2. Chet el yuridik shaxslarining O'zbekiston Respublikasida mulk
huquqi
Ma’lumki,
mulkiy
munosabatlarga
chet el elementi bilan
murakkablashgan fuqarolik huquqi subyekti sifatida nafaqat jismoniy,
balki yuridik shaxslar ham qatnashishlari mumkin.
Hozirgi zamonda yuridik shaxslaming faoliyatlari faqatgina bir
davlat mintaqasi bilan chegaralanmagan. Kapital eksporti shunday holatga
olib keladiki, bir davlatda tuzilgan yuridik shaxs ikkinchi davlatga
butunlay* yoki qisman mansubdir. Monopoliyalaming (transmilliy
kompaniyalar) asosiy faoliyatlari esa umuman bir necha davlat mintaqala
rida amalga oshiriladi. Bunday monopoliyalar bir nechta gumhlarga
bo‘linadi. Birinchi gurahga chet elda ko‘pgina filiallar, sho‘ba
korxonalarga ega bo'lgan milliy jamiyatlar, trest, kompaniyalar kiradi
(“Jeneral motorz”, “Ford motorz”, “Intemeyshnl biznes meshinz”,
“Folksvagen”, “Filips”, “Nestle” va boshq.) Birinchi guruhning o ‘ziga xos
xususiyati shundan iboratki, bu tashkilotlar kapital bo‘yicha milliy,
faoliyati bo'yicha xalqaro tashkilot hisoblanadi.
Ikkinchi TMK guruhiga ham faoliyat, ham kapital bo‘yicha xalqaro
hisoblanadigan trest va konsemlar kiradi (Angliya-gollandiya neft
konsemi
“Royyal
datch-Shell”,
Germaniya-Belgiya
foto-kimyo
mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Agfa-Gevert” va boshq.).
Yuqoridagi guruhlaming umumiyligi shundan iboratki, ular yuridik
shaxs sifatida biron bir davlatda ro‘yxatga olingan (tuzilgan) bo'lib,
boshqa davlatlarda esa ular ko‘pgina filial, bo'limlar, sho‘ba korxonalariga
egadirlar.
Va, nihoyat, uchinchi guruhga yuridik shaxs maqomiga ega
bo‘lmagan kartel, sindikat, turli xil birlashmalar kiradi1.
1 Богуславский M.M. Международное частное право: Учебник. 2-е изд., перераб. и доп. -М .: Междунар.
отношения, 1994. 118-с.
280
Yuridik shaxslar (Juristische person, personne civile, personne morle,
persone juridique, corporation, legal person, juridical person) - bu
avvalambor, turli xildagi tadbirkorlik birlashmalari bo‘lib, ular har bir
davlatning iqtisodida muhim rol o ‘ynaydi.
Yuridik shaxs faqatgina o ‘ziga mansub bo‘lgan mulkiy huquqi va
majburiyatlari sohibi sifatida ко‘rib chiqiladi, u tarkibiga kiruvchi
shaxslardan mustaqil ravishda va o ‘z nomidan harakat qiladi.
Xo'jalik yuritishning zamonaviy sharoitlarida yuridik shaxslaming
faoliyati bitta davlatning o ‘zi bilan chegaralanib qolmaydi va bunday
yuridik shaxslaming soni doimiy ravishda o ‘sib bormoqda. Shuni
ta’kidlash lozimki, kapitalni eksport qilish, bir davlatda tuzilgan
korxonalami to‘liq yoki qisman ravishda boshqa davlat kompaniyalariga
tegishli bo‘lib qolishiga olib keladi, chunki yirik monopoliyalaming asosiy
faoliyati bir vaqtning o ‘zida bir necha mamlakatda amalga oshiriladi.
Yuridik shaxs to‘g ‘risida aniqroq va kengroq tushuncha olish uchun
Fuqarolik kodeksining 39-moddasiga murojaat qilamiz: “o ‘z mulkida,
xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega
bo‘lgan hamda o ‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob
beradigan, o ‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega
bo‘la oladigan va ulami amalga oshira oladigan, majburiyatlami bajara
oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik
shaxs hisoblanadi.
Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak”.
Qonundagi shu tushunchani asos qilib olib va undagi asosiy o ‘ziga
xos xususiyatlarga e’tibor qaratsak. Fikrimizcha, ularga quyidagilami
kiritsa bo‘ladi: albatta, mol-mulkning mavjudligi (egalikning uch turining
biri asosida), bu mol-mulkning alohida bo'Iishi va majburiyatlar yuzasidan
ushbu mol-mulk bilan javob berishi va mustaqil balans yoki smetaga ega
bo‘lishi. Mana shu asosiy o ‘ziga xos belgilar yuridik shaxs tushunchasini
ifodalaydi, uning jismoniy shaxs yoki davlat kabi subyektlardan farqini
bildirib turadi.
Bu borada milliy qonunchilik hamda doktrina (ta’limot) Evropa
mamlakatlarinikiga o‘xshashib ketadi. Bunda turli iboralar qo'llanilsa ham
ular ma’no jihatdan aynan bir yoki juda yaqin. Masalan, Angliya
qonunchiligi yuridik shaxslarga munosabatda ularga mustaqil ish faoliyati
olib borish tamoyilini qo‘llaydi va buning natijasida ularda xilma-xil
fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etishga imkoniyat tug‘iladi.
Chet ellik yuridik shaxslari O'zbekiston Respublikasi hududida
xo‘jalik faoliyatlarini va O'zbekiston qonunlarida man etilmagan boshqa
281
faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan o ‘z mulklariga ega
bo‘lishga haqlidirlar. Chet ellik yuridik shaxslarining mulki davlat
tamonidan muhofoza qilinadi. Mulkni ko‘paytirish va boshqa davlatlarga
o ‘tkazish qonunan ta’minlanadi.
Yuridik
shaxslar
asosan
mulkiy
huquqi
va
faoliyatining
xususiyatlariga qarab tasniflanadi: shunga qarab ular bir necha guruhlarga
bo‘linadi.
G ‘arb mamlakatlarida yuridik shaxslar ommaviy huquqqa va xususiy
huquqqa tegishli yuridik shaxslarga bo'linadi. Bunda ommaviy huquqqa
tegishli yuridik shaxslarga davlat, ma’muriy-hududiy bo‘linmalar, davlat
muassasalari, savdo-sanoat palatalari, ayrim davlat korxonalari kiritiladi.
Germaniya huquqida (Germaniya Fuqarolik tuzuklari) yuridik
shaxslar ittifoqlar va muassasalarga bo‘linadi. Ittifoqlar o ‘z navbatida
xo‘jalik ittifoqlari va noxo‘jalik ittifoqlariga bo‘linadi.
Bunda Ittifoqlar deb, ikki va undan ortiq muassasalar tomonidan
ta’sis etiladigan turli xil tashkilotlar tushunilsa, muassasalarga yakka
ta’sischi tomonidan ta’sis etiladigan yuridik shaxslar (xususiy firmalar)
kiradi.
Fransiya qonunchiligi yuridik shaxslarga klassifikatsiya berar ekan,
ulami asosan xo‘jalik jamiyatlari va assotsiatsiyalarga ajratadi. Xo‘jalik
jamiyatlari - xususiy huquq yuridik shaxslari, assotsiatsiyalar esa -
ommaviy huquq yuridik shaxslari hisoblanadi.
Angliyada yuridik shaxslar korporatsiyalar (xo‘jalik faoliyatini
yurituvchi yuridik shaxslar) va yakkahokim korporatsiyalarga bo'linadi.
AQShda
yuridik
shaxslar
ommaviy,
notijorat
(non-profit
corporations) va tijoratchi turlariga bo'linadi1.
FKning 40-moddasi yuridik shaxslami, ulaming maqsadiga qarab,
tijoratchi va tijoratchi bo‘lmagan yuridik shaxslarga bo‘lib ko'rsatadi. 0 ‘z
navbatida bu ikki turning har xil shakllarda mavjud bo‘lishi ko‘zda
tutilgan. Shunday qilib, tijoratchi tashkilotlar xo‘jalik shirkati va jamiyati,
ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona va boshqa qonun doirasidagi
yuridik shaxslar bo‘Isa, tijoratchi bo‘lmagan yuridik shaxs jamoat
birlashmasi, ijtimoiy fond va mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab
turiladigan muassasa shaklida, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan
boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin.
Milliy kollizion normalarda quyidagi me’у or mustahkamlab
qo‘yilgan: “agar 0 ‘zbekiston Respublikasining qonunida chet el yuridik
1 Гражданское и торговое право капиталистических государств: Учебник.-З-е изд., перераб. и доп. -М.:
Междунар. отношения, 1993. -С .79-84.
282
shaxslari uchun boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, chet el yuridik
shaxslari 0 ‘zbekiston Respublikasida fuqarolik qonun hujjatlari bilan
tartibga solinadigan tadbirkorlik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga
oshiradilar” (FKning 1177-moddasi).
Xorijiy yuridik shaxslaming huquqiy holati O zR qonunchiligi
hamda boshqa davlatlar bilan tuzilgan xalqaro shartnomalar normalari
tomonidan tartibga solinadi.
1993-yil 22-yanvardagi MDH davlatlarining ko‘p tomonlama
Konvensiyasiga1 binoan, yuridik shaxsning huquq layoqati u tuzilgan
davlat qonuni tomonidan belgilanadi.
Savdo shartnomalarida shartnoma tuzayotgan davlatlar o ‘z yuridik
shaxslariga ma’lum bir holat (maqom), hamda yuridik shaxslaming huquq
subyektligi o ‘zaro tan olinishi to‘g ‘risida kelishib oladilar.
Yuridik shaxslaming millatini aniqlash asosan ulaming huquq
subyektligini tan olish uchun zarur. Bu esa ular bilan bitim tuzish-
tuzmaslikka asos boiadi.
Chet el korxona va tashkilotlari 0 ‘zbekiston Respublikasida maxsus
ruxsatsiz O'zbekiston Respublikasi milliy korxona va tashkilotlari bilan
turli xil tashqi iqtisodiy bitimlar tuzishga haqli, ular bo'yicha hisob-
kitoblami ham amalga oshirishi mumkin.
Chet el yuridik shaxslari o'zlarining huquqlarini sudda himoya qilish
huquqiga egadirlar.
Barcha holatlarda chet el firmalariga ular tuzayotgan bitimlar, yoki
ulaming huquqlarini himoya qilish doirasida maxsus ruxsatnomalar talab
qilinmaydi.
Ma’lum bir masalalar bo'yicha, yuqorida ta’kidlanganidek, yuridik
shaxslar o'zlarining shaxsiy qonunlariga bo'ysunadilar.
Bu yerda nazarimizda, alohida e’tibomi chet el korxona,
tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallar hamda sho'ba korxonalariga
qaratsak maqsadga muvofiq bo'lar edi.
FKning 47-moddasiga binoan vakolatxona yuridik shaxsning u
turgan yerdan tashqarida joylashgan, yuridik shaxs manfaatlarini
ifodalaydigan va ulami himoya qiladigan alohida bo'linmasidir.
Filial yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan hamda
uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan
vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida bo'linmasidir.
1 Конвенция “О правовой помощи и правовых отношениях по гражданским, семейным и уголовным делам” //
Минск, 22 января 1993 г. // Вступление в силу с 19 мая 1994 года в соответствии со статьей 83. //
Ратифицирована Постановлением Верховного Совета РУз от 6 мая 1993 -года N %25-ХП. // Вступление в силу
для Республики Узбекистан с 19 мая 1994 года.
283
Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, vakolatxona
va filiallar yuridik shaxs hisoblanmaydi. Ular o ‘zlarini tashkil etgan
yuridik shaxs tomonidan mol-mulk bilan ta’minlanadilar hamda u
tasdiqlagan nizomlar asosida ish olib boradilar. Vakolatxona va
filiallaming rahbarlari yuridik shaxs tomonidan ta’minlanadi hamda uning
ishonchnomasi asosida ish olib boradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy tijorat tashkilotlarining
vakolatxonalarining huquqiy holati 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2000-yil 23-oktyabrdagi 410-sonli Qaroriga ko'ra
tasdiqlangan “Xorijiy tijorat tashkilotlarining 0 ‘zbekiston Respublikasi
hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi va ulaming
faoliyati to‘g ‘risida” 'gi Nizom bilan tartibga solinadi.
Mazkur Qaror bilan xorijiy tijorat tashkilotlarining 0 ‘zbekiston
Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tarkibi va
ulaming faoliyati to‘g ‘risida Nizom tasdiqlanadi.
Ushbu
Nizom
xorijiy
tijorat
tashkilotlarining
0 ‘zbekiston
Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibini va
ulaming faoliyatini belgilaydi.
Ushbu Nizom bo‘yicha xorijiy tijorat tashkilotlari deyilganda
firmalar, kompaniyalar, koiporatsiyalar, jamiyatlar, sheriklar va xorijiy
davlat qonun hujjatlariga muvofiq chet elda vakolatxona ochish huquqiga
ega bo'lgan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning boshqa tashkiliy-
huquqiy shakllari tushuniladi.
Ushbu Nizom, shuningdek davlatning tegishli vakolatli organi
ruxsatnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda, xorijiy davlatlar davlat hokimiyati
va boshqaruvi organlarining (vazirliklari, federal okruglari va shu
kabilaming) savdo (tijorat) vakolatxonalariga ham tatbiq etiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy banklar vakolatxo
nalarini akkreditatsiya qilish 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Xorijiy
firmalar
0 ‘zbekiston
Respublikasi
hududida
o ‘z
vakolatxonalarini 0 ‘zbekiston hududida o ‘z manfaatlarini ifodalash va
himoya qilish maqsadida ochadilar.
Vakolatxonalami ochish ulami 0 ‘zbekiston Respublikasi Tashqi
iqtisodiy
aloqalar,
savdo
va
xorijiy
investitsiyalar
vazirligida
akkreditatsiya qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Vakolatxonalar yuridik shaxslar hisoblanmaydi, xo‘jalik yoki boshqa
tijorat faoliyatini amalga oshirmaydilar.
5 //O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to plami, 2000 yil, № 10,68-modda.
284
Vakolatxona soliq to‘lovchi hisoblanmaydi. Xorijiy firmaga,
vakolatxonalaming xorijiy va mahalliy xodimlariga soliq solish
O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Akkreditatsiya qiluvchi organ akkreditatsiya qilingan vakolatxo nalar
to‘g‘risidagi axborotni, unda ulaming manzilini va vakolatxonani
akkreditatsiya qilish to‘g ‘risida sertifikatning muddatini ko'rsatgan holda,
har chorakda O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasiga jo'natadi
(1-9-bandlari).
O'zbekiston Respublikasida xo'jalik faoliyatning tashkiliy-huquqiy
shakllari turlicha bo'lishi mumkin, lekin bu yerda maqsad ulaming
qatnashchilarining mablag'larini birlashtirishdir. Bular quyidagicha:
konsorsium, mablag'i yuz foiz chet el mulklariga tegishli bo'lgan korxona,
aralash va qo'shma korxonalardir.
O'zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari ishtirokida gi
(xorijiy sarmoyalar) korxonalaming maqomi va faoliyatini tartibga
soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar “Chet el investitsiyalari
to'g'risida”1, “Chet elllik investorlar huquqlarining kafolatlari va ulami
himoya qilish
choralari
to 'g ‘risida”gi2
O'zbekiston Respublikasi
Qonunlari, va qator O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qator Farmon
va
O'zbekiston
Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
Qarorlari
hisoblanadi.
“Chet el investitsiyalari to'g'risida”gi Qonunning 5-moddasiga ko'ra,
chet ellik investorlar O'zbekiston Respublikasi hududida investitsiyalami
quyidagi yo'llar bilan amalga oshirishlari mumkin:
- O'zbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari
bilan birgalikda tashkil etilgan xo'jalik jamiyatlari va shirkatlarining,
banklar,
sug'urta
tashkilotlari
va boshqa korxonalaming
ustav
jamg'armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo'shib qatnashish;
- chet ellik investorlarga to'liq qarashli bo'lgan xo'jalik jamiyatlari
va shirkatlarini, banklar, sug'urta tashkilotlari va boshqa korxonalami
barpo etish va rivojlantirish;
- mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlami, shu jumladan
O'zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz
majburiyatlarini sotib olish;
- intellektual mulkka, shu jumladan, mualliflik huquqlari, patentlar,
tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-
xauga, shuningdek ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish;
1 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, №5-6, 91-modda.
2 O ’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, №5-6, 93-modda.
285
- konsessiyalar, shu jumladan, tabiiy resurslami qidirish, ishlab
chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalar
olish;
- savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari obyektlariga, turar joy
binolariga, ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda mulk
huquqini, shuningdek yerga egalik qilish va undan foydalanish (shu
jumladan ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish
va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish orqali.
Chet ellik investorlar 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida in-
vestitsiyalami amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shakl-
larda ham amalga oshirishlari mumkin.
Chet el investitsiyalari birlamchi yoki takroran amalga oshirilayotgan
shakllarining o'zgartirilishi ulaming investitsiya sifatidagi mohiyati
o ‘zgarishiga olib kelmaydi.
Chet el investitsiyali korxonalariga quyidagilar kiradi:
- ustav jamg‘armasidagi pay (hissasi) chet el yuridik va jismoniy
shaxslariga tegishli bo‘lgan qo‘shma korxonalar, xo‘jalik jamiyatlari va
shirkatlar;
- ustav jamg'armasining 100 foizini chet el investitsiyalari tashkil
qilgan chet el korxonalari;
- bosh korxonasi respublika hududidan tashqarida joylashgan va
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirayotgan sho'ba korxonalar va filiallar;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko'rsatayotgan chet el
investitsiyali korxonalaming sho‘ba korxonalari va filiallari.
Davlat tomonidan ro‘yxatga olinishi kerak bo‘lgan chet el
investitsiyali korxonalariga quyidagi shartlarga javob bergan korxonalar
kiradi:
- korxonaning ustav jamg'armasi miqdori 150 ming AQSH dollariga
ekvivalent boigan summadan kam bo‘lmasligi lozim;
- korxonaning bironta ishtirokchisi albatta chet el yuridik shaxsi
bo‘lishi kerak;
- chet el investitsiyalarining korxona ustav jam g‘armasidagi hissasi
30 foizdan kam bo‘lmasligi kerak.
Qo‘shma korxona - ma’lum tashkiliy-huquqiy shaklga kiritilgan
korxona bo‘lib, 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlariga ko‘ra yuridik shaxs
huquqlariga ega va uning ustav jamg‘armasi o ‘zbek va chet ellik sheriklar
ulushi asosida shakllangan. Bu hoi ularga ushbu korxonani birgalikda
boshqarish va uning ishlab chiqarish, xo‘jalik va boshqa faoliyatidan
286
tushgan daromadning ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlash
imkoniyatini beradi.
Qo‘shma korxonani tashkil qilishda va uning faoliyatida “chet el
elementi” ishtirok etgani uchun, ushbu holda qanday huquq qo'llanadi,
degan savol tug'ilishi tabiiydir. Ushbu savolga javobni Fuqarolik
kodeksining 1175-moddasidan topish mumkin: “Yuridik shaxs qaysi
mamlakatda ta’sis etilgan bo‘Isa, shu mamlakatning huquqi mazkur
yuridik shaxsning qonuni hisoblanadi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |