To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

5. Servitut huquqi
Servitut haqida so'z yuritganda,  uning dastlabki vujudga kelishi Rim 
huquqi  bilan  bog'liq  hodisa  ekanligini  ta’kidlash  lozim.  Ma’lumki,  Rim 
jamiyatida  xo'jalik  hayotining  keskin  rivojlanib  borishi,  ijtimoiy  va 
xo'jalik  munosabatlarining  murakkablashishi  va  huquqiy  madaniyatning 
oshib  borishi  Rim  fuqarolik  huquqining  barcha  institutlarini  yanada 
rivojlanishiga  va takomillashishiga  olib  keldi.  Shu  sababli,  Rim huquqida 
mulk  huquqi  bilan  bir  qatorda  subyektlari  ashyo  bilan  to'g'ridan-to'g'ri 
munosabatda  bo'ladigan  va  ayrim  holatlarda  boshqa  uchinchi  shaxslami 
inkor  etish  imkoniyatiga  ega bo'lgan  maxsus  ashyoviy  huquqlar  ham  tan 
olingan va amalda bo'lgan2.
Mulk  huquqidan  farqli  o'laroq  maxsus  ashyoviy  huquqlaming 
predmeti  mulk yoki  ashyo  emas,  balki  uning  alohida  vazifasi -  o'zganing 
mulkidan  cheklangan  tarzda  bevosita  va  to'g'ridan-to'g'ri  foydalanish 
hisoblanadi.  Bu  vazifadan  hatto  mulkdoming  o'zi  ham  (servitut 
huquqining  obyekti  sifatida)  foydalana  olmasligi  yoki  aksincha,  o'zida 
mulkdor  vakolatlaridan  birining  predmetini  ifodalashi  mumkin  bo'lgan. 
Bunday  holatda  mulkdor  mulk  huquqini  cheklayotgan  maxsus  ashyoviy 
huquq tugatilib mulk huquqi to'la shaklda tiklanmaguncha o'z huquqlarida 
cheklanib qolaveradi.
1  O ’zbekiston Respublikasi Oliy M ajlisining Axborotnomasi,  1998 yil, 5-6-son,  82-modda.
2 Косарев И.А. Римское частное право. Учебник. -М .: Закон и право,  1998.
273


Ashyoviy  huquqni  mulk  huquqi  bilan  solishtirish  sivilistikada 
maxsus ashyoviy huquqlarni cheklangan yoki qisman cheklangan ashyoviy 
huquq  sifatida  talqin  qilinishining  tarqalishiga  o ‘z  ta’sirini  o‘tkazdi. 
Ulaming  o'ziga  xos  xususiyati  shundaki,  mazkur  cheklangan  ashyoviy 
huquq  mulkiy  huquq  bilan  raqobatlasha  olmaydi.  Lekin  shu  bilan 
birgalikda  boshqa  shaxsning  aynan  shu  mulkka  yoki  ashyoga  egalik 
huquqi borligini nazarda tutadi1.
Servitut huquqiga  bo'lgan  ehtiyojning  zarurligi  asosan xususiy mulk 
huquqining  vujudga  kelishi  bilan  ifodalanadi.  Yanada  aniqroq  qilib 
aytadigan  bo‘lsak,  ayrim  yer  maydonlari  har  doim  ham  undan 
foydalanishdagi  zarur  xususiyatlarga  ega  bo'lavermaydi.  Masalan, 
muayyan  yer  maydonida  suv  bo'lmaganligi  sababli  qo‘shni  yerdan  ariq 
kovlab  suv  o ‘tkazishga ehtiyoj  tug‘iladi.  Shuning  uchun  ham  shu  yeming 
xo‘jalikda  iqtisodiy  samaradorligini  oshirish  maqsadida  qo'shni  yer 
maydonidan  qisman  foydalanish  huquqiga  ega  bo‘lishga  erishish  kabi 
muammolari paydo bo‘la boshlagan. Bunday muammolar yer jamoa mulki 
hisoblangan  davrda  osongina  hal  qilingan2.  Ammo,  xususiy  yer 
mulkchiligi  vujudga  kelishi  bilan  yeming  mulkdori  qo‘shni  yeming 
egasiga  yordam  ko‘rsatish  majburiyatidan  ozod  boiadi.  Shu  tariqa 
o‘zganing  yer mulkidan  servitut  asosida  foydalanish huquqini  o ‘matishga 
zarurat paydo bo‘la boshlagan.  Servitutning mazmuni birovning  mulkidan 
ma’lum maqsadlarda foydalanish huquqi yoki o ‘z mulkidan boshqalaming 
cheklangan tarzda foydalanishga imkon berishdan iborat.
Qator  mutaxassislar,  masalan,  Z.I.Puxan  va  M.P.Akimovskayalar 
cheklangan  ashyoviy  huquqlarni  nazariy  jihtdan  umumiy  xususiyatlariga 
ko‘ra  uch  guruhga  ajratadi:  servitutlar,  uzoq  muddatli  yer  ijarasi 
shartnomasi  va  garov  shartnomasi3.  E.A.Suxanov  esa,  cheklangan 
ashyoviy  huquqlarni  umumiy  vazifalariga  ko‘ra  quyidagicha  tasniflashni 
taklif qiladi: mulkdoming mulkini boshqarish sifatida yuridik shaxslaming 
ashyoviy  huquqlari,  servitutga  xos  huquq  (iste’mol  maqsadlariga  ko‘ra 
mulkdan  cheklangan  tarzda  foydalanish  qanday  bo‘lsa,  xo‘jalik 
maqsadlariga  ko‘ra  ham  xuddi  shunday)  va  yer  mulkidan  foydalanishga 
taalluqli  bo'lgan  ashyoviy  huquqlar4.  Binobarin,  ashyoviy  huquqlarni 
ularga  to‘liq  egalik  qilishga  ko‘ra  tasniflash,  ya’ni  vakolatli  shaxsga 
mulkdan  foydalanishga  ruxsat  berilgan  maksimal  darajada  ashyoviy
1  Д ож дева Д.В. Римское частное право. -М .: Норма,  1997.
2 Н авицкий И.Б. Римское право. -М .: Гуманитарное право,  1994.
3 Пухан З.И., А кимовская М.П. Римское право. -М .: Зерцало,  1999.
4 Гражданское право: учебник:  В 2 т. /  Отв.ред. Е.А.Суханов. Т.1. -М .:  1993.
274


huquqqa egalik qilish  va keyinchalik uning  cheklanishiga qarab  tasniflash 
maqsadga muvofiq.
Uzoq  muddatli  yer  ijarasi  shartnomasi  ikki  turga:  emfitevzis 
(yunoncha  “emphiteuzis”  -   “o'rnatmoq”  degan  ma’noni  anglatadi)  va 
superfitsiyga  ajratiladi.  Bu  ikkala  huquq  uzoq  muddatli  yer  ijarasi 
shartnomasining tarkibiy qismi hisoblanadi.  Mazkur huquqlaming  servitut 
bilan  o ‘xshash  tomonlari  shundaki,  emfitevzis  ham,  superfitsiy  ham 
o ‘zganing  mulkidan  chekJangan  tarzda  foydalanish  huquqi  hisoblanadi. 
Ulaming  servitutdan  ajralib  turadigan  xususiyatlari  esa  har  ikkalasidagi 
huquqiy vakoladar hajmining kengligi va muddati bilan belgilanadi.  Yerga 
nisbatan  shu  ikkala  huquqlardan  birining  o ‘matilishi  aynan  shu  yerga 
o ‘matilgan mulk huquqining nomigagina saqlanib qolishini anglatadi.
Emfitevzis nihoyatda keng hajmga ega bo‘lgan huquq bo‘lib, ijaraga 
beruvchi  o ‘z  mulkini  boshqarish  huquqida jiddiy  darajada  cheklanadigan 
alohida  umrbod  ijaraviy  ashyo  huquqi  hisoblanadi.  Emfitevzis  nizoli 
vaziyatlarda  vindikatsion  da’vo  usuli  va  pretor  interdiktlari  bilan  himoya 
qilingan.  Ijaraga  olingan  yerga jiddiy  darajada  zarar  yetkazilishi,  uch  yil 
davomida  ijara  haqqi  to‘lanmasligi  va  emfitevzisga  oid  qonunlaming 
buzilishi  oqibatida  emfitevzis  barham  topgandan  keyingina  shu  yerga 
nisbatan mulk huquqi to‘liq qayta tiklangan.
Servitut  va  uzufrukt  o ‘rtasidagi  farq  haqida  frantsuz  sivilist  olimi 
Jyullio  L.  De  la  Morander  shunday  yozadi:  “uzufrukt  muayyan  shaxs 
foydasiga xizmat qilib,  shu asosda aynan  shu shaxsni ko‘char va ko‘chmas 
mulkdan  foydalanish  va  ulardan  hosil  undirish  vakolatini  beradigan 
ashyoviy  huquqdir.  Servitut  esa,  muddati  cheklanmagan  ko‘chmas 
mulkdan  foydalanish  sharoitiga ko‘ra  turli  mazmunga ega bo‘lgan  shunga 
o ‘xshash  boshqa  mulkdan  foydalanadigan  va  uning  manfaatini  ko‘zlab 
o ‘matiladigan ashyoviy huquqlar hisoblanadi”1.
Ko‘chmas  mulk  egasi  qo‘shni  yer  uchastkasining  egasidan,  zarur 
hollarda  esa  boshqa  yer  uchastkasining  egasidan  ham  o ‘zganing  yer 
uchastkasidan  cheklangan  tarzda  foydalanish  (servitut)  huquqini  berishni 
talab qilishga haqli.
0 ‘zganing  yer  uchastkasidan  piyoda  va  transportda  o ‘ta  olishni 
ta’minlash,  elektr  uzatgich,  aloqa  va  quvur  liniyalarini  o ‘tkazish,  ulardan 
foydalanish,  suv  bilan  ta’minlash  uchun,  shuningdek  ko'chmas  mulk 
egasining  ehtiyojlarini  servitut  belgilamay  turib  ta’minlashi  mumkin 
bo‘lmagan  boshqa  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  servitut  belgilanishi 
mumkin.  Yer  uchastkasida  servitut  belgilanishi  yer  uchastkasi  egasining
1 Жюллио JT. Де ла Морандьер. Гражданское право Франции. Т. 1. -М .:  ИЛ,  1958.
275


ushbu  uchastkaga  egalik  qilish,  undan  foydalanish  va  uni  tasarruf  etish 
huquqlaridan mahrum etmaydi.
Servitut  belgilashni  talab  qilayotgan  shaxs  bilan  o ‘zga  yer 
uchastkasining  egasi  o ‘rtasidagi  bitimga  ko‘ra,  servitut  belgilanadi  va  u 
ko‘chmas  mulkka  bo‘lgan  huquqlarni  ro‘yxatdan  o ‘tkazish  uchun 
belgilangan  tartibda  ro'yxatdan  o ‘tkazilishi  lozim.  Servitutni  belgilash 
xususida  kelisha  olinmasa,  baxs  servitutni  talab  qilayotgan  shaxsning 
da’vosi  bo'yicha  sud  tomonidan  hal  qilinadi.  Fuqarolaming  servitut 
huquqlari  tijorat  maqsadlaridan  holi  bo'lganligi  uchun  keng  mulkiy 
huquqlarni talab qilmaydi.
Shuningdek,  garov  ham  ashyoviy  huquq  turi  hisoblanadi.  Uning 
narsasi  har  qanday  mol-mulk,  shuningdek  ashyolar  va  mulkiy  huquqlar 
bo'lishi  mumkin.  Muomaladan  chiqarilgan  mol-mulk,  kreditoming  shaxsi 
bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘lgan  talabnomalar,  xususan,  hayoti  va  sog‘lig‘iga 
yetkazilgan  zarami  qoplash  to‘g ‘risidagi  talablar,  alimentlar  to‘g ‘risidagi 
talablar  hamda  boshqa  shaxsga  berilishi  qonun  bilan  man  etilgan  boshqa 
talablar  bundan  mustasnodir.  Garov  turlariga  ipoteka,  ya’ni  ko‘chmas 
mulkni garovga qo'yish hamda zakalat kiradi.

Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish