoni g‘oyat ulug‘vor va tantanavor tusga kiradi. Rang-barang bayroqlar, turfa rang chiroq nurlari bilan tutashib bayramona kayfiyat uyg‘otadi kishi qalbida. Karnay-surnaylar sadosi ostida bayram boshlanadi, O‘zbekiston madhiyasi yangraydi, mamlakatimiz bayrog‘i ko‘tariladi, so‘z Prezidentimiz I.A.Karimovga berilishi e'lon qilinadi. Prezident odatda galdagi buyuk sana
– O‘zbekiston mustaqilligi haqida so‘z aytadi va so‘ng tomoshaning asosiy qismi boshlanadi. Har bir bayram tomoshasining o‘tgan yilning turli sohalarda erishilgan yutuqlarni umumlashtiruvchi bosh mavzusi bo‘lib kompozisiyada ifoda etilgan voqealar shu mavzuni ochishga qaratilgan bo‘ladi. 1993 yilgi bayram tomoshasi “Besh qit'a”, qo‘shiq, raqs, musiqa tizimi asosiga qo‘rilgan bo‘lib “O‘zbekiston darvozasi butun dunyo uchun ochiq” shiori ostida o‘tgan edi. Unda Hindiston, Xitoy, Turkiya kabi mamlakatlar san'ati namunalri o‘nlab ijodiy jamoalar ijrosida namoyon etilgan edi. Kompozisiyada o‘zbek xalqining shonli tarixi ulug‘ siymolari timsollari orqali ifoda etildi. Markaziy Osiyodagi Respublikalarning estrada san'ati namoyandalarining ishtirok etishi, jo‘shqin turkman raqslari, tojik, qozoq, qirg‘iz xalq qo‘shiqlari bayram tomoshasining go‘zal lavhalarini belgilab berdi. Ushbu bayram tomoshasida yetti mingdan ortiq professional va havaskorlik jamoalarning vakillari qatnashib, o‘z san'atlarini namoyish etdilar. 1994 yilgi bayram “Yayra, O‘zbekiston” deb ataluvchi yangi vokal-simfonik asarining tantanavor ohanglari bilan boshlanib, “Sog‘lom avlod uchun” degan lavhalarning musiqiy va plastik tasvir o‘yin-kulgilari, sportchi qiz-yigitlarning chiqishlari Istiqlol davri bunyodkorlik shukuhini ko‘z-ko‘z qiladi. Bayram tomoshasida “Tarix sahifalari”, “O‘zbekiston xalqlar do‘stligi davrasi”, “O‘zbekiston san'ati turfa rang” kabi dasturiy lavhalar orqali xalqimizning Istiqlol yillaridagi muvaffaqiyatlari ifoda etildi. O‘zbekiston istiqlol yillarida misli ko‘rilmagan shiddatkorlik bilan o‘z mustaqilligini mustahkamlash bo‘yicha kurash olib boradi. Respublikamiz taraqqiyotining har bir yili ma'lum nom bialn atalib, shu nom yuksalishning ma'lum ramziy ma'nosini anglatar edi. Shu bois, bayram tomoshalarida ham shu nomlar ko‘pincha asosiy shiorlardan biri sifatida o‘z ifodasini topgan. Masalan, 1997 yil “Inson manfaati yili”, 1998 yil “Oila yili”, 1999 yil “Ayollar yili” kabi shiorlar shu yillar bayramlarining o‘ziga xos mohiyatini belgilovchi mavzuga aylantirildi. 2008 yili “Yoshlar yili” mamlakatimizda o‘n yettinchi bor Mustaqillikni nishonlash umumxalq bayrami sifatida Bosh maydonda o‘tgan bayram tomoshasining yetakchi yo‘nalishini belgilab berdi. Mustaqillik davrida tug‘ilib voyaga yetgan yosh avlodning nurli hayoti bu kompozisiyaning asosiy mazmunini belgilab berdi. Bosh maydonda o‘tkazilgan bayram tomoshalari madaniy hayotimizda ro‘y bergan muhim voqealar bo‘lib, ularda san'atimizda yetishib chiqayotgan yosh avlod vakillari keksa va o‘rta avlod vakillari bilan o‘zaro uyg‘un tarzda o‘zlarining original san'ati bilan keng maydon sari yo‘l olmoqdalar. Bayram ahli birgina mashhur “Yalla” ansambli guruhini necha martalab hayajon bilan kutib olishga guvoh bo‘lganmiz. Muyassar Razzoqova, G‘ulomjon Yoqubov, Yulduz Usmonova, Nasiba Abdullaeva, Kumush Razzoqova va yana qancha- qancha atoqli san'at namoyandalari bayram tomoshalariga fayz kiritib xalqimiz olqishiga sazovor bo‘lib kelmoqda.
Download 18,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish