Romantizmning tomosha turlari
XIX asrda ilm-fanga asoslangan sanoat taraqqiyoti natijasida insoniyat tafakkuri yangi bosqichga ko'tarildi. Bu o‘z navbatida rivojlangan davlatlar orasidagi ijtimoiy qarama-qarshiliklar. mafkuraviy va siyosiy kurashlaming keskinlashuviga asos bo'ldi. Bu keskinlik eskirgan uslublami o'zgartiradigan, muomala hamda tomosha turlarini erkinlashtiradigan siyosatni taqozo qildi. Natijada yangi qaror va dekretlar qabul qilindi. Bu qarorlar tomosha san’atida ham o‘z aksini topdi.
Erkinlik - teatrlar repertuarida, sahna san’atida tub o'zgarishlarga asos bo’ldi. Avvalo, teatr tomoshalarining qirollik tomonidan nazorati bekor qilindi. Teatrlarni xususiylashtirishga ruxsat berildi. San’at turlaridagi mualliflik huquqini himoya qilishga qaror qilindi. Bunday erkinliklar tomosha turlaridagi ijodiy raqobatni yuzaga keltirdi. Raqobat tomosha tarmoqlarini kengaytirdi va ijodkorlarning yangi-yangi qirralarini namoyon qildi. Shaxsiy teatrlarning turli namunalari Yevropaga, hatto Amerikaga keng yoyilib ketdi.
Fransiyada 1789-yili boshlanib, 1794-yilda yakunlangan inqilob erkinlikka intilgan ommani o’z kuchiga va yetuk shaxslar tarix g'ildiragini o'zgartira olishiga ishontirdi.
Bu davr turli toifadagi romantik qahramonlarni yetishtirdi. Umidi puchga chiqib, iztirob chekuvchi betoqat yoshlar yoki qabohatga qarshi kurasha oladigan shaxslar erk uchun intilib jo'shqin kurashlarga bel bog'lagan romantik qahramonlar, badiiy ijod mavzusiga asos bo’ldi. Bunday qahramonlar teatr sahnalarini to'ldirib yubordi. O‘tli ehtiroslarga moyil, zulm va zo’ravonlikka qarshi mardona bosh ko’tara oladigan, favqulodda iqtidorli va kuchli shaxslar romantik ruhdagi asarlarda his-tuyg‘u ustuvorligini ta’minladi. Bu romantizm teatrining talabi edi.
Romantik qahramonlar o’zigacha bo’lgan tomosha mavzularini kengaytirib yubordi. Romantizm uchun xalq ijodi - ertaklar. eposlar, rivoyatlar, qahramonlik mavzulari, urf-odat va marosimlar bebaho xazina bo'lib xizmat qildi.
1830-yillarga kelib romantik qahramonlar butun Fransiya sahnalarini egalladi. Ular XIX asming«navqiron shunqori» tarzidagi o’tyurak qahramon qiyofasini yarata oldilar.
Bu davrga kelib ingliz romantizmi adolatsizlikka qarshi kurashadigan qahramonning noxush kayfiyatini ifodaladi. Germaniya romantizmi esa ezgulik bilan real borliq orasida kurashni ifodalab. cho'pchaklar, xayollar og'ushidagi xudbinlikni, manmanlikni istehzo bilan yorita oldi. She’rlardagi ko'tarinkilik qo‘shiq va raqslarda o'z ifodasini topdi. Romantizm shakldagi tomosha turlarini ham boyitib yubordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |